Mavzu: Konstitutsiyaviy huquq fani tushunchasi, predmeti,tizimi,vazifalari 5-2 yurisprudensiya 1-guruh
Download 5.16 Kb.
|
5-2 yurisprudensiya 1- guruh prezentatsiya
Mavzu: Konstitutsiyaviy huquq fani tushunchasi, predmeti,tizimi,vazifalari5-2 yurisprudensiya 1-guruhReja:1.Konstitutsiyaviy huquq bo’yicha umumiy tushunchalar.2.Konstitutsiyaviy huquq tizizmi predmeti.3.Konstitutsiyaviy huquq fani vazifalari.Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qoʻllanadi. “Konstitutsiyaviy huquq” tushunchasi Konstitutsiyaviy huquq hal qiladigan masalalar Inson va davlat munosabati konstitutsiyaviy huquq tartibga soladigan asosiy munosabatlardir. Davlat hokimiyatining tuzilishi faqat davlat hokimiyatining turli tarmoqlarini amalga oshiruvchi davlat organlarini tuzish bilangina cheklanmay,ular o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishni ham nazarda tutadi. Konstitutsiyaviy huquqning predmeti ijtimoiy munosabatlarning ikki yo’nalishi(sohasi)nitartibga solishi bilan xarakterlanadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimi-bu muhim ahamiyat kasb etadigan va konstitutsiya normalari ketma-ketligi asosida shakllangan nazariy va amaliy tushunchalar tizimi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida Konstitutsiya alohida o‘rin egallaydi. Chunki Konstitutsiya faqat konstitutsiyaviy huquq manbasigina emas, balki boshqa huquqlar uchun ham manbadir. Konstitutsiyaning huquq manbalari orasidagi alohida mavqeini uning davlatning asosiy qonuni ekanligi ham belgilaydi. Konstitutsiya eng muhim norma va prinsiplarni o‘rnatadi hamda keyinchalik ulardan boshqa huquqiy tartibga solish shakllari vujudga keladi (turli sohadagi qonunlar, farmonlar). Ayrim Konstitutsiyaviy normalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilib, qo‘shimcha tartibga solishga muhtoj emas. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifasi demokratik institutlarni, fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada takomillashtirish (bunda huquqiy asos alohida), davlat bilan nodavlat tashkilotlar munosabatini yangicha tashkillashtirish, ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishni yanada kengaytirish kabilar «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Bu vazifalar chuqur tadqiqot ishlari olib borish zaruratini tug‘diradi. «Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun ma’lum usullarga tayanadi Tarixiy Huquqiy- qiyosiy Statistik Tizimli Sotsiologik Download 5.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling