Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi


Mavzu: Bug`latish apparatlarining konstruktiv o`lchamlarini hisoblash


Download 2.79 Mb.
bet43/45
Sana13.09.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1677008
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)

28-Amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Bug`latish apparatlarining konstruktiv o`lchamlarini hisoblash


1-masala. Bug`latish apparatidagi vakuum qiymati 575 mm simob ustuniga teng. Unda 1600 kg filtrlangan olma sharbati bug`-latiladi. Bug`latish jarayonida olma sharbati tarkibidagi quruq modda-lar miqdori 10 % dan 68 % gacha ortadi. Eritma tarkibidan namlikni bug`latish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdorini aniqlang.
Masalaning yechimi. Eritma tarkibidan bug`latiladigan namlik miqdori
W=Go(1- ao/a1)=1600[1- (10/68)]=1364,8 kg.
Jihozdagi vakuum qiymati
V=575.133,322=76660 pa.
Shunga ko`ra apparatdagi qoldiq bosim qiymati
Rkold=(101325-76660)/980665=0,0251 MPa.
Ushbu bosimda suvning bug` hosil qilish solishtirma issiqligi
r=2347 kJ/kg ni tashqil kiladi.
Eritma tarkibidan namlikni bug`latish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori
K=W.r =1364,8.2347=3203185,6 kJ.
29-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Konvektiv issiqlik almashinish apparatlarining konstruktiv o`lchamlarini aniqlash

Issiqlik almashinuv jarayonlarini bir necha misollar yordamida ko`rib chiqamiz:
1-masala. Diametri D=1,25 m va balandligi N=4m bo`lgan apparat qalinligi δ=70 mm bo`lgan asbest qatlami bilan o`ralgan. Apparat korpusining temperaturasi ta=140 oC, asbest qatlami yuzasining temperaturasi esa tk=40 oC. Issiqlikni himoya qiluvchi qatlam orqali sarflanayotgan issiqlik miqdorini (issiqlik oqimini) aniqlang.
Masalaning yechimi. Issiqlik o`tkazuvchi qatlam yuzasining o`rtacha qiymati quyidagi ifoda bo`yicha hisoblanadi
Fur=π[(DurN + 2D2/4]=π[N(D+2δ)0,5+(2D2/4)] =
=π[4(1,25+2.0,07.0,5)+(2.1,252/4)]=19,03; m2.
Asbestning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti λ=0,151 Vt/(m.K) ekanligini ma’lumotnomadan aniqlaymiz.
Himoya qobig`i orqali o`tayotgan issiqlik oqimi
K=(λ/δ)(ta-tk)Fur=(0,151/0,07)(140-40)19,03=4105 Vt.

Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling