Mavzu: Ko‘p qаvаtli turаr jоy uylаrini аsоsiy lоyihаlаsh


Turar-joy binolarining qurilishida tejamkorlik masalalari


Download 39.42 Kb.
bet4/5
Sana26.06.2023
Hajmi39.42 Kb.
#1655115
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU

Turar-joy binolarining qurilishida tejamkorlik masalalari
Davlat uy joy qurilishida har yil sarflanadigan ko„plab mablag„larni tejamkorlik bilan sarflab ko„proq foyda olishga harakat qilinadi, shu bilan birga uy-joy sathini ko„proq oshirishga harakat qilinadi. Uy-joy qurilishida eng zarur talablardan biri bu tejamkorlikdir. Ammo qurilgan uy mustahkam, chidamli va uyni isitish uchun ko„p issiqlik sarf qilinmasligi, tez-tez qayta ta‟mirlanmasligi zarur talablaridan biridir. Uylar tez eskirmasliklari, ya‟ni xonadonlar qulay va shinam bo„lishi kerak. Qurilishda tejamkorlik va undan foydalanish masalalari bir-biriga qaramaqarshidir. Shuning uchun me‟morning asosiy vazifasi ushbu qarama qarshiliklarni bir - biriga ta‟sirsiz hal qilmog„i lozim. Qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarini to„g„ri tanlash, zavodda tayyorlanayotgan andozali konstruktiv qurilma va jihozlaridan o„rinli foydalanish qurilishni arzonroqqa tushirishga yordam beradi. Bundan tashqari uyning qavati va qurilish maydonini to„g„ri xal qilish ham tejamkorlik omillaridan biridir. Loyihaviy yechimlarni tanlashda arxitektura-qurilish me‟yorlaridan to„liq va unumli foydalanish zarur, lekin xamma masalalarni yechishda ushbu me‟yorlarga amal qilishning o„zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun loyiha tanlashda bir necha xil loyihalarning ichidan texnik iqtisodiy ko„rsatkichlari jihatidan tejamli bo„lganlarini olish yaxshi natija beradi. O„zbekiston tabiiy-iqlimi sharoiti uylarni yaxshi shamollatish uchun derazalarni ikki qarama-qarshi tarafga o„rnatish, seksiyada to„rt xonadon o„rniga ikki xonadonni joylashtirishda zina kataklarining sonini oshib ketishi, katta-katta yozgi xonalardan foydalanish va quyoshga qarshi qurilmalarning o„rnatilishini taqozo etadi. Bu esa uyning tannarxini oshib ketishiga sabab bo„ladi. O„zbekistonda tez-tez yer qimirlab turishi ham uylarni mustahkam qurilmalar bilan qurishni talab etadi, bu esa o„z navbatida ortiqcha mablag„ sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bu sabablar bizning me‟morlarimiz oldiga qurilishda tejamkor va unumli me‟moriy loyihalarni tanlashni taqozo etadi. 32 Mamlakatimizdagi mavjud va rejalashtirilgan turar-joy qurilishi hajmiga ko„ra, turar-uy muammosini yechishga yo„naltirilgan moddiy mablag„ va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish ahamiyati oshmoqda. Bu bilan loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligi qat‟iy nazorati zaruriyati tug„iladi. Loyihalarning iqtisodiy baholash uchun bir nechta ko„rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan muhimi – bu qurilayotgan uy maydonidagi aholi zichligidir. Bu ko„rsatkich yordamida shaharsozlik yechimi samaradorligi baholanadi. Qurilmalar zichligi faqat sanitar – gigienik qulaylik talablariga zid bo„lmagan chegaralargacha oshishi mumkin. 12-16 qavatli uylar maksimal zichlikni beradi, lekin kam qavatli zich (2-4 qavatli) qurilmalar ham samarali bo„lishi mumkin. Turar-uy loyihasi iqtisodiy samaradorligi qurilish uchun smeta tuzishda to„liqroq aniqlanadi. Smeta ma‟lumotlaridan kelib chiqib, turar-uy maydoni kvadrat metriga mos qiymati aniqlanadi. Ammo smetalar to„liq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida tuziladi va loyihalash jarayonidan undan foydalanilmaydi. Shuning uchun, oraliq bosqichlarda loyihani baholash uchun, boshqa ko„rsatkichlar tizimidan foydalaniladi, bu ko„rsatkichlar iqtisodiyot nuqtai – nazaridan optimal bo„lgan variantlarni tanlash imkonini beradi. Ular orasidagi birinchi va eng ahamiyatli ko„rsatkich – bu K1 koeffitsienti orqali ifodalanuvchi, xonadondagi umumiy va yashash maydoni nisbatidir. U quyidagi formula bilan aniqlanadi: Xo„jalik xonalari maydonini oshirish, iqtisodiy samaradorlik yechimini pasaytiradi. Ikkinchi loyiha jarayonida foydalanuvchi texnik – iqtisodiy ko„rsatkich – bu K2 koeffitsientidir. U turar-uy kubaturasining yashash maydoni yig„indisiga bo„lgan nisbatini harakterlaydi va u hajmiy koeffitsient deb nomlanadi: 33 K2 K2 – kattaligi K1 ga; turar-uy seksiyasi hamda uydagi vertikal va gorizontal kommunikatsiyalar soni (zinapoya, liftlar, vestibyullar va h.k.); qavatlar balandligi; konstruktiv parametrlarga (devorlar, to„siqlar qalinligi va h.k.) bog„liqdir. Loyiha yechimining iqtisodiy ko„rsatkichi – K3 (binoning tashqi to„sib turuvchi devorlar maydonining bino umumiy maydoniga nisbati) va K4 (tashqi devorlar perimetrining bino band qilgan maydonga munosabati) koeffitsientlaridir. Bu ikkala koeffitsient sovuq yuzalar kattaligini hisobga olgan holda, isitish uchun materiallar sarfi va ekspluatatsion harajatlar nuqtai nazaridan loyihalarni baholashga imkon beradi. Lekin shuni esda tutish kerak-ki, bu ikki koeffitsientlar bilan ortiqcha hisoblashish, binoning tarhiy yechimida oddiy shakllanishiga olib keladi va shu bilan birga kompozitsion yechimlar qabul qilishga to„sqinlik qiladi. Qurilish qiymatiga industrializatsiya darajasi ham, sezilarli ta‟sir ko„rsatadi, chunki binolar qurilishining (yirik panelli, hajmiy-blokli uy qurish, inventarli opalubkalar va h.k. lardan foydalanish) industrial texnologiyasining ixtiyoriy ko„rinishi, qurilishdagi mehnat sarfini keskin qisqartiradi. Bu ma‟noda, ichki va tashqi devor panellarini zavodda tayyorlash alohida samaralidir. Konstruksiyalar massasini kamaytirish ham alohida o„ringa ega. Ammo, qurilishdagi mehnat sarfini qisqartirish, bu bilan qurilish qiymatining pasayishini bildirmaydi. Masalan, monolit va yig„ma-monolit uy qurilishining rivojlangan va yo„lga qo„yilgan texnologiyasi yirik panelli uyga qaraganda, umumiy maydon m.kv. qiymatini pasaytiradi. Ekspluatatsion harajatlarga isitish, yorug„lik harajatlari, lift ekspluatatsiyasi, axlat tashish, umumiy foydalanish xonalarini tozalash, kundalik va kapital ta‟mirlar hamda shu kabi harajatlar kiradi. Ushbu harajatlarni qisqartirish loyihalash masalaridan biridir. 34 Bu masala samarali isitgichlar va uzoq muddatli bezak materiallardan foydalanish hisobiga, qavatlarni ratsional rejalash va liftlardagi me‟yoriy passajir yukiga rioya qilish yo„llari bilan yechiladi. Jamiyatning iqtisodiy potensialini oshirish va loyihalash – qurilish ishlarini mukammal tashkil qilish yordamida, turar-uy joy qulayligini oshirish va uning arxitekturaviy sifatlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Download 39.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling