Mavzu: Ko‘p qаvаtli turаr jоy uylаrini аsоsiy lоyihаlаsh


Turar-joylarga qo„yiladigan badiiy-me‟morchilik talablar


Download 39.42 Kb.
bet5/5
Sana26.06.2023
Hajmi39.42 Kb.
#1655115
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU

Turar-joylarga qo„yiladigan badiiy-me‟morchilik talablar
Turar uy-joy binolari o„zining vazifasiga ko„ra o„z ko„rinishiga ega bo„lishi kerak. Qurilishda turar uy-joyining bo„laklari (detali) inson o„lchoviga hamohang bo„lishi kerak. Bu vazifalar kam qavatli uy-joylarda osonroq hal qilinadi. Ko„p qavatli Turar-joy uylarining tashqi ko„rinishini tanlashda me‟morlar ancha qiyinroq vazifalarni yechishiga to„g„ri keladi. Bunda binoning masshtabiga mos ravishda yirik bo„laklarni qo„llash (ustunlar, antablement va boshqalar), uy joy binolarini monumental va boy bo„lishiga olib keladi, bu esa ularning oldiga qo„yilgan badiiy talablariga javob berishi kerak. Turar-joy binolari, ayniqsa, janubda joylashgan uylar tabiat bilan mujassamlashib ketishi kerak. Bu funksional xususiyat o„zining badiiy ko„rinishida, ya‟ni yozgi xonalar (ayvon, supa va boshqalar) yechimida o„z aksini topadi. Quyoshga qarshi qurilmalarning uyni issiqdan saqlash uchun foydalanilishi janubiy uyning o„ziga xos badiiy ko„rinishini yaratishga yordam beradi. Ushbu maqsadda ko„kalamzorlashtirishdan ham foydalaniladi. Turar-joy binolariga rang tanlash ham katta ahamiyatga ega, ya‟ni har - xil qoramtir va kul ranglarni ishlatishdan saqlanish kerak, chunki ular binoga xunuk ko„rinish berishi bilan birga bu ranglar quyosh nurini yaxshi qaytara olmaydi va xonalarning isib ketishiga sabab bo„ladi. Bu yerda och va issiq ranglarni ishlatish zarur. Xalq me‟morchiligining usullari, xalq an‟analari, urf-odatlarini inobatga olgan holda turar-joy binolarining me‟morchiligini jonlashtirish mumkin. 35 Andozali Turar-joylar bilan o„ziga xos orginal va har-xil ko„rinishdagi Turar-joylarni yaratish me‟morlardan mohirlikni va ijodiy yangi usullarini talab etadi. Turar uy-joy, jamoat binolarini muvaffaqiyat bilan uyg„unlashtirib mikrorayon va Turar-joy hududlarini joylashtirish, kompozitsion har-xil siluetlar hosil qilish, rang va fakturalardan to„la foydalanish, yer sathi bilan to„la uyg„unlashib ketishi, ko„kalamzorlashtirish va suv bilan to„g„ri ta‟minlash qurilishdagi loqayd ko„rinishlarni yo„qotishga olib keladi. Tipik loyihalarga harxil yangi usullarni kiritish yo„li bilan turar-uylar badiiy yechimini boyitish lozim. Me‟morlar bu usullardan to„g„ri foydalanib kompozitsion tizimga ega bo„lgan Turar-joy, bekatlar va uylar loyihasini tuzadilar. Shunday qilib me‟morlar muvaffaqiyatli loyihalar uchun har xil usullarni qo„llab Turar-joy massivlarini boyitishi, tajriba va ijodiy yondoshish orqali har - xil kompozitsion vazifalarni hal etishlari mumkin.
Download 39.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling