Mavzu: Ko’prik elementlaridagi oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar. Reja
Download 250,34 Kb.
|
1 2
Bog'liqKo’prik elementlaridagi oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar
Mavzu: Ko’prik elementlaridagi oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar. Reja: Ko’prik va yo’l o’tkazgichlar haqida ma’lumot. Temirbeton konstruksiyalar to’g’risida ma’lumot. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Tayyorlash jarayonida sun'iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho'zilish kuchlanishlari uyg'otilgan temirbeton konstruksiyalari oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar deb ataladi. Oldindan uyg'otilgan kuchlanish konstruksiya elementlarining yorilish bardoshligi va bikirligini sezilarli darajada oshiradi, o'ta mustahkam po'latlardan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Betonning cho'ziluvchanligi ko'pi bilan 0,15—0,2 m m /m ekanligi ma'lum . Beton bilan armatura birgalikda ishlagani sababli armaturadagi kuchlanish beton darz ketishidan ilgari 4 0 MPa dan ko'p bo'lmaydi bu esa foydalanish chog'idagi kuchlanishdan bir necha marta kamdir. Betondagi yoriqlarning kengligi kuchlanish c.= 150...170 M Pa bo'lganda ham 0 ,1 ...0 ,2 mm dan oshmaydi Armaturadagi kuchlanishning ortishi bilan betondagi yoriqlar kengayib boradi va kuchlanish 400—500 MPa ga etganda, yoriqlarning kengligi yo‘l qo'yilmaydigan darajaga yetadi. Shunday qilib, oddiy temirbetonda yoriqlarning haddan tashqari kengayib ketishi o 'ta mustahkam po'latlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o 'ta mustahkam po'Iat va betondan unumli foydalanish imkoniyati tug'iladi, buning natijasida armatura oddiy temirbetondagiga nisbatan 30—70 % kamroq sarf bo'ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruksiya vazni yengillashadi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda B20...B60 sinfli beton va o'ta mustahkam armatura ishlatiladi. O 'ta mustahkam materiallaming qo'llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko'ndalang kesimlarini kichraytirish imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini pasaytiradi, chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o'zining zanglashga qarshi o'ta turg'unligi, ko'pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida armaturani beton quyishdan ilgari tirgaklariga tirab yoki beton qotgandan keyin betonning o'ziga tirab taranglash mumkin .Armaturani taranglashning asosan uchta: mexanik, elektrotermik va fizik-kimyoviy (o'z-o'zini zo'riqtirish) usullari mavjud. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko'pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda armaturada katta zo'riqish hosil qilishdan tashqari, taranglash kuchini ham aniq o'lchasa bo'ladi. Bunda cho'ziladigan sterjenlar domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni element uchiga (tores) yoki maxsus tirgaklarga tiraladi. Qudratli domkratlarda taranglanadigan armaturani porshen bilan biriktiriladi. Dasta (puchkovaya) armaturani taranglashda ikki yo‘nalishda ishlaydigan yengil ko'chma domkratdan foydalaniladi. Aylanma stol yordamida o‘ta mustahkam sim dan uzluksiz armaturalash usuli ham samaralidir. Mazkur usul yordamida bir va ikki o'qli kuchlanish holatida boladigan to'sin, panel va quvur singari turli konstruksiyalarni oldindan zo'riqtirish mumkin. Tarang tortilgan sim bilan uzluksiz armaturalash usuli oldindan zo‘riqtirilgan rezervuarlarni qurishda ham keng qo’llaniladi, bunda maxsus qo‘zg‘alma mashinalardan foydalaniladi. Bu usulni tarang tortilgan ipni g'altakka o‘rashga o'xshatish mumkin. Armaturani taranglashning elektrotermik usuli keyingi yillarda keng tarqaldi: endilikda oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul bilan tayyorlanmoqda. Bu usulning afzalligi uning o‘ta soddaligi va istalgan korxonada qo‘llash imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5— 10 marta arzon, konstruksiya tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat ham 2—3 marotaba kam. Biroq taranglash aniqligi mexanik usuldagi taranglashga qaraganda ancha past. Bundan tashqari bu usulda ko‘pincha issiqlayin cho‘zilgan simlardan foydalaniladi, chunki boshqacha o‘ta mustahkam simlarda yuqori kuchlanish hosil qilish uchun juda katta temperaturada qizdirishga to‘g‘ri keladi, bu esa simning mexanik xossasiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Armaturani elektrotermik usul bilan taranglashda armatura sterjenlarining uzunligini (ankerlar oralig'ini) qolip tirgaklaridan ma'lum masofaga kaltaroq olinadi Armaturadan tok o'tkazib, uni 300—400°S ga qadar qizdiriladi. Uzaygan sterjenlar qolipning tirgaklariga erkin joylanadi, sovish jarayonida tirgaklar sterjenning qisqarishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shu yo‘l bilan sovigan sterjenlar oldindan zo'riqtiriladi. Shundan so'ng qolipga beton yotqiziladi va beton yetarli mustahkamlikka erishgandan so'ng armaturani mahkamlash uskunalari (ankerlar)dan bo‘shatiladi, bo'shagan armatura qisqarib, betonni siqadi. Ba'zan o‘ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda qo‘shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo‘shma usulga ko‘ra qizdiriladigan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Taranglashning bu usulida kuchlanishning 50 % i mexanik usulda, qolgan 50 % i qizdirib sovutish natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida mashinaning mahsuldorligi ikki marotaba ortadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg'otilgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham aniqlashadi. Taranglashning fizik-kimyoviy usuli o‘z -o‘zidan zo'riqadigan konstruksiyalarni tayyorlashda qo'llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan tayyorlangan betonning o‘zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo'ladi. Armaturada uyg'ongan cho'zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo'riqadi. Respublikamizda oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarning asosiy qismi, oddiy temirbeton elementlari singari, markazlashtirilgan usulda korxonalarda tayyorlanadi. Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton elementlarni konstruksiyalash Oldindan zo'riqtirilgan elementlar uchun armatura po'latlari konstruksiya turi, beton sinfi, ta'sir etuvchi kuchlarning tavsifi (xarakteri), atrof muhitning harorati va zararligi, ishlash sharoiti va boshqa omillarga bog'liq holda tanlanadi. Iloji boricha mustahkamligi yuqoriroq bo'lgan armatura tanlashga harakat qilish kerak. Betonning sinfi konstruksiyaning turi, betonning xili, taranglangan armaturaning sinfi va diametri, ankerlarning boryo'qligiga qarab belgilanadi. Elementlar diametri 5 mm gacha bo'lgan Br-II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi B20 dan, diametri 6 mm va undan ortiq bo'lsa — B30 dan kam bo'lmasligi lozim. K-7 va K-19 sinfli arqonsimon armatura qo'llangan elementlardagi betonning sinfi kamida B30 olinadi. Agar A-V (A,.-V) va A ^V I sinfli steijen ankersiz ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo'lganda beton sinfi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo'lganda B25 va B30 dan kam bo'lmasligi kerak. Betonning uzatish mustahkamligi R ya'ni betonni siqish daqiqasidagi mustahkamligi uning sinfining 50 % idan hamda 11 MPadan kam bo'lmasligi, A-VI, A,.-VI, K-7, K-19, Br-II singari o'ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo'lmasligi zarur Taranglangan armaturaning betonga yaxshi birikuvchi va zo'riqishlarning betonga uzatilishini ta’minlash maqsadida armaturaning uchiga anker deb atalgan maxsus mahkamlovchi moslama o‘rnatiladi. Armaturani tirgaklarga tirab taranglanganda, agar armatura bilan beton o 'zicha puxta biriksa, masalan, armatura davriy profilli po'latlardan yoki sim arqonlar (kanat) dan tashkil topgan bo'lsa, anker uskunalanmasa ham boladi. Biroq buning uchun beton yuqori darajada mustahkam bolishi, bundan tashqari, maxsus konstruktiv choralar qo'langan (qo'shimcha ko'ndalang armaturalar o'rnatilgan, himoya qatlamining qalinligi oshirilgan) bolishi lozim . Armaturani betonga tirab taranglaganda uning uchiga hamma vaqt anker moslama o'rnatish shart, ammo tirgaklarga tirab tortganda, maxsus ankerlar o'rnatish shart emas. Binokorlikda alohida ingichka simlarni to'plab dastalangan armaturalardan ham foydalaniladi tutashma armatura aylanma — karkas 2 atrofida parallel joylashgan va uzunasiga har 1 metrda beldamchilar bilan boglangan ingichka simlar 1 dan tashkil topadi. Tutashgan armatura ikki tomonlama ishlaydigan domkrat bilan taranglanadi.Sterjenli armaturani betonga yoki tirgakka tirab taranglaganda uning uchiga kallak qistirma halqa yoki payvandlangan taxtakach ko'rinishida vaqtinchalik o’rnatiladi. qutisimon shakllarda loyihalanadi. Egiluvchi elementlarda taranglangan asosiy armaturani cho'zilish zonasiga joylanadi, ba’zan kesim yuzasi A (0,15...0,25) bo‘lgan taranglangan armatura siqilish zonasiga ham o‘rnatiladi Taranglangan armaturani siqilish zonasiga joylashdan maqsad shuki, u nomarkaziy siqilgan (tayyorlash jarayonida) betonni yorilishdan asraydi, chunki egiluvchi to'sinning siqilish zonasi bunday paytda cho'zilishga ishlay boshlaydi va to‘sinda yorilish xavfi paydo bo’ladi. Siquvchi kuch va tashqi yoyiq va yuk ta ’sirida to'sinda vujudga keladigan kuchlanishlar epyurasi tasvirlangan; bu yerda elka o'zgaras bolib, kuchlanish momentlar epyurasiga muvofiq ravishda parabola bo'yicha o'zgaradi. Epyuralaming algebraik yig'indisini olganda (yig'indi epyura) da shtrixlab ko'rsatilgan) to'sinning pastki qirrasidagi cho'zuvchi kuchlanishlari ancha kamayadi, agar siquvchi kuch R va uning yelkasi to'g'ri tanlansa, o'sha kuchlanish butunlay yo'qolishi mumkin. To'sinning tayanch yaqinidagi yuqori qismida siquvchi R kuchdan hosil bo’lgan cho'zuvchi kuchlanish saqlanib qoladi, to'sinning shu uchastkasi emirilishi ham mumkin, element uchidagi kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida pastki taranglangan armaturaning bir qismi bukib qo'yiladi .Bunda yelka hamda siquvchi kuch R, demak, cho'zuvchi kuchlanish ham elementning uchi tomon kichrayib boradi. Tayanch yaqinidagi og'ma kesimda bo'ladigan bosh cho'zuvchi kuchlanishlarni qabul qilishda ham taranglangan armaturani bukish foydadan xoli emas. Xulosa. Oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o 'ta mustahkam po'Iat va betondan unumli foydalanish imkoniyati tug'iladi, buning natijasida armatura oddiy temirbetondagiga nisbatan 30—70 % kamroq sarf bo'ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruksiya vazni yengillashadi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda B20...B60 sinfli beton va o'ta mustahkam armatura ishlatiladi. O'ta mustahkam materiallning qo'llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko'ndalang kesimlarini kichraytirish imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini pasaytiradi,chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o'zining zanglashga qarshi o'ta turg'unligi, ko'pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Download 250,34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling