Mavzu: Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik ishlar Reja
Ko’prik o’tish joylarida geodezik qidiruv ishlari
Download 0.74 Mb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’prik o’tish joyining batafsil plani SHtrix bilan ko’prik o’tish joyi ko’rsatilgan.Maydon batavsil tasvirga olinadi
- Kameral ishlar vaqtida
Ko’prik o’tish joylarida geodezik qidiruv ishlari uch bosqichda: tayyorlov, dala va kameral bosqichlarda amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichida dala ishlari boshlanmasdan avval qidiruv o’tkazila-yotgan joyning mavjud topogrofa – geodezik gidrologik, geologik, geomorfo-logik va iqtisodiy materiallar o’rganib chiqiladi. Birinchi navbatda, kartografik va aerofotografik materiallar to’planiladi. Dastlabki trassalash variantlar o’tkazilib, dala qidiruv ishlarini xajmi belgilanadi. Qidiruv guruhini tarkibi shakllantiriladi va kerakli asbob anjomlar bilan ta’minlanadi.
Muhandislik – geodezik ishlarining dala bosqichi topografik tasvir olish va buning natijasida tafsilotli topografik plan hamda joyning raqamli modelini hosil qilishdan iborat bo’ladi. Bu materiallar ko’prik o’tish joyini tanlashda hamda qo’shimcha inshootlarni (ko’prik, ko’prik oldi, suv qaytargich inshootlari va h.o.) loyihalashda asos bo’ladi. Tafsilotlar plani 1:10000 masshtabdan mayda bo’lmagan daryo suv sathining eng yuqori qirg’og’idan 200 m masofada chegaralanib tuziladi. Daryo vodiysining tasvirga olinayotgan qismi trassa varianti oqimning yuqoriga va pastiga qarab daryo kengligidan 1,5 marta kattaligida belgilanadi. Planda ko’prik o’tish joyining morfostvor va gidrostvorlar, suv o’lchash postlari, daryoning suv ko’tarilish chegaralarining hududlari batafsil ko’rsatiladi Ko’prik o’tish joyining batafsil plani SHtrix bilan ko’prik o’tish joyi ko’rsatilgan.Maydon batavsil tasvirga olinadi. Batafsil topografik tasvir olinadigan yirik masshtabli plan ko’prik o’tish joyining oxirgi tanlangan variant yo’nalishini belgilash va ko’prikni qo’shimcha inshootlarini loyihalashda asos bo’ladi. Topografik tasvirning masshtabi katta ko’prik o’tish joylari uchun 1:2000 va boshqa ko’priklar uchun 1:1000 etib qabul qilingan. Tafsilotli va topografik tasvirlarga asos etib, yopiq poligon, dioganal yo’llar va mikrotriangulyasiya tizimlari barpo qilinadi. Ko’prik o’tish joylarini geodezik ishlari tarkibiga: trassa variantini rejalash (chiziq o’tkazish, trassani belgilash, piketlash, trassa o’qi bo’yicha nivelirlash va h.o.); gidrometrik o’lchash ishlari (morfostvor va gidrostvorlarni rejalash bunda trigonometrik nivelirlash usuli qo’llaniladi). Daryoni bo’ylama kesimini tasvirga olish (bo’ylama kesimda farvator bo’ylab o’zan tagi, oqimning suv yuzasining mejin va yuqori suv vaqtidagi sathi, o’ng va chap qirg’oqlar balandligi, tarixiy kuzatilgan suv sathining balandliklari ko’satiladi); gidrometrik o’lchash ishlarini olib borishda geodezik asoslari yaratiladi (oqim tezligi, oqim sarfi, daryo chuqurliklarini o’lchash, kema qatnovi, muzliklar yo’nalishini aniqlash va h.o.); muhandislik geodezik ishlari uchun geodezik asos yaratish (geologik qazilmalarni planli - balandliklar asoslarga bog’lash, karьerlarni va guruntlarni qirqimini tasvirga tushirish); joydagi mavjud bo’lgan muhandislik inshootlarini o’rganishdagi geodezik ishlar; muhandislik kommunikatsiyalar tutashgan joylarini tasvirga tushirish qidi ruv ishlari kiritiladi. Qidiruvdagi geodezik ishlarda aerotopografik, aerogidrometrik va yer usti fotogrammetrik usullaridan, elektron taxeometrlardan keng foydalaniladi. Kameral ishlar vaqtida dala materiallari qayta ishlani tafsilotli topografik plan, joyning sonli modellari yaratiladi. Dala ishlari bo’yicha hisobotlar yoziladi. Ushbu bosqichda EXM, streofotogrammetrik hamda avtomatlashtirilgan GIS vositalari qo’llaniladi. Rejalash to’rlari ko’prik yoki yo’l o’tkazuvchi inshootlarni loyihadan joyiga ko’chirishda, markaziy ustunlarni nazorat etishda asos vazifasini o’taydi. Ko’priklarni rejalash to’rlari davlat geodezik to’rlaridan tomonlarining masofalarini kichikligi (0,2-0,5 dan 1-2 km gacha), o’lchash aniqligi yuqori bo’lishligi bilan farqlanadi.. Burchak o’lchashlarda o’rtacha kvadratik xatolik 1,5-211, planli geodezik to’rlarning shaxobchalarini holati ± 6 mm yo’l qo’yishimiz mumkin bo’lgan xatolikdan oshmasligi talab etiladi. Ko’prik va yo’l o’tkazuvchi inshootlarni rejalash to’rlari triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya usullarida hamda joy sharoitni hisobga oluvchi, rejalash ishlarida maksimal qulaylikka ega bo’lgan maxsus tuzilmalar shaklida tuziladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling