2.Quvur — truba, diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi. Quvur mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng qo’llanadi. Quvur qora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yog'och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Po'lat va cho'yan quvurlar keng tarqalgan. - 2.Quvur — truba, diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi. Quvur mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng qo’llanadi. Quvur qora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yog'och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Po'lat va cho'yan quvurlar keng tarqalgan.
- Cho'yan quvur quyish yo'li bilan, po'lat quvur esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Quvurlarning kesimi aylana, to'rtburchak, oval va b. shakllarda bo'ladi. Aylana (doyra) kesimli quvurlar ko'proq ishlatiladi. Quvurlar choksiz va chokli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Quvur diametri: d — po'lat quvurlar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), o'rta (114—480 mm) va katta (480—2500 mm va bundan katta); b— cho'yan quvurlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta.
Vodoprovod quvuri po'lat, cho'yan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chiqariladi. Qaysi materialdan tayyorlangan quvurni tanlash vodoprovodning qanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashqi yuklar va b. omillarga bog'liq. Po'lat va cho'yan quvurdan shaxobchalar ajralib chiqishi yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi. - Vodoprovod quvuri po'lat, cho'yan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chiqariladi. Qaysi materialdan tayyorlangan quvurni tanlash vodoprovodning qanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashqi yuklar va b. omillarga bog'liq. Po'lat va cho'yan quvurdan shaxobchalar ajralib chiqishi yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi.
- Metall quvur zanglamasligi uchun sirtiga qora moy (gudron) surkaladi. Bug', gaz va havo o'tkazuvchi quvur, asosan, po'latdan tayyorlanadi.
- Kanalizatsiya quvuri cho'yan, sopol, asbotsement, beton, temir-beton, g'isht va yog'ochdan ishlanadi. Tutun quvuri (murilar) g'isht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa quvurlar, asosan, suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya tizimlarida qo'llanadi. Asbotsement va temirbeton quvurlar sug'orish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni quvur (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida qo'llanadi.
- Ko’mir, metallurgiya va energetika sanoatlari tarmoqlarida toshdan quyib tayyorlanadigan quvurlar ishlatiladi. Burg'ilash ishlarida po'lat quvurlar qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |