2. Ko‘pyoqliklarning to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi
Bu masala yordamida antenna, lebedka (chigir) va shunga o‘xshash qurilmalarni o‘rnatishda tortiladigan simlarning tom sirtiga o‘rnatiladigan o‘rni aniqlanadi.
To‘g‘ri chiziqni ko‘pyoqlik bilan kesishish nuqtasini topish uchun quyidagi algoritmdan foydalaniladi.:
To‘g‘ri chiziq orqali (7.3-shakl, a) ko‘pyoqlikni kesuvchi qilib N tekislik (odatda proyeksiyalovchi) o‘tkaziladi;
O‘tkazilgan tekislik bilan ko‘pyoqlikning kesishish chizig‘i, 123, topiladi (bu masala yuqorida ko‘rildi);
Kesim chizig‘i (123) bilan berilgan (1;2) to‘g‘ri chiziqning o‘zaro kesishgan nuqtalari E va F topiladi va bu nuqtalar izlangan nuqtalar bo‘ladi.
7.3-shakl, b) da og‘ma uchburchak prizma bilan (1;2) to‘g‘ri chiziqni o‘zaro kesishish nuqtalarini topish ko‘rsatilgan. To‘g‘ri chiziq orqali frontal proyeksiyalovchi N (NH;NV) tekislik o‘tkazilgan. Prizma a qirrasining frontal proyeksiyasi a2 tekislikning NV izi bilan 12 nuqtada kesishadi, bu nuqtaning gorizontal proyeksiyasi a qirraning gorizontal proyeksiyasi a1 da bo‘lib, u 11 dir. Xuddi shu usul bilan qolgan qirralarni tekislik bilan kesishgan nuqtalari 2 (21;22) va 3 (31;32) topiladi va o‘zaro birlashtirib (112131) kesim hosil qilinadi.
7.3-shakl
Hosil bo‘lgan kesim bilan to‘g‘ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi 1 o‘zaro kesishib E1 va F1 nuqtalarni hosil qiladi. Proyeksiyalovchi bog‘lovchi chiziqlar yordamida E2 va F2 nuqtalar topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |