Mavzu: korporativ axborot tizimlariga qo‘yiladigan talablar


Download 30.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi30.99 Kb.
#1757529
Bog'liq
9-ma ruza-KAT



MA’RUZA №9 
MAVZU: KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
REJA 
1. Korporativ axborot tizimlari qurishdagi majburiy talablar. 
2. Korporativ axborot tizimlari ega bo‘lishi lozim xossalari. 
3. Moslashuvchanlik xossasi. 
4. Ishonchlilik xossasi. 
5. Samaradorlik xossasi. 
6. Xavfsizlik xossasi. 
Ixtiyoriy biznes tashkilotlar uchun korporativ axborot tizimlari qurishda ularga bir 
qancha majburiy talablar qo‘yiladi. Ular ichida quyidagilar alohida o‘rin egallaydi: 
1. Korporativ ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimini o‘zida qo‘llash 
imkoniyatiga ega bo‘lgan mijoz-server arxitekturasidan foydalanish
2. Ma’lumotlarni qayta ishlashni taqsimlangan tizimini qo‘llab-quvvatlash; 
3. API (Application Programming Interface), COM+ (Component Object Model+), 
CORBA (Common Object Request Broker Architecture - Umumiy obyekt so‘rovi 
broker arxitekturasi) va boshqa shu kabi ochiq standartlar hisobiga kengaytirilgan 
tezkor-mustaqil funksional bloklardan iborat modulli prinsipga asoslanib qurish; 
4. Internet/Intranet texnologiyalarini qo‘llab quvvatlash; 
Bundan tashqari korporativ axborot tizimlari moshlashuvchanlik, ishonchlilik, 
samaradorlik hamda xavfsizlik kabi bir qancha xossalarga ham ega bo‘lishi lozim. 
Moslashuvchanlik. Bu yerda KATning korxonaning keyingi rivojlanishi jarayonida 
vujudga keladigan yangi talablariga, sharoitlariga javob beradigan holda moslashish 
nazarda tutilmoqda. Agar axborot tizimlarini ishlab chiqishda hujjatlashtirishning 
umumqabul qilingan vosita va usullaridan foydalanilgan bo‘lsa bu shartlar bajariladi. 
Shuningdek ma’lum bir vaqt o‘tishi bilan tizim strukturasini qayta ko‘rib chiqish va unga 
o‘zgartirishlar kiritish mumkinligi saqlanadi, hatto bunda barcha ishlab chiquvchilar yoki 


ularning bir qismi ma’lum bir sabablarga ko‘ra ishni davom ettira olmasa ham bu o‘rinli 
bo‘ladi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, psixologik tomondan odam o‘zining shaxsiy 
ishlanmalarini oson ko‘rib chiqadi, hattoki ancha oldin yaratilgan bo‘lsa ham. Begonalar 
tomonidan yaratilgan yechimlarni ko‘rib chiqish har doim ham mantiqiy bo‘lavermaydi. 
Shuning uchun tizimni qo‘llab quvvatlashni imkon qadar uni loyihalashtirilgan 
odamlarga topshirish kerak. 
Har qanday axborot tizimi qachondir ma’naviy jihatdan eskiradi va uni qisman 
yoki to‘liq o‘zgartirish masalasiga duch kelinadi. Axborot tizimlarini ishlab chiquvchilar 
amaliy soha mutaxassislari emas. Shuning uchun tizim takomillashtirilayotganda yoki 
to‘liq yangilanayotganda soha mutaxassislari loyihachilar guruhida qatnashsa tizimni 
takomillashtirish vaqti ancha qisqaradi. 
Shu bilan birga tizimni takomillashtirishda eskirgan yechimlarni qo‘llash xavfi 
tug‘iladi. Bunday hollarda yagona yechim - bu axborot tizimlarni yaratuvchi 
mutaxassislarni tanlashga alohida ahamiyat berish lozim. 
Ishonchlilik. Agarda axborot tizimlari ishlash jarayonida axborotlarni “buzilish” 
holatlari ro‘y bermasa hamda, texnik nosozliklar sodir bo‘lganda ham axborotlarning 
butunligini saqlab qolinsa bunday axborot tizimlari ishonchli deyiladi. Axborot 
tizimlarining ishonchliligini ta’minlash uchun saqlanayotgan ma’lumotlardan zaxira 
nusxalar olib qo‘yish, bayonlashtirish amallarini bajarish, sifatli aloqa kanallaridan 
foydalanish, axborot tashuvchilarini to‘g‘ri tanlash, zamonaviy dasturiy va apparat 
vositalaridan foydalanish kerak. Xodimlar malakasi yo‘qligi sababli ma’lumotlarning 
tasodifiy yo‘qotilishidan himoya qilishni ham shular qatoriga qo‘shish kerak.
Samaradorlik. Tizim samarador deyiladi agarda, unga ajratilgan resurslar 
hisobiga unga qo‘yilgan masalani minimal muddatlarda bajara olsa. Har qanday holatda 
ham samaradorlikni buyurtmachi baholaydi. Bunda buyurtmachi asosiy e’tiborni ishlab 


chiqilgan tizimni qo‘yilgan masalaga qay darajada mosligiga, undagi talablarga qanday 
javob berishiga qaratadi. 
Yaratilgan tizimga buyurtmachi tomonidan negativ baho berilmasligi uchun 
ularni tizim loyihasining barcha bo‘g‘inlarida ishtirokini ta’minlash lozim. Bunda 
yondashish juda ko‘p sonli foydalanuvchilarni loyihalash bosqichida ish sharoitidagi 
o‘zgarishlarga moslashish imkonini yaratadi, aks holda ishni qabul qilib olishda 
qiyinchilikka duch kelinadi.
Buyurtmachi bilan loyihalashtirishning boshlang‘ich bosqichlarida hamkorlik 
qilish buyurtmachining ehtiyojlarini aniqlash imkonini beradi. Buyurtmachini 
qo‘shimcha talablarini qanchalik oldin hisobga olinsa, tizimni yaratish kam xarajatlar 
bilan qisqa muddatlarda bajariladi. 
Bundan tashqari buyurtmachi axborot tizimlari sohasida mutaxassis 
bo‘lmaganligi uchun yangi axborot tizimlari haqida bilmasligi mumkin. Tizimni ishlab 
chiqishda buyurtmachi bilan aloqa qilish uni o‘zidagi apparat vositalarni modernizatsiya 
qilishiga turtki bo‘lishi mumkin. Buning natijasida o‘zining biznesiga yangi usullarni 
kiritishi mumkin. Bu esa buyurtmachini hamda loyihachini talablariga javob berishi 
mumkin. Oqibatda buyurtmachi korxona yangi apparat vositalar va axborot tizimlari 
hisobiga yuqori samaradorlikka erishadi, loyihachi esa axborot tizimlarni loyihalashda 
qo‘llanadigan imkoniyatlarini kengaytirishga muvofiq bo‘ladi 
Tizimning samaradorligiga ma’lumotlarning optimallashtirilishi va ularni qayta 
ishlash usullarida original ishlanmalarni, yangi g‘oyalarni, loyiha usullarini qo‘llash 
hisobiga erishiladi. Shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, tizim bilan soha mutaxassislari 
bo‘lgan oddiy insonlar ishlaydi. Ko‘p hollarda ular kompyuterda bilan ishlashda yuqori 
bilimga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning axborot tizimlarining interfeysi ular uchun 
tushunarli bo‘lishi kerak. O‘z navbatida, ishlab chiquvchi dasturchi oxirgi foydalanuvchi 
tomonidan bajariladigan operatsiyalarning xususiyatini tushunishi kerak. Bu holda 
tavsiyalar axborot tizimini ishlab chiqish samaradorligini boshqarish, ishlab 
chiquvchilarni korxona faoliyati bo‘yicha yetarli darajada bilishlarini takomillashtirishga 
xizmat qilishi mumkin. 
Axborot tizimi ishlab chiquvchilar yaratilgan axborot tizimini foydalanishga 
topshirishdan avval o‘zlari foydalanuvchi sifatida tizimni ishlatib ko‘rishi kerak. 
Shunaqangi holatlar ham bo‘lganki, axborot tizimi ish joyiga olib borib tekshirilganda 
xatoliklar paydo bo‘lgan va bu xatoliklar ish joyida qaytadan testdan o‘tkazilib 
to‘g‘rilangan. 


Xavfsizlik – bu avvalo кorporativ axborot tizimlaridagi axborot resurslariga ruxsat 
berilmagan foydalanuvchilarni murojaatini taqiqlash bo‘lib, u nazorat va cheklovlar 
qilishning har xil usullari yordamida amalga oshiriladi.
Axborotlarni ruxsat berilmagan murojaatlardan himoya qilish tizim resurslariga 
murojaatlarni axborotlarni himoya qilishning zamonaviy himoya vositalari yordamida 
boshqarish orqali ta’minlanadi. Katta kompaniyalarda axborot xavfsizligi bilan 
shug‘ullanadigan bo‘limlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kichik korxonalarda 
esa axborot xavfsizligiga xodimlar javobgarligi belgilanadi.
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tizim, mijozning, ayniqsa, mulkiy 
manfaatlariga zarar etkazishi mumkin. 
Shu munosabat bilan, Respublikamizda amaldagi qonunchilikka binoan ish yoki 
xizmatlarning noto‘g‘ri sifatidan kelib chiquvchi zarar uchun mas’uliyatni ijrochi, ya’ni 
bizning holda, axborot tizimini ishlab chiqaruvchisi to‘laydi. Shu sababli, mijozning 
axborot tizimining xavfsizligi noto‘g‘ri ta’minlanishi, eng yomon hollarda, ijrochiga 
nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga olib keladi, eng yaxshi holda - mijozning yo‘qolishi va 
biznes obro‘yini ketishiga sabab bo‘ladi. 
Zararli niyatdan tashqari, axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlashda bir qator 
hal qilinishi kerak bo‘lgan boshqa omillarga duch kelinadi. Xususan, zamonaviy axborot 
tizimlari bu yetarli darajada murakkab dasturiy mahsulotlar to‘plamidir. Ularni 
loyihalashda xatoliklar bo‘lishi ehtimolliklari mavjud bo‘ladi. Bu xatoliklar dastur kodi 
hajmining katta bo‘lishi, kompilyatorlarning kamchiliklari, inson omili, tizimdagi 
dasturlarning uchinchi tomon dasturlari bilan muvofiq kelmasligi kabi va boshqa 
sabablar oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun axborot tizimini ishlab 
chiqish davridan keyin albatta uni ekspluatatsiya qilish jarayonida qo‘llab-quvvatlash 
davri kelishi lozim. Bu davrda tizimdagi ko‘rinmas xatolar aniqlanib ular to‘g‘rilanadi. 
Masalan, axborot tizimi ishlab chiqish paytida dasturchi kurs dollarni o‘zgarmas qilib 
kiritib ketdi. Tizimni ekspluatatsiyaga topshirishda ham kurs dollar o‘zgarmadi, shuning 
uchun xatolik kelib chiqmadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin kurs dollarning 
o‘zgargani uchun tizim ishida xatolik ro‘y berdi. 
Axborot tizimlarida xavfsizlik axborot tizimlari yaratishning zamonaviy vositalari, 
zamonaviy apparaturalar, axborotlarni himoya qilish usullari, parollashtirish tizimlari va 
bayonlashtirish, operatsion tizim xavfsizligi va uning himoya vositalarining holatini 
doimiy monitoring qilib borish hisobiga ta’minlanadi.


Va nihoyat, eng muhim omil, ishlab chiqish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omil bu 
axborot tizimlari ishlab chiquvchilar jamoasining bilimi va tajribasining yuqori darajada 
bo‘lishidir. Shunday bilimli jamoa tomonidan ishlab chiqilgan korporativ axborot 
tizimlari korporatsiya ish yuritish faoliyatida katta samara beradi va tez orada tizim 
uchun sarflangan xarajatlar qoplanadi. 
Nazorat savollari 
1. Korporativ axborot tizimlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
2. Korporativ axborot tizimlari qanday xossalarga ega bo‘lishi talab qilinadi? 
3. Moslashuvchanlik xossasi nimani anglatadi? 
4. Ishonchlilik xossasi nimani anglatadi? 
5. Samaradorlik xossasi nimani anglatadi? 
6. Xavfsizlik xossasi nimani anglatadi? 

Download 30.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling