Mavzu: Korporativ moliyaviy munosabatlar Reja: Korporativ moliyaviy munosabatlar yuzaga kelish sabablari


Korporativ tuzilmalarning bank-kredit institutlari bilan munosabatlari


Download 30.16 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi30.16 Kb.
#1386793
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi

2. Korporativ tuzilmalarning bank-kredit institutlari bilan munosabatlari.
Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin.
Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha subyektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi kerak. Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bo`lib, unda lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig`iga binoan sotuvchidan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o`n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Bugungi kunda mahalliy korxonalarda o‘rta yoki uzoq muddatli davrlar uchun ma’luin qiymat asosida moliyaviy resurslami yetarli darajada jalb qilish muammoli holat hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish usullaridan biri sifatida xorijiy kapitalni jalb qilishni keltirish mumkin.
Xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega. Bugungi kun amaliyotida keng miqyosda qo‘llanilayotgan shakllar sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
- xorijiy bank kreditlarini jalb qilsh;
- qarz munosabatmi anglatuvchi qimmatli qog‘ozlarni xonjda joylashtirish;
- aksiyalami xalqaro fond biijalarida joylashtmsh va boshqalar.
Xorijiy kapitalni jalb qihshning keltirib o‘tilgan usullari xususida qisqacha tavsif berib о‘tamiz.
Bugungi kunda kompaniyalar loyihalami amalga oshirish uchun xorijiy banklardan uzoq muddath kreditlar jalb qiladi.
Xorijiy kreditlaming keng tarqahshi zarur miqdordagi moliyaviy resurslami nisbatan past foiz stavkalarida jalb qilish imkoniyati bilan izohlanadi. Xorijiy banklar tomonidan odatda, suzib jmravchi foiz stavkalari qo‘llaniladi. Bunda asos sifatida ba’zi indikativ har kunlik o‘zgaruvchan stavkalar, masalan LIBOR (London Interbank offered rate ~ London banklararo o‘rtacha foiz stavkasi), PIBOR (Paris Interbank offered rate - Parij banklararo o‘rtacha foiz stavkasi), AQSh bazis stavkasi (prime rate) va boshqalar olinib, ularga individual mukofot summalari qo‘shiladi. Bankning individual mukofot miqdori 0,5 foizdan 5 foizgacha amal qiladi.
Har qanday korxona xorijiy kreditlar ohsh uchun xorijiy bankka yoki uning vakolatxona, bo‘linma, fihallariga murojaat qilishi mumkin.
Banklar hududiy joylashuvidan qat’i nazar qarz ohsh uchun quyidagi majburiy talablar amal qiladi;
- moliyalashtiriladigan loyihaning asoslangan biznes-rejasi mavjudligi;
- xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar taqdim etish;
- dunyoga mashhur, masalan “katta to‘rttalik”ka kiradigan auditorlik tashkilotlari xulosalari;
- yuqori darajadagi rentabellik va qat’iy belgilangan moliyaviy ko‘rsatkichlaming ta’minlanganligi;
- korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi va boshqalar.
Qayd etib o‘tish kerakki, hozirgi kimda aksariyat xorijiy banklar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhm- bo'lgan korxonalargagina kredit ajratishga tayyor.
Xalqaro amaliyotda xorijiy kreditlar sindikatli kreditlar shaklida jalb qilinadi. Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikath kreditlar xorijiy kreditlar amaliyotida ham risklami kamaytirish imkonini beradi. Bu jarayonda qarz taqdim etish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgan bank shakllantiriladigan sindikatni boshqaradi. Bunday kredit qiymati foiz stavkasidan tashqari odatda umumiy kredit summasining 0,5 foizidan 2
foizigacha miqdorda belgilanadigan sindikat komissiya to‘lovini ham o‘z ichiga oladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli keng ko‘lamli loyihalami amalga oshimvchi yirik qarz oluvchi kompaniyalar uchun juda qulay. Xorijiy ekspertlaming baholashi bo‘yicha dunyo miqyosida 80 foizga yaqin yirik loyihalar aynan sindikatli kreditlardan foydalanish orqali moliyalashtiriladi.
Xorijiy banklardan kreditlar jalb qihshning kamchiliklari sifatida esa quyidagilami keltirish mumkin:
- ko‘p sonli talablar va kelishuvlaming amal qilishi;
- valyuta riskining yuzaga kelishi;
- xalqaro yuridik me’yorlarga asoslanuvchi huquqiy tartiblarga asoslanishi va boshqalar.
Ta’minot taqdim etish zarmiigi va qarzni boshqarishning qulay mexanizmi mavjud emasligi xorijiy bank kreditlari bilan bog’liq bo’lgan salbiy holatlardan hisoblanadi.



Download 30.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling