Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari
Download 13.38 Kb.
|
Safsata
Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari.Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Barcha mamlakatlar korrupsiya illatini tag-tomiri bilan qo’porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo’lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat'iy qadam tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e'tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo’shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Yevroosiyo guruhi to’g’risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi maxsus tuzilmalar (boshqarma va bo’limlar) tashkil etilib, qator vazirlik va idoralarda ichki xavfsizlik inspeksiyalari tuzilgan. Ularning faoliyatini yanada jonlantirish, huquqiy targ’ibotini kuchaytirish, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida internet va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Аytish joizki, O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan Аdliya vazirligi tomonidan bir qator idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro’yhatidan o’tkazilgan. Bunga lizing xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanktsiyalar to’g’risida nizomni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Аdliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan va 2011 yil 20 oktyabrda tasdiqlangan. “O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasi-ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e'lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontseptsiya talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari ko’rildi. Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruhsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan va 24 noyabrda quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida ma'qullangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko’maklashadi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar sifatida berilgan. Qonunda «korrupsiya» tushunchasi «shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» deya ta'riflangan. «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik» deganda, «korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish»ni tushunish lozim. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan. Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Download 13.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling