Mavzu: Korrupsiyaning namoyon bo’lish shakllari


Karrupsiyani axloqiy baholash


Download 194 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2023
Hajmi194 Kb.
#1365170
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'ulomjonov Xufyona iqtisodiyot

Karrupsiyani axloqiy baholash.
Korrupsiyaning turlicha namoyon bo‘lishlari turlicha axloqiy bahoga ega: ayrim harakatlar jinoiy, boshqa harakatlar esa – axloqsiz harakatlar hisoblanadi. Axloqsiz harakatlar qatoriga, qoidaga ko‘ra, meritokratiya tamoyillarini buzadigan siyosiy yo‘nalishlar asosida homiylik qilish va oshna-og‘aynigarchilik qilish kiradi.

Biroq korrupsiyaga nisbtan ijobiy munosabat ham uchraydi: «Korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda – u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi» - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Xyuston.


Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim. Lobbida mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq Mansabdor shaxsga ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi.





  1. Sir tutilgan yoki qo‘shimcha (ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas.

2. Mijozlar va agentlar bir-biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan foydadan ulush olmaydi.


Biroq ayrim tadqiqotchilar lobbizmni korrupsiyaning tarkibiy qismi deb hisoblaydi xolos.


Korrupsiyaning eng xavfli shakllari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanadi. Ular qatoriga, eng avalo, qonunga xilof ravishda sarf etilgan pul (rastrata) va pora kiradi. Rastrata mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlarda sarflashdan iborat. U oddiy o‘g‘rilikdan shunisi bilan farq qiladiki, shaxs dastlab resurslarni tasarruf qilishga qonuniy huquqni qo‘lga kiritadi: boshliqdan, mijozdlan va h.k. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishdn iborat. Aksariyat hollarda agar pora berish ta’magirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi. Qattiq jinoyat6lar qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi (garchi ayrimlar uni korrupsiyaning bir shakli emas, halol bo‘lmagan saylov kampaniyasi turi deb hisoblasada).


Korrupsiya ko‘pincha hukumatni kuch ishlatib almashtirishga da’vatlar uchun sabab bo‘ladi. Bunda ayblovlar ko‘pincha faqat muayyan siyosatning eng yaxshi namoyondalariga emas, butun siyosiy tizimga nisbatan qo‘yiladi. Oskar Arias Sanchesning qayd etishicha, avtoritar rejimlar hukumat suiiste’mollarning aksariyatini muvaffaqiyat bilan yashirishga qodir, shunday ekan, ularning korrupsiyaga berilganligi haqidagi xulosa bilvosita guvohliklarni va butun jamiyat uchun halokatli oqibatlarni tahlil qilish asosida chiqariladi. Aksincha, demokratik rejimlarda korrupsiya ko‘pincha keng oshkor qilinadi va jiddiy ziyon etkazishidan oldin to‘xtatiladi.

Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.




Xulosa
Korrupsiya va uning oqibatlari jamiyat rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi sodda va tushunarli tilda huquqiy jihatidan sharhlangan holda jamoatchilikni xabador qilish;

Korrupsiyaga qarshi tarbiyani oiladan boshlash va ta’limning barcha bosqichlarida uzuluksiz olib borish;


har bir sohada korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish orqali qonunchilikni hamda ichki tartib qoidalarni takomillashtirish bo‘yicha asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;


har bir davlat organida o‘z xodimlarini korrupsiya holatlaridan ogohlantirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmni ishlab chiqish va uni real hayotga tadbiq qilish chora-tadbirlarini belgilash;


har bir sohada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini ta’minlash orqali korrupsiyaga sabab bo‘luvchi holatlarga barham berishga erishish;


jamiyatda korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ya’ni korrupsionerlarga nisbatan jazo muqarrarligi mamlakatimizda qonun ustuvorligi asosida ta’minlanyotganligi xususida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda keng yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;


har bir sohada korrupsiyani oldini olish ishlarini tashkil etishga keng jamoatchilikni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish korrupsiyaga qarshi ishlarni samaradorligini oshirish;


ijtimoiy-iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan davlat organlari tizimida ma’muriy-byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;

davlatning vakolatli organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini yanada takomillashtirilgan holda mustahkamlash;





Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling