Mavzu: korruptsiya


Download 167 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi167 Kb.
#120509
Bog'liq
KORRUPTSIYA referat 2017


MAVZU: KORRUPTSIYA

Korruptsiya tushunchasi va yuridik tabiati

Korruptsiya mavzusining dolzarb ekanligiga hech kim shubxa bildirmaydi. Bu haqda barcha doiralarda: ommaviy axborot vositalarida, anjumanlarda, majlislarda va o‘zarosuhbatlarda ham alohida urg‘u berib gapirilmoqda. Korruptsiya masalasi nafaqat xalqaro huquq fani doirasida, balki jinoyat huquqi, kriminologiya, siyosatshunoslik kabi fanlar tizimida ham o‘rganilishi uning ko‘p qirrali, dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatadi.

25 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida jinoyatchilikning soni keskin ko‘paygan edi. Bu tabiiy hol, chunki muayyan bir tuzumdan yangi davlatchilik shakliga o‘tishda bunday salbiy holatlar ko‘payadi. Biroq, jinoyatlarning sonini kamaytirish borasida amalga oshirilgan keskin choralar natijasida hozirda jinoiy qilmishlarning kamayishiga erishildi.

Bundayjinoyatlardan biri bu bevosita korruptsiya jinoyatidir. Ushbu jinoyatga qarshi kurashish muammosi nafaqat muayyan bir davlat balki davlatlararo va xalqaro hamjamiyat miqyosida ham ulkan xavf tug‘dirmoqda. Sababi, dunyo mamlakatlarining aksariyati hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti siyosatini yoqlab chiqishmoqda.

Davlat apparati tizimida, mansabdorlik vakolatlari doirasida, uning boshqaruv tizimidagi yo‘nalishlarida mansab suiiste’molchiliklari, poraxo‘rlik, xo‘jalik va soliq tizimidagi jinoyatchiliklar, ularning uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlarining ijtimoiy xavfliligi o‘ta xavfli ko‘rinishlarni vujudga keltirishi mumkin. Ayniqsa,ularning uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma shakllaridagi ko‘rinishlari davlat boshqaruvini o‘ta ayanchli ahvolga olib kelishi, uni buzilishi va yemirilishi kabi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bilan yanada xavfli bo‘lishi mumkin. Bunday jinoyatchilikning korruptsiya darajasida sodir etilishi eng xavfli tus olishdan dalolat beradi. «Korruptsiya, ... eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi», - deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov1 .

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Endi esa fuqarolarimizning qobiliyati, bilimi va tadbirkorligi birinchi o‘ringa chiqa boshladi. Chunki avvallari ishbilarmon fuqaro bilan tanbal va dangasa bo‘lgan fuqarolarimiz teng ko‘rilgan bo‘lsa, endi esa ishbilarmon va tadbirkor fuqarolarimizga keng imkoniyatlar ochib berildi.

Demak, bozor iqtisodiyoti mamlakatimiz rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratib bergan bo‘lsa, bundan foydalangan ba’zi bir nopok kimsalar o‘zlariga yuklatilgan vakolatlarni suiist’emol qilgan holda korruptsiya jinoyatini sodir etmoqdalar. Bunga qarshi mamlakatimiz rahbari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashkiliy tuzilmasida korruptsiya jinoyatiga qarshi kurashuvchi maxsus boshqarmalarning tashkil etilganligi buni yaqqol isbotlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tashkiliy tuzilmalarida korruptsiya qarshi kurashish boshqarmalarining shakllantirilganligi shular jumlasidandir.

BMT Bosh assambleyasining 1990 yil Gavanada korruptsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida mansabdor shaxslarning axloq kodeksida «korruptsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh bo‘lib manfatdor bo‘lishlaridagi mansab suiiste’molchiliklaridir, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat mansablari yuzasidan g‘ayriqonuniy manfaat ko‘rishlaridir », deyiladi.

Korruptsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi guruhining 1995 yil 22-24 fevral kunlarida Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida «korruptsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olishdir», deb ta’rif berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar“2, deyiladi. Asosiy qonunning bunday talablari davlat hokimyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning sohalarida mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilab beradi. Davlat apparati tizimida mansab suiise’molchiligi, poraxo‘rlik, uyushgan yoki korruptsion jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo‘ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiya tizimiga putur yetkazadi. Korruptsiya jinoyatchiligini mansabdor jinoyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon–taloj qilish yoki poraxo‘rlik jinoyatlari korruptsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko‘rinishlari bo‘lib hisoblanadi. Korruptsiya jinoyatiga to‘xtalishdan avval bu jinoyat turiga xalqaro miqyosida berilgan baho sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Kofi Anandning fikrlarini taqdim qilmoqchiman.“Korruptsiya – bu jamiyatni xalokatli oqibatga olib keladigan qo‘rqinchli vabodir. U demokratiya va qonun ustuvorligini tubdan kemirib, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, yashash sharoitini og‘irlashtirib, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm hamda inson uchun xavf tug‘diradigan boshqa uyushmalarning rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Ushbu favqulodda xalokatli hodisa yirik va mayda yoki boy va qashshoqligidan qat’iy nazar barcha mamlakatlarda uchraydi hamda eng yomoni mamlakatning taraqqiy etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”.

Ko‘rib turganimizdek, korruptsiya jinoyati har bir rivojlangan davlatda mavjud bo‘lib, hozirda bu jinoyat turiga global muammo sifatida jahon hamjamiyatini jalb etilishi bejiz emas.

Korruptsiya so‘zi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tushunchasi yo‘q, u bir necha jinoyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Shuning uchun ham uni yagona tushuncha bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Xatto xalqaro tashkilotlarning tavsiyalaridan ham uning yagona tushunchasini yaratib bo‘lmaydi.

Professor K.R.Abdurasulovaning fikriga ko‘ra korruptsiya (lotin tilidan olingan bo‘lib, “corruptio” – “og‘dirib olish”, “buzilish” “degradatsiya qilish” ma’nolarini anglatadi) – bu mas’ul mansabdor shaxslari hamda muayyan vakolatlar va vazifalar yuklatilgan mas’ul shaxslar tomonidan o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan holda (aksariyat hollarda moddiy shaklda) mansab vakolatini suiist’emol qilish jinoyati tushuniladi.

Rossiyalik olim A.V. Kurakinning fikricha, korruptsiya davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z mavqeidan qonunga hilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib olish kabi turli huquqqa zid harakatlarni o‘z

ichiga oladi.

Korruptsiya keng ma’noda mansabdor shaxslarning shaxsiy va guruhiy manfaatlari yo‘lida o‘z mansab vakolatlari va mavqelarini suiiste’mol qilishi bilan ifodalangan qilmishdir.

BMTning 2003 yil 31 oktyabrdagi “Korruptsiyaga qarshi” konventsiyasida, “korruptsiya” tushunchasiga aniq ta’rif berilmagan. Bunday holatni boshqa universal xalqaro shartnomalarda ham ko‘rish mumkin. Korruptsiya atamasi ko‘p qirrali, o‘zida ko‘p qilmishni jamlaganligi sababli alohida xalqaro shartnomada uning mazmuni to‘liq yoritilmagan.



Jinoyatning bu turi oddiy bir g‘ayriqonuniy qilmish emas, balki hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, davlat xavfsizligiga jiddiyraxna soluvchi taxdidlardan hisoblanadi.

BMT konventsiyasiga binoan, korruptsiya tushunchasi poraxo‘rlik bilan birgalikda neopotizm, ya’ni shaxsiy aloqalar asosida kimgadir homiylik qilish, shaxsan foydalanish maqsadida davlatga yoki boshqalarga taalluqli bo‘lgan mablag‘larni o‘zlashtirish, degan ma’noni ham anglatadi.

Huquqshunos tadqiqotchilar poraxo‘rlikni «o‘z vakolati bilan savdo qilish» yoki «mansabfurushlik» deb ta’riflaydilar va uning oqibatida davlatning rahbarlik tizimi tanazzulga uchrab, hokimiyat organlari jinoiy guruhlar nazorati ostiga tushishi mumkin, deb hisoblaydilar.

Korruptsiya jinoyatchiligining dastlabki asoslariga ilgarigi ma’muriy buyruqbozlik tizimiga asoslangan sho‘rolar tuzumi davrida keng imkoniyatlar yaratilgan edi. Markazdan turib yoki kommunistik partiya nomidan buyruq bilan davlatning ichki tizimini boshqarish asosida, mahalliy organlarning ish faoliyatlarini o‘z manfaani yo‘liga xizmat qildirishga sharoit yaratilgan edi. Bunday buyruqbozlik tizimi jamiyatning asosiy mazmuniga aylangan edi. Hattoki boshqa organlar u yoqda tursin, sud idoralari ham partiyaga bo‘ysundirilganligi korruptsiya jinoyatchiligining jamiyatni to‘lig‘icha egallab olishiga sabab bo‘lgan edi. Bu davlat apparatini bir guruh shaxslar manfaatiga bo‘ysindirishga, xizmat qildirishga imkoniyat yaratadi.

K. Tojiboevning fikriga ko‘ra korruptsiya jinoyatchiligi natijasida davlatning iqtisodiy negiziga mansabdorlik jinoyatlarining kiritilishi bu jinoyatlarning davlat boshqaruvining imkoniyatlaridan foydalanish, uni o‘z manfaatlariga bo‘ysindirilgan holda tashkil etilishi asosida vujudga keladi. K.Ye.Igoshev esa mansabdorlik jinoyatlarining kelib chiqishining asosiy sabablariga barham berish jinoyat siyosati doirasidan ancha chetga chiqadi, u bunday murakkab jarayonda faqat yordamchi vazifasinigina bajara oladideb xisoblaydi.

Bu borada nafaqat mansabdorlik jinoyatlari alohida turlarining asosiy qonuniyatlarini o‘rganish, balki ularning umumiy jinoyatchilikdagi o‘rnini o‘rganish, boshqarus tiziga nisbatan xususiyatlarini, ularning rivojlanish yo‘llari va yo‘nalishlarini o‘rganish kriminologiya ilmlari orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Bu fanninig yutuqlaridan foydalanish mansabdorlik jinoyatlarining ogohlantirish va oldini olishning samarali usullarini aniqlash imkonini yaratadi, ijtimoiy ta’sir choralarini aniqlashga imkon yaratadi.

Mansabdorlik jinoyatlarini o‘rgangan olimlar bu jinoyatlarni davlat apparatining o‘zidan kelib chiquvchi va uning o‘ziga jiddiy tug‘diruvchi ekanligini aytib, uni atroflicha o‘rganishni, keyingi tarqalishi va ko‘payishini oldini olish choralarini ishlab chiqish kerakligini ta’kidlaydilar.

Lekin bunday fikrlarni ham ko‘p uchratib bo‘lmaydi. Aksariyat hollarda, mansabdorlik jinoyatlari o‘tmishdan qolgan degan fikrlarni qaytarib, uni bartaraf etish mumkin emas degan fikrlarni aytadilar. Bunday ta’kidlashlar aksariyat hollarda kuchli va mustahkam davlat hokimyatini o‘rnatish va bunday davlat hokimiyati qisqa vaqt ichida davlat apparati tizimida tartib o‘rnata oladi, mansabdorlik yoki korruptsiya jinoyatlariga barham beradi, deb uqtiradilar3. Bunday fikr tarafdorlari kuchli va mustahkam davlat hokimyati o‘rnatish ham aynan davlat apparatining aynan shunday shaxslari qo‘lida ekanligini unutadilar. Jinoyat huquqi nazariyasi bunday fikrning noto‘g‘ri ekanligini tarixan asoslab beradi. Mansabdorlik jinoyatlari o‘tmishda ham bo‘lgan, hozir ham mavjud. Avvalgi sobiq sho‘rolar davrida ham mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qattiq kurash olib borilgan. Lekin bunday kurashning o‘zi aynan mansab suiiste’molchiligi kabi jinoyatlarni sodir etish bilan amalga oshirilganligi kurashning ahamiyatini yo‘qqa chiqarib yuborgan. Ayniqsa, “qatog‘on yillari”da mansabdorlik jinoyatlariga qarshi kurash olib borilib, asosan yuqori lavozimli amaldorlarni hoxishiga ko‘ra kimlar jazolnishi kerakligi ular tomonidan hal qilinar edi va ularning o‘zlari nisbatan javobgarlik masalalari haqida hatto fikr yuritish ham mumkin emas edi. Tarixiy rivojlanishning aynan shu bosqichida davlat korruptsion jinoyatchilikka qarshi kurashda umuman kuchsiz, ojiz edi. Agar bu jinoyatchilikning asosiy kelib chiqish shart–sharoitlari o‘rganilmasa, bunday jinoyatchilikka qarshi davlatning kurash olib borishi umuman natija bermaydi.



Muhtaram Yurtboshimiz ushbu muammoga doimo katta ahamiyat berib kelmoqdalar va mamlakatimiz hayotiga tahlika solayotgan turli xavf-xatarlar haqida so‘z yuritib, birinchi galda, amaldorlar orasidagi korruptsiya, poraxo‘rlik, tamagirlik kabi ichidan yemiradigan, yaramas illatlarni yo‘q qilishga alohida e’tibor berish zarurligini bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar.

Poraxo‘rlik xorijiy investitsiyalar oqimi uchun ham kat­ta to‘siqdir. BMTning butun dunyoda o‘tkazgan tadqiqotlari shuni kzfsatadiki, korruptsiya bilan investitsiyalar oqimi o‘rtasida teskari mutanosiblik bor, ya’ni qanchalyus korrup­tsiya baland bo‘lsa, shunchalik investitsiyalar oqimi past bo‘ladi.

Shu o‘rinda, savol tug‘ilishi tabiiyki, mas’ul mansabdor shaxs bilan mansabdor shaxs o‘rtasida qanday farq mavjud.

1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qismida ushbu tushunchalarga aniq va to‘g‘ri ta’rif berilgan desak adashmagan bo‘lamiz.

Mansabdor shaxs deganda, tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy-xo‘jalik vakolatlari berilgan va mas’ul mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs tushuniladi.

Mas’ul mansabdor shaxs tushunchasini esa bir necha turlarga bo‘lamiz:


  1. Hokimiyat vakillari.

  2. Davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash va tayinlash bo‘yicha doimiy yohud vaqtincha tashkiliy boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish bilan bog‘liq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar.

‎3. Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari.

4. Ikkinchi bandda nazarda tutilgan vazifalarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bajarish bilan bog‘liq mansablarni egallovchi shaxslar.

Korruptsiya jinoyati xalqaro xarakterdagi jinoyatlar qatoriga kirganligi uchun ham uni oldini olish maqsadida barcha davlatlar birgalikdagi hukukiy va boshqa turdagi hamkorligi talab etiladi. Qabul qilingan konventsiyalar davlatlar tomonidan implementatsiya qilinishi hamda hayotga tadbiq qilinishi ustidan kuchli nazorat shu jinoyatning oldini olish va bartaraf etishda asosiy shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2003 yil 31 oktyabr kuni 58/4-sonli rezolyutsiya bilan Korruptsiyaga qarshi konventsiya qabul qilindi.

2003 yil 31 oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish konventsiyasiga muvofiq 2008 yil 7 iyulda “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga(Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Shunday qilib, korruptsiya - davlat xizmati tizimidagi hodisa sifatida davlat xizmatchilari yoki ularning vositachilari yordamida mulkiy boylik orttirishga qaratilgan, o‘z mavqeidan qonunga hilof ravishda foydalanish, davlat xizmatchilarini, jismoniy va yuridik shaxslarni sotib olishga qaratilgan harakatlar.



Korruptsiya sabablari va uning oldini olish

Hozirgi vaqtda korruptsiya davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga real tahdid solmoqda. shuning uchun ham, ishonch bilan aytish kerakki, agar ushbu korruptsiya jinoyatiga qarshi rejali va tizimli kurash olib borilmasa, davlatning inqiroziga olib keladi.

Ko‘pchilik huquqshunos olimlar korruptsiyaning kelib chiqish sabablari haqida turlicha fikrlarni bildirishgan.

M.Sh.Usmonovning fikriga ko‘ra, korruptsiyaning oldini olish va yo‘q qilish uchun uning ildizlarini aniqlash lozim va ukorruptsiya­ning asosiy sabablari sifatida quyidagi — 4 ta omilni ko‘rsatadi.

  1. Iqtisodiy ildizlar. Tarixap korruptsiya iqtisodiy hodisadir va tovar-pul munosabatlari bor joyda mavjud bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ijtimoiy va iqgisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqariptsa intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘dgan davlat sharoitida \u rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheqlashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda. yirik

mablag‘larga ega bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar.

  1. Huquqiy sabablar.Korruptsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqtsir. Nomukammal qonun ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.

  2. Institutsional sabablar. Bu sabablar jumlasiga, avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, xukumat faoliyatining yopiqligi, fuqarolik nazoratidan xoliligi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, notransparentligi kiradi.

  3. Ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit.Bunga aholining xuquqiy bilimi va madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi kabi omillar sabab bo‘ladi.

Fikrimizcha, poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun targibot tadbirlari va repressiv choralar kifoya qilmaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda korruptsiyaningiqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «Uzbekistan XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida mamlakatimiz va dunyo xaritasidagi yangi mustaqil davlatlarning barqarorligi va xavfsizligi yo‘liga taxdid solib turgan korruptsiya va jinoyatchilikning ildizlari hamda ularning kelib chiqish sababi, shart-sharoitlarini chuqur tahlil etib, korruptsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurash strategiyasini belgilab berganlar.

Yurtboshimizning goyalari va bevosita tashabbuslari hamda rahbarligida mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, «korruptsiya - jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘gridan-to‘g‘ri tahdid», deb e’tirof etilib, unga qarshi kurash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilgan. Bizning davlatimizda korruptsiyaga qarshi tizimli, muntazam va uzluk- siz kurash olib borilmoqda.

Eng avvalo, mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, xukumatimiz tomonidan iqtisodiy choralar ko‘rildi, ya’ni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalari qatoriga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta’minlash masalalari ko‘tarilib, mazkur vazifalar bugungi kunda muvaffaqiyatli ravishda izchil amalga oshirilmokda.

Muhtaram Yurtboshimiz, Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bu haqda so‘z yuritib: «Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funktsiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shugullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘q», deb ta’kidlagan edi.

Kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish kontseptsiyasi va amaliyoti, mana shu jarayonni xukuqiy, tashkiliy nuqtai nazardan ta’minlash ayni shu maqsadga erishishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi siyosat turli davlat dasturlari va qarorlarining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Masalan, 2004 yildagi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamalakatni isloh qilish va modernizatsiyalash dasturining maqsad va vazifalarida namoyon bo‘ladi. 2008 yil O‘zbekiston BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga qo‘shildi va korruptsiyaga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil qilindi.

2010 yil sentyabrda ishchi guruh Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy reja loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjat korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli siyosiy hujjat bo‘lib, unda maqsadlar, asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilangan va korruptsiyaning oldini olish va qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilikning ishtiroki, ularni o‘qitish masalalalari o‘z aksini topgan.

2010 yil mart oyida Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr” tomonidan aholi o‘rtasida korruptsiya masalalari bo‘yicha maxsus so‘rov o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi siyosatida asosiy e’tiborni

jamoatchilikning xabardorlikni oshirish va korruptsiyaga qarshi kurashda ta’limga, milliy qonunchilikning qoidalarini keng omma e’tiboriga yetkazishga qaratadi.



Mamlakatimizda bu borada, bir tomondan, qonunning mutloq ustunligi va fuqarolarning xuquqlari kafolatli himoya qilinishi va ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa, yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish davlat miqyosida asosiy ustuvor vazifa etib belgilangan. Shuningdek, asosiy e’tibor korrup­tsiyaga qarshi kurashni huquqiy jihatdan ta’minlash masalasiga qaratilgan.

Uzbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklari ostida yangi qonunlar qabul qilish borasida ish olib borildi. Buning natijasida, qator kodekslar, juda ko‘p qonunlar qabul qilindi. Xususan, 1994 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida korrup­tsiya alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishlar; hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish; hokimiyat yoki man- sab soxtakorligi; pora olish; pora berish; xizmatchini pora evaziga og‘dirish; uyushgan jinoyatchilik; shuningdek, jinoiy yo‘l bilai topilgan daromadlarni legallashtirshtsga Jinoyat kodeksining 205-214, 243-moddalarida 20 ga yaqin jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan.

1994 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining JKda BMTning 2003 yilda qabul qilingan xalqaro konventsiyasida nazarda tutilgan korruptsiya jinoyatlari uchun javobgarlik belgilangan edi. Respublikamiz jinoyat qoninida poraxo‘rlikning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori ekanligi e’tiborga olinib, ular uchunog‘ir jazo na­zarda tutildi.

Hozirgi vaqtda jinoiy jazolar liberallashtirilayotgan, sud-huquq islohotlari amalga oshirilayotgan bo‘lsada, poraxo‘rlik uchun belgilangan jazo choralari liberallashtirilgani yo‘q. Bu ham mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi keo kin va izchyl kurash olyb borilayotganidan dalolat beradi.

Korruptsiyagaqarshi kurashborasidaqator institutsional chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligida muhtaram Prezidentimiz» ning farmonlari bilan “Tashqi iqtisodiy faoliyatda kor­ruptsiya, talon-taroj va boshqa suiistemolchiliklarga qarshi kurash boshqarmasi»(1992), «Iqtisodiy jinoyatchilik va kor­ruptsiyaga qarshi kurash Bosh boshqarmasi»(1998 yil) jinoyatchilikning eng xavfli turi hisoblangan korruptsiyaga qarshi kurash olib boruvchi maxsus tuzilmalar tashkil etilgan va ular korruptsiyaga qarpsh izchil kurash olib bormokdalar.

Buvdan tashqari, respublikada ilk bor Hisob palatasi ta’sis qilindi, Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida tashkil etilgan soliq, valyutaga o id jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, bevosita Respublika Bosh prokura­turam, Ichki ishlar vaziri, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, MXX raisi hamda DSQ raisiga bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspektsiyalar hamda boshqa tuzilmalarni keltirish mumkin.

M.Sh.Usmanov ta’kidlashicha, bugungi kunda korruptsiyaning iqtisodiy ildizlarini bartaraf qilish uchun muntazam ravshida iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va davlat boshqaruvini takomillashtirish dasturi hayotga tatbiq etilmokda. Kichik va o‘rta biznes, fermerlarning faoliyatini turli nazorat or­ganlari tomonidan tekshirishni kamaytirish bo‘yicha Prezidentimiz rahbarligi ostida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu choralar muayyan natijalar bermoqda. Ammo hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar ham ko‘p.

Hozirgi globallashuv davrida ichki poraxo‘rlik bilan birga birgalikda xalqaro korruptsiya ham paydo bo‘ldi va rivoj topdi. Yirik transmilliy korporatsiyalar o‘z maqsadlariga erishish uchun nafaqat alohida hukumat amaldorlarini, balki xalqaro tuzilmalar va moliyaviy tash­kilotlar vakillarini ham sotib olmoqtsalar. XX asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan AQShning «Lokxid» aviasozlik firmasining raqobatda yutib chiqish uchun Yaponiya va Yevropa davlatlari mas’ul amaldorlarini poraga sotib olish uchun qilgan harakatlari bilan bog‘liq katta janjal hammaga ma’lum. Bundan tashqari, bugungi kunda uyushgan jinoyatchilik, transmilliy xarakterga ega bo‘lmoqtsa. BMTning ma’- lumotlariga ko‘ra, xalqaro kriminal sindikatlar yiliga umumiy qiymati 2 trillion AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan giyohvand moddalar, qurol-aslahaning gayriqonuniy oborotini, inson trafigi jinoyatini sodir qilishgan. Bularning barchasi, oxir-oqibat korruptsiya bilan bevosita bogliq, chun­ki bu ko‘lamdagi jinoyat faoliyatini, ayrim amaldorlar va huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillarining g‘arazli homiyligisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Demak, korruptsiya nafaqat alohida davlat, balki xalqaro xavfsizlikka ham jiddiy taxdid soluvchi manbadir.

Hozirgi davrda hech bir davlat alohida holda, korruptsiyani batamom yo‘q qila olmaydi. Bu kurash xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Birinchi navbatda, mamlakatlar, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro ta’sir va o‘zaro hamkorlikni keskin kuchaytirishni, o‘z navbatida, poraxo‘rlikka qarshi kurashning yagona huquqiy makoni barpo etilishini taqozo qiladi. Har bir davlat xorijiy hamqorlar bilan yagona huquqiy tilda, ya’ni jahon hamjamiyati tomonidan umum e’tirof etilgan xalqaro hujjatlar asosida hamkorlik qilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro va milliy huquqiy asoslari

Korruptsiya jinoyatining keng tarqalganligi bu jinoyatga qarshi kurash borasida, bu jinoyat haqidagi qonunlarning yanada takomillailirilishini, prokuratura, sud va tergov organlarining bu jinoyatga karshi kurashdagi faoliyatlarini yanada atroflicha olib oorilishi, bu jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash bilan bu jinoyatlarga qarshi kurash samaradorligiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan:


  • “BMTning korruptsiyaga qarshi kurash konventsiyasiga qo‘shilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (2008 yil 07 iyul);

  • O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi;

  • “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (23.08.2011);

  • Sudyalarning ahloq-odob qoidalari (28.02.2013);

  • “Savdo sohasida jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Oliy sud Plenumi qarori (15.03.1996).

Jinoyat huquqi nazariyasida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiite’mol qilish jinoyatining tushunchasini aynan korruptsiya tushunchasi bilan birgalikda talqin qilinadi. Bu jinoyatning zaruriy belgilari aynan korruptsiya belgilari bilan bir xildir.

Korruptsiya natijasida davlat hokimiyati organlari yoki mahalliy o‘zini uzi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishiga, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga jiddiy zarar yetkaziladi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, kolaversa barcha xo‘jaliklar negizi mehanizmining yangilanganligi jarayonida rahbar shaxslarning va barcha mansabdor shaxslarning mas’uliyatlarining yanada oshirilganliini belgilab beradi.

Davlat miqyosida korruptsiya deyarli ko‘p tarqalgan jinoyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy xavfli jinoyat tarkibining ijtimoiy–iqtisodiy va yuridik analizi belgilari umumiy mansabdorlik jinoyatlarining qonunchilik nazariy tahlili mikyosida yoritilishi kerak.

Korruptsiya jinoyatlarining xususiyatlarini bilish uchun bu jinoyatlarning tushunchasi va belgilarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Korruptsiya jinoyatlarining asosiy turlari hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar bobida nazarda tutilgan.

Korruptsiya jinoyati tushunchasining asosiy belgilaridan biri, bu jinoyat davlag apparatinint normal ishlashi va xalq ho‘jaligi negizining faoliyat tartibi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabaglarga qaratilgan bo‘lishi bilan belgilanadi.

Korruptsiya jinoyatlari mansabdorlik jinoyatlari sifatida qaraladi, bu jinoyatlar belgilarining birgalikda ifodalanishi bilan ta’riflanadi. Xuddi shu belgilar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205–moddasi 1–qismi belgilari ta’riflab berilgan. Jumladan, unda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatini qasddan foydalanishi, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar, jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lish deb,– ta’riflanadi. Mansabdordik jinoyatlariga berilgan bu ta’rif o‘ziga xos aniq va atroflicha xususiyatlarga ega. U o‘zida bu jinoyatlarning barcha asosiy belgilarini mujassamlashtiradi. Bu belgilar bilan boshqa o‘xshash xuquqbuzarliklardan farqlash imkoniyatlarini yarata oladi. Bu ta’rif korruptsiya haqidagi qonunlar tajribasini tahlil qilish bu jinoyatlarning nazariy o‘rganib chiqish va sud amaliyoti xulosalarining umumlashtirish natijllari bo‘lib xisoblanadi.

Hozirgi vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan isloh qilinishi natijasida bunday munosabatlar tubdan o‘zgardi. Natijada bu korruptsiyani keng tahlil qilinishi, uni chuqur o‘rganish talab qilinmoqda.

JKning 205 – moddasida "Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa", deyiladi. Bu jinoyatning huquqiy mohiyatini mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanishi oqibatida fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatariga davlag yoki jamoat manfaatlariga ko‘p mikdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi tashkil qiladi.

Mansab suiiste’molchiligi aksariyat hollarda boshqa jinoyatlar bilan birga sodir etiladi va ko‘pincha bunday suiiste’molliklar ushbu jinoyatlarning sodir etish usulini tashkil qiladi. Bunday jinoyatlarga mansabni suiiste’mol qilish orqali o‘zgalar mulkini talon–toroj qilish, poraxo‘rlik, odil sudlovg a qarshi jinoyatlarning ayrim turlari va h .k.lar kiradi.

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilish jinoyati umumiy tarkibli jinoyat hisoblanadi. Umumiy tarkibli jinoyat deganda, shu jinoyatning alohida turlari uchun aloxida javobgarlik belgilangan jinoyatlar tushuniladi. Aksariyat manabdorlik jinoyatlari mansab vakolatini suiiste’mol qilish belgilari orqali sodir etiladi, maxsus tarkib deganda, mansabdan foydalanib sodir qilinadigan boshqa jinoyatlar tushuniladi. Odatda bu turdagi jinoyat qonunlarida mansab suiiste’molligi belgilari nazarda tutilmaydi, lekin shu jinoyatlr mansab suiiste’molligi natijasida sodir egiladi. Masalan, korxona direktori tomonidan jinoiy yo‘l billn qo‘lga kiritilgan mulkni o‘tkazishga yordamlashish, kontrabanda mulklarni bojhxona tekshiruvidan mansabni suiiste’mol qilgan holda o‘tkazib yuborish va h.k.lar. Bunday holllarda odatda jinoyatlar majmui tariqasida javobgarlik masalalari hal etiladi.

Jamiyatdagi iijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, O‘zbekisyup jinoyat qonunchiligining takomillashishi, ayniqsa mansabdorlik va xo‘jalik jinoyalariga qarshi kurash borasidagi qonunlarning takomillashishi bu normalarning o‘zaro aloqadorigi va kvalifikatsiya qilish muammolarini o‘rganishni taqazo etadi. Amaldagi jinoyat konunchiligi harakatning ijtimoiy xavfliligiga, undan kelib chiqadigan oqibatlarga, jinoyatchining xavflilik xususiyatlariga nisbatan to‘g‘ri baxo beradi, ularni ma’muriy huquqbuzarlikdan farqlash imkoniga ega. Buning chegarasini belgilash zarar yetkazilayotgan ijtimoiy munosabatlarning muhimligidan, mansabdor shaxsnig ijgimoiy xavfli qilmishiga ruhiy munosabati bilan, shuningdek boshqa obektiv va sub’ektiv holatlari qarab belgilanadi.

Xokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyat qonunining o‘rni, ahamiyati hamda boshqa ayrim mansabdorliq va xo‘jalik jinoyatlari bilan aloqadorligi masalasida biz quyidagi mulohazalarga keldik. Yuqorida ta’kidlanganidek jinoyat qonunchiligida korruptsiya xaqida uchumiy tushuncha berilmagan. Deyarli barcha korruptsiya jinoyatlarining umumiy belgilari aynan hokimiyag yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyat konunida bayon qilingan. Shuning uchun bu qonunda tuzib berilgan jinoyat tarkibi boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun asos rolini o‘ynaydi.

Shunindek, jinoyat huquqi nazariyasida mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan va davlat apparatining normal faoliyatiga putur yetkazadigan barcha jinoyatlarni birlashtirii takliflari ham bo‘lgan. Bunday fikr B.V.Zdrovomыslov tomonidan ham quvvatlanadi va u bundai birlashtirish, bunday tajovuzlar xususiyatlarini tug‘riroq aniqlash imkoniyatini yaratadi, bobning o‘zini esa yanada salobatliroq bo‘lishiga imkoniyat yaratadi, degan edi. O‘zbekiston Respublikasining yangi JKda bunday birlashgirish amalga oshirildi. Jumladan, Hokimiyat boshkaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar» bo‘limida « Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar» bobi tashkil etildi. Bu bob boshqaruv, idora etish munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha jinoyatlarni birlashtirdi. Lekin korruptsiya jinoyatlarining xususiyatlarini aks ettira oldi, deyish qiyin, albatta. Negaki, pora olish jinoyati (210–m ) bilan harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash (225–m ), xokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyati (205–m ) bilan ma’muriy nazorat qoidalarini buzish jinoyati (226–m )ni tenglashlirib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, yangi jinoyat qonunchiligida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatidan xokimiyat harakatsizligi ajratildi. Bu va shunga o‘hshash jihatlarga jinoyat konunlarini taqsimlash printsipi asosida yondoshildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘rayotgan masalamiz nafaqat nazariy balki, juda katta amaliy ahamiyatga ham ega. Jumladan, bu masalalarni to‘g‘ri hal etishdan sodir etiladigan ijgimoiy xavfli xarakatlarning klassifikatsiyasi hamda ularga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazolarni individuallashgirish masalasi hal etiladi.

Xokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishni turli xil ko‘rinishlarda, nafaqat boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bobidagi qonunlarda, balki boshqa boblardagi qonunlarda ham uchratish mumkin. Masalan, JK 121–modda (Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish); 144–modda (Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarni buzish); 148–modda (Mehnat qilish huquqini buzish); 167–moddaning 2– qismi «g bandi (Mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish); 175–modda (O‘zbekiston Respublikasining manflatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish); 182–modda (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish); 193–modda (Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish); 194–modda (Atrof tabiiy muhitning ifloslanganlij to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish); 195–modda (Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi okibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik); 230–modda (Aybsiz kishini javobgarlikka tortish); 231–modda (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish); 232–modda (Sud qarorini bajarmaslik); 234–modda (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish); 235–modda (Ko‘rsatuv berishga majbur qilish); 236–modda, 2–qism (Mansabdor shaxs tomonidan tergov qilishga yoki sud ishlarini hal eshshga aralashish); 24–bob (Harbiy mansabdorlik jinoyatlari) kabilarni ko‘rishimiz mumkin. Bu jinoyatlarning har birida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish alomatlari mavjud bo‘ladi, aynan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatining turli xil ko‘rinishlarini tashkil etadi.

Jinoyat qonunchiligining «Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bobida»gi korruptsiya jinoyatlari turlari asosan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyat qonuniga xos belgilar asosida tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida korruptsiya to‘g‘risida bir qator normalar o‘z aksini topdi. Jinoyat kodeksi umumiy qismida jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, ishtirokchilarining huquqiy holati, ishtirokchilarning turlari, og‘irlashtiruvchi holatlarga doir normalari o‘z aksini topgan bo‘lsa, Maxsus qismida esa alohida jinoyatlarning ikkinchi va boshqa qismlarida “jinoyatning bir necha shaxslar tomonidan sodir qilinishi” kabi qoidalar orqali og‘irlashtiruvchi holat sifatida bayon qilinadi.

Ayrim jinoyatlar borki, ularni sodir qilishning o‘zi korruptsiya sodir qilinganligini anglatadi. Jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati, terrorizm va boshqalar.



Avvalambor, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeskida alohida modda bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish faoliyati jinoyat sifatida tam olinganligini va uni amalga oshirganlik uchun jazo qo‘llanilishi belgilanganligini e’tirof etish lozim. Xususan, Jinoyat kodeksining 243-moddasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish, ya’ni legallashtirishga quyidagicha ta’rif berilgan:

«Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish, ya’ni jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish, shuningdeq jinoiy faoliyat natijasida olingan mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, tashilish usulini, mulkga nisbatan haqiqiy egalik huquqining yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoki sir saqlash»-tushuniladi. Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga binoan ushbu jinoyat bo‘yicha javobgarlik besh yildan o‘nyilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Xulosa tariqasida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro shartnomalarni o‘z milliy-huquqiy amaliyotga joriy etish davr taqozosi bo‘lib turibdi. Bu borada, albatta milliy davlatchilik, jamiyatning ijtimoiy xususiyatlari kabi omillarni hisobga olgan holda implementatsiya jarayoni amalga oshirilishi lozim. Vaziyat qilingan ishlar bilan qoniqmaslikni talab etmoqda. Korruptsiyaning eng mudhish ko‘rinishlariga qarshi kurash borasida inson huquqlari, davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlash ustivorligini amalda namoyon etish, ushbu tamoyilga qonun hujjatlarini mos holga keltirish lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Asssambleyasining 48-ssesiyasdagi ma’ruzasi.-T.: O‘zbekiston,1993. 5-bet.

  2. Karimov I.A.O‘zbekiston: milliy istiqlol,iqtisod, siyosat, mafkura.Toshkent.:O‘zbekiston,1996. 159-160 betlar.

  3. KarimovI.A. O‘zbekiston XXI bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlk shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O‘zbekiston.1997. 95-bet.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatda kor¬ruptsiya, talon-taroj va boshqa suiistemolchiliklarga qarshi kurash boshqarmasi» to‘g‘risidagi Farmoni. www.lex.uz.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy jinoyatchilik va kor¬ruptsiyaga qarshi kurash Bosh boshqarmasi” to‘g‘risidagi Farmoni. www.lex.uz.

  6. BMTning Xalqaro savdo operatsiyalarida korruptsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi. Sbornik mejdunarodnыx dogovorov i zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan v sfere borbы s korruptsiey. –T.: TSentr povыsheniya kvalifikatsii yuristov, 2013. S.139.

  7. Ismoilov I. Jinoyatchilikda uyushganlik: nazariya va amaliyot muammolari. -T., 2005. B.62-63

  8. Rustamboev M. X. Jinoyat xukuki. Maxsus qism.– T.: O‘qituvchi. 2003.– B.302.



1


2


3Кабанов П.А. Коррупция и взяточничество с России. – М., 1995. –С.76.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling