Mavzu: Korxona foydasining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1463401
Bog'liq
Korxona foydasining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi.pdf1



Mavzu: Korxona foydasining shakllanishi, 
taqsimlanishi va ishlatilishi
Guruh: M-107 
Bajardi: Muhamedov A. 
Tekshirdi: Baymanova M. 
MUSTAQIL ISH 
ANGREN UNIVERSITETI 
Fan: 
Iqtisodiyot nazariyasi


Reja: 

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning 
tarkibi 

Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish 
harajatlarining o‘zgarish tamoyillari 

Korxona foydasi va uning taqsimlanishi 

Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda 
aks ettirilishi 

Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni 
pasaytirish orqal foyda

normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 





Mavzuning dolzarbligi. Mahsulot tannarxi korxona yoki 
ishlab chiqarish birlashmasi moliya-xo‘jalik faoliyatining 
hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. 

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tizimida birlashma va 
korxonalar faoliyatini baholashda foyda asosiy iqtisodiy 
ko‘rsatkich qilib olingan. Ammo bu mahsulot tannarxi 
ko‘rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi, degan gap emas. 
Korxonalarning ishlab chiqarish-moliya rejasini tuzishda 
mahsulot tannarxi iqtisodiy ko‘rsatkichiga alohida ahamiyat 
beriladi.

Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan 
e’tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish 
resurslarini 
to‘g‘ri 
sarflash, 
belgilangan 
sarflash 
normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda 
keng qo‘llash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat 
berilmokda.



Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, 
firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga 
harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini 
ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab 
chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni 
kamaytirishga ham intiladi. 

Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq 
bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish 
sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor 
tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi 
darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish 
va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. 

Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul 
xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari 
ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. 
Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot 
ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.





Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni 
ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, 
reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.

Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy 
mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:

- moddiy xarajatlar;

- asosiy fondlar amortizasiyasi;

- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;

- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;

- boshqa xarajatlar;

Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi 
bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy 
xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:

- xomashyo va materiallar xarajatlari;

- texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va 
energiya;

- xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;

- sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;

- mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;

- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish 
xizmatlari;



- xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi 
yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng 
kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;

- tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;

- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan 
yo’qotishlar;

- tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda 
yuzaga keladigan yo’qotishlar.

Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining 
eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy 
fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.

Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab 
chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab 
chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya 
to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va 
indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy 
ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.

Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan:

- amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida 
to’lanuvchi ish haqi;

- xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;

- ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va boshqa to’lovlar;

- qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-
ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati;



- Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi 
to’lovlar;

- korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan 
bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.

Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy 
fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va 
xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.

Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – 
qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga 
o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan 
miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy 
sug’urtalash; 
rasionalizatorlik 
takliflari 
uchun 
mukofatlar, 
qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, 
mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; 
qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq 
to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq 
to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni 
tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga 
haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun 
haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar.



Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni jonli 
mehnat, xom-ashyo, yonilg‘i va energiya sarflari tovar 
hajmining o‘zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa 
resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o‘zgarishi uchun uzoq 
vaqt talab qilinadi. Masalan, og‘ir sanoat tarmoqlarining 
ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig‘ida 
mahsulot miqdori o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni 
xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib 
chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli 
davrda alohida tahlil qilinadi. 

Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda 
faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi 
mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish 
quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, 
mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda 
bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish 
uchun yetarli bo‘lishi mumkin. 



Korxonalarning 
faoliyatiga 
baho 
berishda 
sotilgan 
mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda 
tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va 
xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari 
yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan 
sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan 
qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda 
deb ham yuritiladi. 

Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul 
daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha 
mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish 
lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda 
foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan 
bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan 
korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot 
olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va 
taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir 
tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha 
mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib 
ketadi.


Xulosa 
Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori 
iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi 
hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol 
respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq 
xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab 
chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga 
va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish 
va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri 
ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni
orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat. 
O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik 
muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining 
(sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil 
etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu 
boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini 
xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik 
tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim. 



Adabiyotlar 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2010 y. 

2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini  

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida. O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 yildagi PQ-1442 sonli Qarori. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 
2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 

Karimov 
I.A. 
Mamlakatimizda 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: 
O‘zbekiston, 2010. 

Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining aossiy mezonidir. –
T.: O‘zbekiston, 2011. 

Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik 
biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003. 

Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: 
Mehnat, 2000.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling