Mavzu: Korxona personalini mehnatga tashkil etishning xususiyatlari Anotatsiya


Download 12.8 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi12.8 Kb.
#1837684
Bog'liq
tezis


Mavzu:Korxona personalini mehnatga tashkil etishning xususiyatlari
Anotatsiya: Korxona personalini mehnatga tashkil etishning xususiyatlari
Kalit so’zlar: korxona,personal,rahbar,korxona personali
Korxona-bu yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.Mahsulotlar tovarlar ishlab chiqarish,xizmatlar ko’rsatish ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi.Iqtisodiy faoliyatning hilma-hil turlari bilan shug’ullanadi.Davlat,munitsipal,jamoa,qo’shma,yakka korxonalar bor
Korxona personali-bu yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarni shartnoma asosida muvofiqlashtirib turadigan jismoniy shaxsdir.Bunday mehnat munosabatlarda xodimlar,koxona egalari yoki korcona mulkiga mulkiga sherik bo’lishi mumkin.Ular bu hilda korxona foydasidan o’z ulushlariga ega bo’libgina qolmasdan,korxonadagi shaxsiy mehnat faoliyati uchun tegishli ish haqi ham oladilar
Rahbar personalni ishga joylashda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi kerak
1)Kasbi
2)Yoshi
3)Ish tajribasi (staj)
4)Ma’lumoti
5)Malakasi
6)Jinsi
7)Qo’shimcha ixtisosliklari
Personalni mehnatga tashkil etish natijasida mehnat munosabatlari yuzaga chiqadi.Mehnatga tashkil etish munosabatlari ikki subyekt-xodim va uning mehnatidan foydalanuvchi ish beruvchining o’zaro hamkorligi nazarda tutadi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) nizomi bilan xalqaro huquqqa “mehnatkash” va “tadbirkor” tushunchasi kiritilgan.Shunga muvofiq,mehnatkash ish haqi hisobiga mehnatini taklif etuvchidir.Tadbirkor esa foydali xo’jalik natijasiga erishish uchun o’z mablag’larini sarflaydigan erkin tashabbuskor shaxsdir.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 14-moddasida mehnat shartnomasin tuzuvchi shaxs 16 yosh deb belgilanib qo’yilgan.Personalni ishga yollash muayyan huquqiy va iqtisodiy mazmunga ega hujjatdir.Personalni ishga yollashda huquqiy yondashuv mehnat bitimi yoki shartnomada namoyon bo’ladi.Ishga yollash huquqiy jihatdan:
1)ish haq to’lash
2)ikki subyekt-xodim va ish beruvchining mavjudligini
3)tomonlarning o’zaro majburiyatini anglatadi
Iqtisodiy yondashuv ishchi kuchi bozorida nomzodni topishdagi
ularning korxona uchun eng maqbullari bilan mehnat shartnomasi imzolashgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Iqtisodchilar nuqtai nazaridan ishga yollash:
1)bozordagi kelishuvi bo‘lib, xodim o‘zining mehnatga layoqatini ish beruvchiga sotadi;
2)xodimning mehnatdagi kuch-g‘ayrati ham, joriy pul to‘lovlari ham keyingi to‘lovlar (xizmat va kasb jihatidan o‘sishi, pensiya va sug‘urta to‘lovlari) bilan qoplanadi.
Personalni mehnatga tashkil etishning bugungi kundagi behisob turlari o‘rtasida muayyan tasnifiy xususiyatlariga ko‘ra quyidagilar eng muhimlari hisoblanadi:
1. Mehnatga tashkil etish muddati:
a) bir umrga;
b) muddatsiz;
v) muddatli yoki shartnoma bo‘yicha;
g) vaqtincha (mehnat shartnomasi bo‘yicha).
2. Mehnatga tashkil etish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar soni:
a) ommaviy ishga yollash;
b) yakkama-yakka ishga yollash.
3. Ishga qabul qilishda sinov:
a) malaka tekshirilib ishga yollash;
b) malaka tekshirilmasdan ishgayollash.
4. Qo‘llanish sohasi:
a) xususiy ishga yollash;
b) mehnat jamoasiga ishga yollash.
5. Ishga yollash manbalari:
a) dastlabki;
b) ikkinchi (muvaqqat bo‘linmalar va ijodiy guruhlarga ishga qabul qilish).
6. Ish haqi to‘lash usullari:
a) ishbay haqto‘lanadigan ishga yollash;
b) vaqtbay (tarif) haq to‘lanadigan ishga yollash;
v) ishbay-progressiv haq to‘lanadigan ishga yollash;
g) vaqtbay-progressiv haqto‘lanadigan ishga yollash;
d) ishbay-mukofotli haq to‘lanadigan ishga yollash;
j) akkord haq to‘lanadigan ishga yollash;
z) maosh (oklad) to‘lanadigan ishga yollash.
Download 12.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling