Mavzu: Korxona yoki tashkilotlarda axborot kommunikatsiya tizimlarida vpn tarmoq qurish


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana19.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1101584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish Fan Tarmoq xavfsizligi. Mavzu Kompy



MAVZU:Korxona yoki tashkilotlarda axborot kommunikatsiya tizimlarida 
VPN tarmoq qurish
.
Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni 
zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‘llari. Konsepsiyada ifodalangan 
maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechish yo‘llari asosida axborot 
xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab chiqishni 
uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ishlab 
chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. 
Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob`ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy 
harakatlar tahlil qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash 
kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim 
hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan 
harakatlarining ehtimolligini tahlil qilish lozim.
Uchinchi bosqichning bosh masalasi – vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy sharoitni, 
ishlab chiqarish jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlil 
qilishdan iborat. 


Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining 
strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy 
maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy 
strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. Ikkita asosiy yo‘nalishni 
ajratish mumkin: 
• Himoya vositalarining tahlili;
• Hujum bo‘lganini aniqlash. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. 
Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko‘rilayotgan masala maqsadi va unga 
yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo‘lib, tarmoq 
fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni 
aniqlaydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling