Mavzu: Korxonada mexnat unumdorligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni


-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi, ming birlik17


Download 255.33 Kb.
bet7/10
Sana11.03.2023
Hajmi255.33 Kb.
#1258795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni

4-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi, ming birlik17
O‘tgan yilga nisbatan savdo faoliyatida yuqori o‘sish sur’atlari 42,6 % kuzatildi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 30,2 mingtaga ko‘paydi va 101,1 mingtaga yetdi.
Shuningdek, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar faoliyatida ham o‘sish kuzatildi – 29,4 %. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tash-kilotlar soni 5,8 mingtaga ko‘paydi va 25,6 mingtani tashkil etdi.
2018 yilning shu davriga nisbatan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning o‘sishi 3,1 baravar oshdi yoki 36,3 mingtaga yetdi.

5-rasm. 2018 yilga nisbatan yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari sonining o‘sishi, ming birlik18
Savdo faoliyatida ularning soni 24,6 mingtaga ko‘paydi. Bundan tashqari, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarda o‘sish kuzatildi. Ularning soni 3,3 mingtaga ko‘paydi. Shuningdek, kuzatilayotgan davrda tashish va saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining 0,9 mingtaga ko‘payishi qayd etildi.
Investitsiya faoliyati – mamlakatning iqtisodiy o‘sishining muhim elementidir. O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhiti uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng qamrovli huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi amal qilmoqda va takomillashtirilmoqda, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi umumiy investitsiya hajmining 27,2 % ni tashkil etdi va 51 736,6 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.
Xizmatlar sohasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmida tashish va saqlash (21,9 %), savdo (11,4 %), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (9,7 %), ta’lim (9,4 %), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (8,5 %), shuningdek, axborot va aloqa (6,3 %) ulushi ustunlik qiladi.


Download 255.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling