Mavzu: Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish


Download 248.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi248.86 Kb.
#1634885
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tursunov Egamberdi.IK-S-322



 
O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahridagi Samarqand 
iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar 
bo‘yicha) fakulteti
 
Mavzu: Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish 
 
 
 
Fan nomi: Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar va tizimlar 
Guruh:IK-S-322 
Bajardi: Tursunov Egamberdi 
Tekshirdi:J.Umirov 
 
 
 
Mustaqil ish 


Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish 
 
 
Reja
1. Kirish 
2. Elektron tijorat nima? 
3. Elektron to‘lov texnologiyasi 
4. Yurtimizda elektron tijorat 
5. Xulosa 
6. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 


Kirish 
 
O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllantirilishi va kelgusida uni izchil 
rivojlantirilishiga yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi 
elektron biznesning zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda 
qo‘llamasdan erishib bo‘lmaydi. Bugungi kunda elektron biznes 
tizimi infratuzilmasi, zamonaviy modellari, tashkiliy-iqtisodiy 
qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish bilan 
bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy masalalar hali o‘z 
yechimini topmagan. Qabul qilingan qonunchilik bazasi hamda 
O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy xususiyatlarini hisobga 
olgan, samarali amal qiladigan elektron biznesni qurishning nazariy 
va uslubiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan Internet-kompaniyani hamda 
uning tarkibida elektron magazinlarni tashkil qilishning, shuningdek
ularning qiymatini baholashning eng samarali varianti mavjud emas. 
O‘quv adabiyotlarida yetarli darajada bayon qilinmagan elektron 
biznesni tashkil qilish, joriy etish, amal qilishi, faoliyat natijalarini 
baholashning iqtisodiy samaradorligini asoslash bilan bog‘langan 
nazariy va uslubiy muammolarni, shuningdek, ko‘p maqsadli 
modellar hamda matematik usullarni qo‘llash asosida biznes 
qiymatini baholash masalalari mazkur nashrda yoritilgan. Darslikda 
boy raqamli va ko‘rgazmali materiallar taqdim etilgan. Ko‘p maqsadli 
yondashuv g‘oyasini amalga oshiradigan, elektron biznes tizimi 
masalalarini yechishning tavsiya etilgan barcha maqbullashtiruvchi 
matematik usullariga batafsil hisob-kitoblar ilova qilingan, matndagi 
ishoralar mustaqil bo‘lib, yagona iqtisodiy axborot maydonini tashkil 


qiladi. Ommaviy axborotni an’anaviy vositalaridan farqli o‘laroq, 
Internet quyidagi muhim afzalliklarga ega: interfaollik, muallif va 
kitobxon o‘rtasida teskari aloqaning mavjudligi, foydalanuvchiga 
shaxsiy yondashuv qo‘llash imkoniyati, axborot taqdim etishning 
yuqori tezligi. Narxi esa muxbirning olisligiga ham, uzatilayotgan 
xabarning hajmiga ham bog‘liq emas (odatda, faqatgina Internetga 
kirish uchun haq to‘lanadi). 

Download 248.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling