Reja: - Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralarining tarkibi va turlari
- Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralari hisobining vazifalari
- Byudjet tashkilotida tovar moddiy zaxiralarining kirimi va hisobdan chiqarilishi hisobi
Tovar -moddiy zaxiralar keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar kiradi, jumladan: qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va yem-hashak, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari va boshqalar. Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar quyidagi inventar va xo‘jalik njomlari tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga kiritiladi: Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar quyidagi inventar va xo‘jalik njomlari tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga kiritiladi: - maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar)
- maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal
- ko‘rpa-to‘shaklar
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazo)
- oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar
- ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo‘lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar
- foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar
- ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, anjomlar, matraplar va hokazo)
Do'stlaringiz bilan baham: |