Mavzu: Korxonalarda asosiy vositalar eskirishini hisoblash Xoliqberdiyev Hasan
Download 1.22 Mb.
|
iqtisodiy tahlil .Xoliqberdiyev
MAVZU:Korxonalarda asosiy vositalar eskirishini hisoblashXoliqberdiyev HasanAsosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida va tabiat kuchlari ta’sirida sekin-asta eskirib boradi. O`zining qiymatini ishlab chiqarilayottan mahsulot yoki bajarilayotgan ish qiymatiga sekin-asta o`tkazadi. Ular ikki xil-jismoniy va ma’naviy eskiradi.Oboektning foydalanish jarayonidagi eskirishi jismoniy eskirish deb yuritiladi. Yuqori mehnat unumdorligini taominlaydigan, tuzilishi jixagidan mukammal bo`lgan yangi oboektlarning ishlab chiqarilishi avval foydalanishda bo`lgan eski oboektlarni ularni jismoniy jixatdan to`la eskirgunga qadar ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi. Bu ma’naviy eskirish deb yuritiladi.Mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga o`tkazib boriladigan asosiy vositalar eskirgan qismining qiymati amortizatsiya yoki amortizatsiya ajratmasi deb ataladi, Amortizatsiya summasi obyektning dastlabki qiymatini qayti tiklash va kapital tamir bilan bog`liq, harajatlarni qoplashi lozim.Amortizatsiya, avvalo, oddiy takror ishlab chiqarishni, ya’ni asosiy vositalarning dastlabki qiymati to`la tiklanishini ta’minlaydi. U ma’lum darajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish manbai bo`ladi. Chunki eskirgan uskunalar o`rniga yangi, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydiganlari sotib olinadi. Bu o`z navbatida mehnat unumdorligining oshishiga, tannarx va umuman kapital harajatlarning kamayishiga olib keladi. Amortizatsiya summasi avval belgilangan me’yor asosida aniqlanadi.Asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0211 «Yerni obodonlashtirishning eskirishi»; 0212 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirish»; 0220 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 0230 «Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»; 0240 «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»; 0250 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 0260 «Transport vositalarining eskirishi»; 0270 «Ishchi hayvonlarning eskirishi»; 0280 «Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi»; 0290 «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi: - tugatish; - sotish; - beg‘araz berish; - kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi; - qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling