Mavzu: korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi


Korxona mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va aniqlanish tartibi


Download 191.78 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2023
Hajmi191.78 Kb.
#1309394
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot t

3. Korxona mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va aniqlanish tartibi.

Bozor munosabatlari sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko‘rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo‘jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir.


Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
;

Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi;


SX – qilingan xarajatlarning summasi;
SYM yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori.
Mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To‘liq tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi.
Korxona mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi ham aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi tomonidan yil boshida tuziladigan «Biznes reja»da aks ettiriladi. Korxona mahsulotlarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad –ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me’yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini yaratib beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini va tannarxini o‘rganish boshqaruv hisobining muhim bo‘limlaridan biridir. Korxonada moliyaviy va boshqaruv hisobining yaxshi yuritilishi xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va shu orqali ularning sarflanishini nazoratga olish imkonini yaratib beradi.
Xarajatlarni kalkulyatsiyalash - qilingan xarajatlarni aniq xarajat obyektlariga taqsimlash jarayonidir. Xarajatlarni kalkulyatsiyalash orqali mahsulot tannarxi tarkibida har bir xarajat elementining salmog‘ini aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish imkoni yaratiladi.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2008-2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining uchinchi yo‘nalishi – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishdir. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullangani va shu asosida ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.

Download 191.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling