Mavzu: Korxonalarning innovasion jarayonlari va ularni baholash. Reja


Download 48.35 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2023
Hajmi48.35 Kb.
#1079239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash. Mustaqil ish

4.Innovatsion loyihalarni baholash.
Innovatsion Menejment va har qanday tuzilmona faoliyat yuritishi bo’yicha mehyoriy – uslubiy hujjatlarning yuqori sifatini ta’minlash innovatsion loyihaning yuqori sifatiga, ekspert guruhi ishining tashkiliyligi va natijaviyligiga erishishning muhim sharti bo’ladi.
Hujjatlarni quyidagi asosiy ahlomatlar bo’yicha tasniflash mumkin:

  1. mehyoriy – uslubiy ta’minlash ierarxiyasining darajasi xalqaro hamjamiyat, mamlakat, mintaqa, shahar, qishloq, firmadir.

  2. hujjatning huquqiy statusi – ijro qilinishi majburiylar (qonunlar, standartlar, farmonlar, qarorlar, qoidalar, dasturlar, rejalar, rasmiy buyruqlar) va tavsiyaviylar (qo’llanmalar, uslubiyotlar, yqriqnomalar va h.k.);

v) hujjatning mazmuni – texnik (investitsion loyihalar, konstruktorlik – texnologik hujjatlar, uslubiyotlar va h.k), iqtisodiy (texnik-iqtisodiy asoslash, moliyaviy, buxgalteriya, soliq hujjatlari, biznes-rejalar va h.k), tashkiliy (tashkiliy loyihalar, tashkiliy tuzilma ustavi, bayonnomalar, yo’riqnomalar va h.k).
Firma hujjatlarining majburiy atributlari (alomatlari) – hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, ushbu maqsad (vazifa, xizmat Menejment tizimining tizimchalari)ning o’rni, maqsad (vazifani hal qilishda rioya qilinishi zarur bo’lgan ilmiy yondashishlar va tamoyillarga ishoralar) axborotning iste’molchilari, ulardan foydalanish mehyorlari va qoidalari, ijrochilarning ehtimol bo’lgan doirasi, ishning sifati, resurslarni tejash, mudddatlarga nisbatan talablar, jazolar, axborot manbalari. Uslubiy hujjatlarda bu ma’lumotlardan tashqari aniq uslublar berilishi kerak.
Hujjatlarni sifatning quyidagi mezonlari bo’yicha baholash taklif qilinadi:
Hujjatning majmuaviyligi, ya’ni unda texnik, ekologik, ergonomik, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar ularning o’zaro bog’liqligi hujjatni maqsadga qaratilganida ko’rib chiqish;
Hujjat (ob’ekt) ni ekologik, xavfsizlik, o’zaro almashtira olinishi, patentli sofligi, huquqiy himoyasi va boshqa masalalar bo’yicha xalqaro talablarga mos kelishi darajasi;
Jahon yutuqlaridan foydalanilganlik darajasi va hujjatni jahon standartlari bilan uyg’unlashuvi integratsiyalashishi;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan ilmiy yondashishlar (tizimli, marketingli, qayta ishlab chiqaruvchi, vazifaviylar)ning soni;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan zamonaviy usullar (vazifaviy – qiymatiy tahlil, modellashtirish, bashoratlash, muvofiqlashtirish va boshqalar)ning soni. Agar bu usullarni ob’ektini ishlab chiqishda qo’llash tavsiya etilsa, unda bu talab hujjatda aniq qayd etilishi kerak;
Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligi; Hujjatni takrorlanishi, uning istiqbolligi, qo’llash ko’lami;
Hujjatni ilmiy doiralar, boshqaruvning davlat va mintaqaviy idoralari va amaliyotda mahqullanganligi; Hujjatni ishlab chiquvchi tashkilotlarning obro’si va uni ishlab chiqaruvchilarning malakasi;
Hujjatni muvofiqlashtirgan va tasdiqlagan idoralar;
Hujjatni rasmiylashtirishda standartlarga rioya qilinishining darajasi, tushunchalarning bir mahnoligi, bayon qilishni aniqligi, ishonchliligi, ko’rgazmalilik.
Sifatning sanab o’tilgan mezonlari (talablari)ga javob beruvchi hujjatlar ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladilar. Hujjatning sifati tovarlar, firmalar, mamlakatlarning raqobatbardoshligi ta’minlashning asosiy sharti bo’ladi.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasini o’tkazish metodikasi boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash, ishlab chiqishning usullari va yo’llariga asoslanadi. Quyidagilar ekspertizaning eng keng tarqalgan usullari bo’ladilar.
Innovatsion loyihaga kiritilgan va ekspert (sertifikatsion) sinovlar natijasida olingan ko’rsatkichlarni ob’ektni qo’llashning ekologikligi, ergonomikligi, xavfsizligi bo’yicha xalqaro va milliy talablar, uning birga bo’la olishligi, o’zaro almasha olishligining ekspertizasi, ushbu sohadagi jahon yutuqlarining boshqa parametrlari bilan solishtirish usullari;
ekspertli;
indeksli balansli
grafik (jadvalli) va boshqa usullar va yo’llar.
Bu usullar muqobil emaslar, ular bir birlarini to’ldiradilar.
Bitta tarkibiy qism (bo’lim, muammo) uchun bitta usul qo’llaniladi, boshqasi uchun boshqa. Har qanday usulni qo’llashda innovatsion Menejmentning ilmiy yondashishlari va usullarini qo’llamasdan bo’lmaydi. Quyida S.D. Ilg’enkova rahbarligi ostidagi jamoa tomonidan yozilgan “Innovatsion Menejment” darsligida bayon qilingan loyihalarni ekspertiza qilish metodikasi bayon qilinadi.
Federal ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan tanlov asosida olingan dasturlar ijrochilari bilan davlat shartnomalari tuziladi.
Ekspert bahosi ekspert anketasi savollariga javoblar ko’rinishida shakllantiriladi va ekspert yakuniy xulosasining quyidagi variantlarini ko’zda tutadi:
5– loyiha shubhasiz qo’llab quvvatlashga loyiq; 4 - loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq;
3 – qo’llab – quvvatlanishi mumkin;
2 – loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq emas;
loyiha ekspert kengashi tomonidan ko’rib chiqishga loyiq emas.
Ekspert bahosida ob’ektiv ekspertizani qiyinlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. Bu “manfaatlarning janjali” bilan bog’liq bo’lishi mumkin: Ekspertning ilmiy manfaatlari va loyiha mazmuni mos kelmaydi; ekspert loyihasining rahbari va ijrochilari bilan, ilmiy rahbariyat loyiha rahbari yoki ijrochilari bilan ilmiy rahbariyat rahbar (loyiha asosiy ijrochilaridan biri bilan sheriklik, moliyaviy), qarindoshlik munosabatida turgan yoki turadi.
Ekspert bahosi loyihaning ilmiy mazmuni va muallif (yoki mualliflar jamoasi) ilmiy salohiyatining tahlil asosida beriladi. Loyiha ilmiy mazmunining tahlilida quyidagilar hisobga olinadi:
Loyiha g’oyasini bayon qilinishining aniqligi (aniq, noaniq); Tadqiqot maqsadlari va usullarining aniqligi (aniq, noaniq);

Loyihaning sifat tahriflari (loyiha quyidagilarga ega: fundamental xarakter; fanlararo yoki tizimli xarakter; amaliy xarakter);


Ilmiy boshlanish (quyidagilar mavjud: loyihada shakllangan muammoni hal qilishda katta ilmiy va metodologik boshlanish; berilgan mavzu bo’yicha nashrlar; muammoni hal qilishning ilmiy – uslubiy ishlab chiqilishi yo’q);
Muommalani qo’yilishining yangiligi (tadqiqot muammosi muallif tomonidan birinchi marta shakllantirilgan va ilmiy asoslangan; muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilingan; loyihada shakllantirilgan tadqiqot muammosi fanga ma’lum va muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilinmagan).



Download 48.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling