Mavzu: Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash Reja: Kirish. Korxonalarda
Download 50.65 Kb.
|
12 Mavzu Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash
1.Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga uning xalkaro mehnat taqsimotidagi o’rni, uning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslari shakllanishi sharoitlari ta’sir ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda tabiiy resurslarning yetarliligi ko’rsatkichlari resurs tejovchi tendentsiyalarning rivojlanishini taqozo etmoqda. Mehnat resurslaridan foydalanishda ularning arzon yoki qimmatliligi emas, balki birinchi navbatda, ishlab chiqarish xodimlarining bilimlari, malakasi, innovatsiyaviy salohiyatning mavjudligi afzallikka ega bo’lmoqda. Innovatsiyaviy mexanizm o’sishning eng muhim qo’shimcha omili sifatida qo’llanilishi lozim. Tashki savdoga nisbiy afzallikka ega potentsial tovarlar va xizmatlarni jalb qilibgina qolmaslik kerak. Birlamchi xom ashyoni qayta ishlash texnologik zanjiriga asoslangan qo’shimcha kiymatli mahsulotlarni yaratibgina qolmasligi kerak. Milliy iqtisodiyotni sezilarni darajada mustaxkamlashga va uning eksport saloxiyatini oshirishga kodir innovatsiyaviy jarayonlarni va innovatsiyaviy mahsulotlarni yaratish lozim. Innovatsiya iborasi inglizcha «innovation» so’zidan olinib, yangi ilmiy –texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo’llanilish jarayonini bildiradi. Innovatsiyalar o’zida tom ma’noda yangilik ma’nosini berib, u mikromiqyosdan to makromiqyosgacha amal kiladi, ya’ni unda korxona ishlab chiqarish mexanizmiga nisbatan uning smaradorligini oshirish maqsadida ma’lum bir o’zgarishlar kiritish yoki mamlakatning iqtisodiy siyosatida yangi yunalishlarni joriy qilinishi tushuniladi. Innovatsiyaning turli tahriflari tahlilidan kelib chiqib, Avstriyalik olim Y. SHumpeter uning 5 ta aloxida tavsiflarini ajratib berdi: Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yangi bozorlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash; Yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish; Yangi xom ashe turlaridan foydalanish; ishlab chiqarishni tashkil etish va uning moddiy –texnik bazasini ta’minlashdagi ijobiy o’zgarishlar; -yangi sotish bozorlarini yuzaga keltirish. Innovatsiyalarning asosiy turlari : masulotlar innovatsiyasi; texnika – texnologiya innovatsiyasi; tashkiliy boshqaruv innovatsiyasi. Mahsulotlar innovatsiyasi – eng keng tarqalgan bo’lib, juda ko’p korxonalarda mavjud. Bunda bir korxonadan boshqa korxonaga utish xarakteri farklanadi. Ayrimlar uchun anhanaviy profilga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun iste’mol talablarini inobatga olgan xolda anhanaviy mahsulotning iste’mol sifatini oshirishdir. Texnika – texnologiya innovatsiyasi – bu innovatsiyaning yetakchi motivi bo’lib, bozor talabini kondiruvchi yangi mxsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Tashkiliy – boshqaruv innovatsiyasi – ko’prok firmaning barcha darajalarida, bo’limlar, bulinma va xizmatlarda ishni qayta tashkil etish orkali tavsiflanadi. Innovatsion jarayon - bu tashkilotda yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatish bilan bog’liq faoliyatdir. Innovatsion jarayonlar asosan uy xo’jaliklari, firma, kompaniyalar, korporatsiyalar miqyosida ruy berib vujudga keladi, asta-sekin to’liq xo’jalik tizimiga, makroiqtisodiyot tarmoqlariga singib boradi. Innovatsion jarayonlar maqsadini quyidagilarda ko’rish mumkin: -masalaning yangi texnik yechimini topishni ixtiro qilish; ilmiy –tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini tashkil etish; yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish; mahsulotga bo’lgan talabni aniqlash; mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish; yangi mahsulotni bozorga olib kirish; mahsulotni raqobatbardoshligini, sifatini oshirish yo’li bilan yangi bozorga o’rnashib olish. Innovatsion jarayon sub’ektlarini quyidagilarga bo’lish mumkin: Novatorlar – ilmiy – tenik bilimlar generatori hisoblanadi. Bular katoriga kka tartibdagi ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari kirishi mumkin. Ular ixtirolardan foydalanishda keladigan daromadlarning bir qismini olishga muvaffaq bo’ladilar. Dastlabki retsipientlar – yangilikni birinchi bo’lib o’zlashtirgan tadbikorlar hisoblanadi. Ular yangiliklarni bozorga tezlik bilan chiqarish yo’li bilan qo’shimcha daromad olishga intiladilar. Ular «kashshof» nomini olganlar. Dastlabki ko’pchilik – kiritiladigan yangiliklarni ishlab chiqarishga birinchilaran bo’lib joriy etgan firmlar sifatida namoyon bo’ladi. Bu ularga qo’shimcha daromad ta’minlaydi. Orqada qoluvchilar – kiritiladigan yangiliklardan kechga qolib, ma’naviy eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib keluvchi vaziyat bilan yuzma – yuz to’qnashuvchilar sifatida namoyon bo’ladilar. Novatorlardan tashqari boshqa barcha guruxlar imitatorlar hisoblanadi. Innovatsion jarayonni 3 ta mantiqiy shakli farqlanadi: Oddiy ichki tashkiliy (tabiiy) Oddiy tashkiliy oraliq (tovar) Kengaytirilgan Oddiy ichki tashkiliy innovatsion jarayon – bu yangilikni bir korxonada kiritilishi va foydalanishidir. Bu xolda yangilik tovar xarakteriga ega bo’lmaydi.Oddiy tashkiliy oraliq innovatsion jarayonda yangilik oldi – sotdi predmeti hisoblanadi. Bu innovatsion jarayon shakli yangilikni yaratuvchi bilan ishlab chiqaruvchining funktsiyasini uning iste’molchi funktsiyasidan farqini ko’rsatadi.Kengaytirilgan innovatsion jarayon – bu yangilanish, yangi ishlab chiqaruvchilar kurinishida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining monopol xarakteri bo’ziladi, tomonlar orasidagi bog’liqlik raqobat orkali ishlab chiqarilayotgan tovarlarni iste’mol xususiyati takomillashtirib boradi. Tovar innovatsion jarayoni sharoitida eng kamida ikkita xo’jalik sub’ekti xarakat kiladi - ishlab chiqaruvchi va iste’molchi. Agar yangilik – texnologik jarayon bo’lsa, u yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bitta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lishi mumkin. Innovatsion jarayonning yettita tarkibiy elementlari mavjud bo’lib, ularning birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil kiladi. bu elementlar quyidagilar: innovatsiya tashabbusi innovatsiya marketingi innovatsiyani ishlab chiqish innovatsiyani amalga oshirilishi innovatsiyani joriy qilish innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash innovatsiya diffuziyasi (tarqalishi). Innovatsion jarayonning boshlanishi bo’lib tashabbus hisoblanadi. Download 50.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling