Mavzu: korxonaning iqtisodiy havfsizligi
Download 29,86 Kb.
|
Korxonaning iqtisodiy havfsizligi va tijorat sirlari korxona xav
ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining kadrlarni joylashtirish, mehnat jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyat- larning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini aniqlash, janjallar- ning oldini olish, xodimlarga yo'riqnoma berish, ularda belgilangan xavfsizlik me'yorlariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg'usini shakllantirishdagi ishtirok etish;
tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta'minlash j aray on ini boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yara- tish, qo'llab-quvvatlashvao'z vaqtida qayta tashkil etishga boshqa- ruv ta'sirini ko'rsatish, faoliyatning alohida yo'nalishlari bo'yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo'g'inlar o'rtasida Belgilangan dasturiy maqsadlarga erishish uchun o'zaro aloqalar va muvofiqlashtirishni tashkil etish yordamida amalga oshirish;
Yuqorida keltirilgan funksiyalar korxona xavfsizlik xizmatining zarur tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga imkon beradi. (8.2-chiz- ma). Korxona xavfsizlik xizmati Nizomida uning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, nazorat-taftish faoliyati belgilab beriladi. Xavfsizlik xizmati o'z faoliyatini korxona xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash va qo'llab-quvvatlash asosida olib borib, Quyidagilarni qamrab oladi:
Korxona "tijorat sirlari" toifasining qonunchilikda belgilab berilgan tavsifnomasiga ko'ra, ishlab chiqarish, texnologik maiumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bogiiq bo'lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan maMumotlardir.
Mavjud nuqtai nazarlarga ko'ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o'z ichiga quyidagi ma'lumotlarni qamrab oladi:
Ko'pincha "tijorat sirlari" tushunchasidan tashqari korxonaning "ishlab chiqarish sirlari" tushunchasi ham qo'llaniladi. U ishlab chiqarish usullari, texnologiyalar, texnik kashfiyotlar, tadqiqot ish- lari, mehnatni tashkil qilish, aloqatarmog'i va shu kabilar haqidagi ma'lumotlarni qamrab oladi. Bugungi bozor munosabatlari, ayniqsa raqobatchilik muhiti, sharoitlarida korxona tijorat va ishlab chiqarish sirlarining osh- kor qilinishi uning ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatishi, ishlab chiqa- rilayotgan mahsulotlar iste'molchilarini yo'qotishga olib kelishi mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, tijorat sirlariga mansub ma'lumotlarning to'rtdan bir qismi yo'qotilishi ham raqiblar uchun katta imkoniyat yaratadi hamda bir necha oy ichida ma'lumotlar chetga chiqib ketishiga yo'l qo'ygan firmalarning yarmi bankrotga uchrashiga olib keladi. Shu sabali hozirgi paytda tijorat sirlarining huquqiv maqomi va toifasini aniq belgilash, ularni oshkor qilish uchun javobgarlik mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Quyidagi 8.3-chizmada korxona tijorat sirlarini muho- faza qilishning asosiy unsurlari keltirilgan. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo'lganda, shuningdek ma'lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo'lgandagina to'liq kuch bilan ishlaydi. Bundan tashqari, Quyidagilarni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi:
Yuqorida sanab o'tilgan bare ha vazifalami samarali baja- rish boshqaruv apparatida tijorat sirlarini muhofaza qilish bilan shug'ullanuvchi maxsus xizmatlarni yaratishni ko'zda tutadi. Xorij mamlakatlarida mazkur faoliyat bilan firmalarning maxsus bo'linmalari shug'ullanadi. Ular raqobatchilar to'g'risidagi maiumotlarni izlash va to'plash bilan ham shug'ullanadi. Shu bilan bir vaqtning o'zida ular savdo hamkorlarining tijorat sirlarini birgalikda himoya qilish imkoniyatini ham rad qilmaydilar. Ma- salan, ba'zi firmalar faoliyatida tadbirkorlik aloqalari davom- ida hamkorlarga berilgan ma'lumotlarni birgalikda himoya qilish bo'yicha maxsus shartnomalar tuzish tartibi ko'zda tutilgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning (masalan, AQShning) davlat organlarida maxsus vositachilik xizmatlari mavjud bo'lib, 11 mijozlarni qiziqtirayotgan korxona va tashkilotlar haqidagi maiumotlar bilan ta'minlaydi. Mamlakatimizda korxonalar dav- latga soliqqa tortish va iqtisodiy ma'lumotlarni yig'ish va ular bilan ishlash tizimi uchun zarur bo'lgan .3-chizma. Korxona tijorat sirini muhofaza tizimi.ma'lumotlarni taqdim etishi qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Shuningdek, korxonalar o'z faoliyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, jumladan, yillik balansini nashr qiladilar. Shu bilan bir paytda korxonalar tijorat sirlariga oid ma'lumotlarni bermaslik huquqiga ega. Tijorat sirlari davlat boshqaruv va nazorat idoralari xodimlari orqali chetga chiqib ke- tishining oldini olish maqsadida korxona rahbari ularning vako- latlarini bilishi hamda ular talab qilgan istalgan ma'lumotni emas, balki faqat xizmat vakolatiga oid ma'lumotlarni taqdim etishi zarur. Birinchi o'rinda bu statistika xizmati, monopoliyaga qarshi kurash qo'mitasi, militsiya, moliya, soliq, sanitariya, yong'inga qarshi kurash va boshqa xizmat vakillariga tegishli. Korxona rahbari shuningdek, davlat idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-hara- katlari ustidan arz qilish tartibi, ular tufayli korxonaga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash mexanizmini bilishga va unga amal qilishga taaluqlidir. Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari o'zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma'lumotlar chetga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va real yo'qotishlarni to'g'ri va aniq (qiymat shaklida) baholashni o'rganib olishlari zarur. Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi yo'qotishlari umumiy ko'rinishda quyidagalarga olib keladi:
Barcha yo'qotishlarning umumiy miqori qiymatini aniq hisob- lash juda murakkab va ko'p mehnat talab qiluvchi jarayon boiib, ba'zida ishonchli ma'lumotlar yo'qligi sababli ularni hisoblashning imkoni ham boimaydi. Shu sababli ko'p hollarda korxonalaming ma'lumotlarni himoya qilishga rioya etmaslik bilan bog'liq bo'lgan yo'qotishlarini ekspert baholash kifoya qiladi. Yuqorida keltirilgan yo'qotishlarning o'rnini qoplash ko'pincha korxonalardan qo'shimcha xarajatlarni talab qilib. ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatchilik kurashida erishish mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlar imkoniyatini pasaytiradi. Xuddi shuning uchun ham hozirgi paytda tijorat sirlarini muhofaza qilishga katta e'tibor qara- tilmoqda. Mamlakatimizda ochiq demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu ham- ma narsa "ochiq" bo'ladi degani emas. Bozor munosabatlari sharo- itida erkin raqobat mavjud ekan, tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqarrar. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Shu bois ham korxona rahbarligidan qator tadbirlarni amalga oshirish taqozo etiladi. http://fayllar.org Xulosa Xulosa qilsak korxonaning iqtisodiy havfsizligini cheklanmagan talablarni qondirish mumkin bo‘lmaganligidan har bir kishi, firma yoki davlat orasidagi eng zarurlarini tanlab olishlari kerak. Bunda ularning har biri ko‘proq narsa olish va iqtisod qilib qolishga intiladi. Buni nazarda tutgan holda biz iqtisodiyotni jamiyatning omillar cheklangan holatda ehtiyojlarini qondirish uchun tanlovini ta’riflovchi va tahlil qiluvchi ijtimoiy fan sifatida belgi- lashimiz mumkin. Shuning uchun iqtisodiyotning bosh muammosi shundaki, iqtisodiy omillar, odamlarning talablaridan farqli o‘laroq, cheklangandir. Iqtisodiy nazariya va amaliyotning asosiy muam- mosi tanlov muammosi sifatida ham taqdim etilishi mumkin. Darhaqiqat, agar turli xil talablarni qondirish uchun ishlatiladi- gan har bir omil cheklangan ekan, unda doimo undan foy- dalanishning muqobilligi va ishlab chiqarish omillarining eng yaqin qo‘shiluvini izlash muammosi ham mavjud bo‘ladi, ya’ni tanlov muammosi mavjud bo‘ladi. Javoblari xo‘jalik tizimining ko‘piga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotning uch asosiy savolining (masalasining) qo‘yilishi ushbu muammoning aks ettirilishidir. O‘z xo‘jalik faoliyatini tashkil qilar ekan insoniyat doimo nima ishlab chiqarish kerak? Qanday qilib ishlab chiqarish kerak? Ishlab chiqarilganlarni qay tarzda taqsimlash kerak? Omillarni qachon ishlatish kerak degan muhim (bosh) iqtisodiy savollarga javob axtarishga majbur. Aynan shu savollarga eng oqilona javoblarni izlashdagi mahorat darajasi pirovard natijada mam- lakatning boyligini va fuqarolarining farovonligini belgilaydi. Download 29,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling