Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili


Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari


Download 42.6 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1390938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili reja

Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Barcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kabi fermer xo'jaligi ham turli xil korxonalar, tashkilot va muassasalar bilan iqtisodiy aloqa bo'ladi, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar va, shu jumladan, tayyorlov tashkiloti, soliq, bank, sug'urta tashkilotlari va boshqa kreditorlar bilan iqtisodiy munosabatda bo'ladi. Ushbu iqtisodiy aloqalar moliyaviy intizom chegarasida sodir bo'lishi, ya’ni belgilangan muddatlarda amalga oshirishi katta ahamiyatga ega. Mol yetkazib beruvchilarga, qarzini o'z vaqtida to'lash, tijorat banklaridan olingan kreditlarni belgilangan muddatda uzish, davlat budjetiga soliqlarni o'z vaqtida to'lash va hokazo to'lovlarni amalga oshirish, sotib oluvchilardan va, shu jumladan, tayyorlov tashkilotlaridan qarzini o'z vaqtida undirib olish kabi jarayonlarning hisob-kitobi iqtisodiy tahlil bo'yicha chuqur bilimni talab qiladi. Bu jarayonlarning natijalari xo'jalikning to'lov qobilyatini ifodalovchi ko'rsatkichlarda namoyon bo'ladi, shuning uchun to'lovga qodirlik darajasini o'rganish va uni oshirish imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun tahlilning oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi.
1) to'lov mablag'lari va to'lov majburiyatlari hajmini aniqlash, hisoblash;
2) to'lovga qodirlik ko'rsatkichlarini uning barcha turlari bo'yicha aniqlash;
3) to’lov qobiliyatiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ta’sirini hisoblash, baho berish;
4) to’lov qobiliyati ko‘rsatkichi darajasini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish.
Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun to’lov qobiliyatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlarini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish zarur. Hisoblash va tahlil etish tartibi ushbu bobda quyida yoritildi. Buxgalteriya balansi bo‘yicha to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlarining maxsus guruhlari. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko’rsatkichlardan biri bolib, to’lov qobiliyatini ifodalovchi koeffitsiyent hisoblanadi. Balans bo‘yicha xo‘jalikning tolov qobiliyatiga aylanma aktivlarning likvidlik ko’rsatkichlari orqali baho beriladi. Balans likvidlik ko’rsatkichlarini tahlil etishdagi asosiy manbadir. Buxgalteriya balansida xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil bolish manbalari toliq aks ettiriIgan boladi. Xo’jalik mablagiari balansning aktivida va ularning manbalari esa passivida ko’rsatiladi. Xo'jalik mablag’lari hozirgi paytda «Uzoq muddatli aktivlar» va «joriy aktivlar» tariqasida, ularning manbalari esa «O’z m ablagiari manbalari» va «majburiyatlar» nomlari bilan balansda aks ettirilgan. Balans Iikvidligi deb nimaga aytiladi? Xo’jalikning o’z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay olish quvvati balans Iikvidligi deyiladi. Boshqacha aytganda, balans Iikvidligi qarzlarni to’lashga boigan qurbining darajasini ifodalaydi. Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bolish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi. ya'ni to’lovga qodirlik ko’rsatkichi aniqlanadi. To’lovga qodirlik - majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olish qobiliyatini anglatadi. Aktivlar Iikvidligi deb nim aga aytiladi? Aktivlar Iikvidligi deb aktivlarning vaqt bo’yicha naqd pul shakliga aylanishiga (o’tishiga) aytiladi. Aktivlarning naqd pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi. Aktivlarning har bir turi pul shaklini olganiga qadar o’tgan vaqt qancha kam bo’lsa, uning Iikvidligi shuncha yuqori bo’ladi. Balans bo’yicha to’lov qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash maqsadga muvofiq boladi. Balansning aktividagi xo’jalik mablag’lari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)» bo’yicha va balansning passividagi xo’jalik mablag’larining manbalari «to’lov muddatlari darajasi» bo’yicha maxsus guruhlarga bolinadi.



Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling