Mavzu: Kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha an‘anaviy treninglarning uslubiy ta‘minoti


Download 84.5 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1096145
  1   2
Bog'liq
Umirzoqova Nazira


Mavzu:Kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha an‘anaviy treninglarning uslubiy ta‘minoti.
Mutaxasislarning ta‘kidlaganidek, kreativlik-bu qandaydir yakka sifat emas, balki inson psixik xususiyatlarining o‘ziga xos kompleksi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.Intellaktual sifatlar- tafakkur tezligi (k‘oplab fikrlar,g‘oyalar va assotsiatsiyalarning uyg‘onish).tafakkur egiluvchanligi (vujudga kelayotgan g‘oyalarning xilma xilligi). bo‘lish barobarida kamyobligi, noodatiyligi).
2.Shaxs sifatlari (avvalo, yangi hayotiy tajriba uchun ochiqlik).
3.Qadriyatlar tizimi (rivojlanish, bilish va erkinlik qadriyatlarini yuqori qo‘yish).
Kreativlikni rivojlantiruvchi vosita sifatida asosan tafakkur sifatlari taraqqiyotini stimullashtiruvchi mashqlarni taklif etadilar. Biroq kognitiv yondashuvning ham foydali tomonlarini inkor etmagan holda unga asoslangan mashq va mashg‘ulotlar talabalar bilan ishlashda o‘zining muayyan samarasini berishi mumkinligini ta‘kidlab, qo‘llanmaning bu qismida shunday uslubiy vositalardan namunalarkeltiriladi.
1-mashq:‘‘Nima, qayerda, qanday qilib?".
Mashqning mazmuni. Doira bo‘lib o‘tirgan ishtirokchilarga birorta nima uchun qo‘llashi noma‘lum bo‘lgan buyum yoki uning surati ko‘rsatilib, ‘‘bu nima?", ‘‘qayerdan paydo bo‘lgan?", ‘‘uni qanday qilib ishlatish mumkin?" degan savollar beriladi. Ishtirokchilarga har qaysijavob vatiantini takrorlash mumkin emasligi, har kim yangi-yangi javoblarni o‘ylab topishi kerakligi eslatiladi. Mashqda qo‘llanadigan narsa buyumlarni topishning eng oson yo‘li kundalik hayotda keng tarqalgan narsa buyumlarning o‘ziga emas balki ularning bo‘laklari, ayrim qismlarini olishdir (odatda narsa-buyumlarning alohida qismlari nima uchun qo‘llanishi nisbatan muhim bo‘ladi).
Mashqning foydasi. Mashq yengilgina intellektual chigal yozdi o‘yin sifatida qo‘llanib, ishtirokchilarda tafakkur tezligi, noodatiy g‘oya va assotsiatsiyalarni ilgari surish qobiliyati rivojlanishi uchun yordam beradi.
Mashqlar muhokamasi.Ish yakunida ishtirokchilar bilan savollarga berilgan qaysi javoblar ayniqsa yodda qoladigan, qiziq va original bo‘lgani yuzasidan muhokama o‘tkaziladi.
2-mashq: ‘‘Original foydalanish".
Mashqning mazmuni. 4-5 kishidan iborat guruhlarga ajratilgan ishtirokchilarga o‘zing asl vazifasida qo‘llanishi uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan oddiy narsa-buyumlar (eski gazeta, qiyshiq mix, kuygan lampochka, bo‘shagan konserva bankasi, siyohi tugagan ruchka va h.) o‘zgacha qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rish vazifasi beriladi. Ishtirokchilarga ular taklif etadigan usullarning hayotda real amalga oshirilishi mumkin bo‘lishi kerakligi eslatiladi. Ish 10daqiqa davom etadi. Imkoniyat bo‘lsa, ishtirokchilarga mashq uchun tanlangan buyumlarni asl holida ham taqdim etish maqsadga muvofiq. Guruhlar natijalari quyidagicha e‘lon qilinadi: bitta guruh muayyan buyumning noodatiy qo‘llanishi yuzasidan bir variantni aytadi, so‘ngra navbat bo‘yicha ikkinchi guruh shu buyumga tegishli o‘zining o‘zgacha variantini aytadi va shu tariqa navbatma navbat variantlarning barchasi e‘lon qilinguncha ish davom etadi. Har bir variant uchun 1ball (agar narsa-buyumlar ishtirokchilarga asl holda taqdim etilgan bo‘lib, guruh o‘z variantini e‘lon qilish davomida tegishli buyumning qanday qilib noodatiy qo‘llanishi mumkinligini nafaqat aytib, balki ko‘rsatib ham bersa 2ball ) dan baho qo‘yiladi. O‘yin davomida eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib, deb topiladi.
Mashqning foydasi. Mashq ijodiy tafakkur sifatlari(tezlik, originallik, egiluvchanlik) ning namoyon bo‘lishiga oid yorqin ko‘rgazmali materialni taqdim etadi, ushbu sifatlarning rivojlanishiga, atrof-olamdagi narsa-hodisalarni idrok etishda shablonlardan tashqariga chiqishni o‘rgatishga yordam beradi. Qolaversa, mashq ishtirokchilar e‘tiborini kreativ yechimni qidirishda guruhga rollar taqsimoti qanday kechishiga qaratadi.
Mashqning muhokamasi. Mashqni bajarish natijalarini muhokama qilishda guruh ichida rollar qanday taqsimlangani, kimlar g‘oyalari ilgari surgani, kimlar ularning ro‘yobga chiqarilishi yo‘llarini topgani, kim yetakchi, kim ergashuvchi bo‘lgani, qanday xususiyatlar sababli ishtirokchilar bunda ajralib qolgani, hayotda ham mashqdagi singari vaziyatlar vujudaga kelish ehtimoliga e‘tibor qaratiladi.
3-mashq: ‘‘ Guliver".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilarga o‘zini mitti odamchalar mamlakatiga tushib qolgan Gulliver va bahaybat odamlar orasida paydo bo‘lib qolgan mitti odamdek tasavvur qilib, bunday joylarda qanday narsa-buyumlardan turli sport anjomlari o‘rnida foydalanish mumkinligini o‘ylab ko‘rish taklif etiladi (masalan, bahaybat odamlar olamidagi mitti odamcha bo‘lib, olchaning danagini futbol to‘pi qilib ishlatish). Mashq individual bajariladi, ish vaqti 10daqiqadir. So‘ngra ishtirokchilar o‘z variantlarini bayon etadilar.
Mashqning foydasi. Mashq giperbolizatsiya (narsa-buyumlarni hayolan o‘ta kattalashtirish yoki kichiklashtirish usuli) ga asoslangan bo‘lib, yangicha assotsiatsiyani topish, tanish narsa-buyumlarga o‘zgacha tomondan qarash, ularning odatda kundalik hayotda e‘tibordan chetda qoluvchi jihatlarini idrok etish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Mashq muhokamasi. Muhokamada ishtirokchilarga o‘zlarini qayerdA tasavvur qilishlari nisbatan oson bo‘lgani, nima uchun shunday bo‘lgani, ular tomonidan taklif etilgan variantlar orasida, ayniqsa, qiziq bo‘lganlari qaysilar ekan bo‘yicha fikr almashinadi.
4-mashq: ‘‘Harakat usuli".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilarga muayyan oddiy, ammo muammoli vaziyatdagi masalani hal etishning imkon qadar ko‘proq usullarinitaklif etish vazifasi beriladi(masalan, bolg‘a yo‘g‘ida mix qoqish, lattasiz changlarni tozalash, qaychi topilmaganda qog‘oz kesish, narvonsiz balandda turgan narsani olish va h.). Ish ishtirokchilar 3-4 kishidan iborat guruhlarga ajralgan holda bajarilsa ancha jadal kechadi. Shuningdek, mashqning yanada qiziqarli bo‘lishi uchun boshlovchi dastlab yechilishi lozim bo‘lgan 5-6 ta muammoli masalani keltirib, ishtirokchilarga ulardan o‘zlariga qiziq bo‘lgan 2-3 tasini tanlab olishga imkon berish maqsadga muvofiq.
Mashqning foydasi. Mashq noodatiy vaziyatdan chiqishda namoyon bo‘luvchi ijodiy tafakkurning asosiy sifatlarini mashq qildirishga yordam beradi.
Mashq muhokamasi. Muhokamada ishtirokchilar e'tibori yangicha original g‘oyalarning tug‘ilishiga nima yordam bergani va, aksincha, nimalar halaqit qilgani, o‘xshash vaziyatlar hayotlarida qanchalik tez-tez uchrab turgani yuzsidan fikr bildirishga qaratiladi.
5-mashq: ‘‘Noodatiy nomlar".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilar atrof olamdagi narsa buyumlarni qaytadan nomlash kerak bo‘lsa, ularga yana qanday nomlar berish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rish taklif etiladi. Ayni vaqtda yangi nomlar ham, albatta, tegishli narsa-buyumlarning mohiyatini aks ettirishi, uning vazifasi va shaklshamoyiliga ayni vaqtdagi nomi kabi mos bo‘lishi lozimligi eslatiladi. Mashqni 3-4 kishilik guruhlarga ajralib bajarish maqsadga muvofiq. Har bir narsa-buyum bilan amalga oshiriladigan mashqning 4-6 daqiqa davom etishi tavsiya qilinadi.
Mashqning foydasi. Mashq g‘oyalarni ishlab chiqarish, odatdagi narsa-hodisalarga nisbatan muqobil yondashuvlarni ilgari surish qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy fikrlashning eng muhim tamoyillaridan biri-har qaysi nuqtai nazar ko‘pgina qarashlar orasidagi bir qarash xalos ekanini anglashga yordam beradi.
Mashq muhokamasi. Muhokamada ishtirokchilarga taklif etilgan yangicha nomlar qanchalik xilma xilligi, ularni o‘ylab topishda nimalar asos bo‘lgani, qanday vaziyatlarda an‘anaviy talqindan voz kechib muqobil yo‘llarini izlash ayniqsa foydali ekani haqida o‘ylab ko‘rish taklif qilinadi.
6-mashq: ‘‘Talqinlar".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilarga qandaydir kichik hayotiy vaziyat tasvirlanadi va undagi voqea-hodisalarga xilma xil guvohlar nuqtai nazaridan baho berish, munosabat bildirish taklif etiladi. Masalan, muhokamaga quyidagicha xilma-xil ishtirokchilar jalb etiladigan vaziyat olishi mumkin: ‘‘Yo‘ldan ogohlantirishiga qaramay svetafordan yugurib o‘tayotgan odamni urib yubormaslik uchun avtobus haydovchisi mashinani keskin to‘xtatishga majbu bo‘ldi. Natijada avtobusda ketayotgan bir necha odamning oyog‘i toyib ketdi. Uyiga do‘kondan tomat olib ketayotgan bolaning qo‘lidagi banka tushib ketib sinibdi". Mashqni bajarishda ushbu vaziyatda yo‘lovchilar, haydovchi, yo‘l harakati havfsizligi xodimi, bankasi singan bola, uni uyda kutayotgan ona, ko‘chadagi betaraf guvohlar, jamoat transporti faoliyati bo‘yicha ko‘rsatuv tayyorlayotgan jurnalist, avtobusning ichini tozalashga mas‘ul xodimlar nuqtai nazaridan fikr bildirish talab qilinadi.
Mashqning foydasi. Mashq muayyan bir vaziyatga turli xil burchaklar ostidan qarashga, o‘zini boshqalar o‘rniga qo‘yishga o‘rgatadi. Qolaversa, mashq odamning odam tomonidan idrok etilishida keng tarqalgan xatolik (psixalogiyada attributsiyaning fundamental xatosi, deb yuritiladigan yanglish holat, ya‘ni odamning xatti-harakatlariga baho berishda vaziyatning o‘rnini e‘tibordan biroz qochirib , ko‘p narsani bevosita odam xususiyatlariga bog‘lab tushuntirishga urinish) bo‘yicha yorqin misol bo‘la oladi.
Mashqning muhokamasi. Muhokamada taklif etilgan vaziyatlar orasida qaysilari, ayniqsa, noodatiy, original bo‘lgani, qanday hayotiy vaziyatlarda narsa-hodisalarga o‘zgacha nuqtai nazardan qaray olish sifati muhim bo‘lishi, taklif etilgan vaziyatlarda tasvirlangan odamlarning xatti-harakatini talqin etishda e‘tibor ko‘proq nimaga - ularning xususiyatlarigami yoki vaziyatgami qaratilgani yuzasidan mulohaza bildirish zarur bo‘ladi.
7-mashq: ‘‘G‘ayritabiiy hodisalar".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilarga insoniyat hayotida shu kecha kunduz ro‘y berishini umuman mumkin bo‘lmagan g‘ayritabiiy hodisalar (masalan, odamlar birdan uchadigan bo‘lib qolsa, odam abadiy yashaydigan bo‘lib qolsa, hech qachon tun bo‘lmasa, bir daraxtning o‘zida hamma mevalar yetilsa, chaqaloqlar faqat egizak bo‘lib tug‘ilsa va h.) haqida o‘ylab ko‘rish va agar bu voqealar haqiqatdan ro‘yobga chiqib qolsa, buning odamzod uchun oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida mulohaza yuritish taklif etiladi. Mashqni 3-5 kishilik guruhlarda bajarish zarur, har bir hodisaga 5-6 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruhlarning javoblari navbatma navbat bitta bittadan variant bilan e‘lon qilinadi, qaysi guruhning original variantlari tugab qolsa, o‘yindan chiqadi, o‘yinda hammadan uzoqroq qolgan guruh g‘olib bo‘ladi.
Mashqning foydasi. Mashq noodatiy g‘oyalarni o‘ylab topish qobiliyatini rivojlantiradi.
Mashqning muhokamasi. Muhokamada taklif etilgan variantlar orasida qaysi g‘oyalar, ayniqsa, yodda qoladigan bo‘lgani, bu g‘oyalar nimasi bilan qiziq ekani, mashqni bajarishga nima yordam bergani va, aksincha, halaqit qilgani, bunday g‘ayritabiiy hodisalar haqida fikr yurita olish qanday hayotiy vaziyatlarda yordam berishi, shaxsiy hayotdan dastlab ilojsiz tuyilgan, ammo keyinchalik ro‘yobga chiqqan voqealardan misollar topilishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi.
8-mashq: ‘‘Teskari".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilarga bir necha vaziyatlar (masalan, bog‘bon qurigan daraxtni aralayapti, bola velosiped g‘ildiragiga dam urmoqda, uy bekasi televizorni yoqayapti, o‘qituvchi baholarni e‘lon qilmoqda va h.) qisqacha tasvirlab beriladi va ularga teskari bo‘ladigan vaziyatlarni o‘ylab topish taklif etiladi.
Mashqning foydasi. Mashq masala yechimini topishda teskari tomondan harakatlanish, uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun unga qarama-qarshi tomondan qarash qobiliyati, umuman, hayotiy vaziyatlarni egiluvchan idrok etish sifatini rivojlantiradi.
Mashq muhokamasi. Muhokamada ‘‘qarama qarshilik", ,, teskarilik‘‘ tushunchalari ishtirokchilar tomonidan qanday tushunilgani, qaysi vaziyatlarda qarama-qarshi tomonni topish oson, qaysilarida qiyin bo‘lgani, voqea-hodisalarga bunday yondashish qobiliyati qanday hayotiy vaziyatlarda yordam berishiga e‘tibor qaratiladi.
9-mashq: ‘‘Ko‘nikmalarning foydasi".
Mashqning mazmuni. Har bir ishtirokchiga unda qanday sport ko‘nikmalari (tez yugurish, uzoqqa sakrash, to‘pni kuchli tepish, nishonga aniq olish va h.) nisbatan yaxshi rivojlangani haqida gapirib berish taklif qilinadi. Qolgan ishtirokchilarga aytilgan ko‘nikmalar nafaqat sport, balki kundalik hayotda qanday vaziyatlarda qo‘l kelishi mumkinligi haqida fikrlab ko‘rish taklif qilinadi. Mashq navbatma navbat doira bo‘ylab o‘tkaziladi.
Mashqning foydasi. Mashq shaxsiy imkoniyatlarni amalda qo‘llay olish usullarini, o‘zgacha vaziyatlarda qo‘llash yo‘llarini qidirishga o‘rgatadi, mavjud bo‘lgan ko‘nikmalarni takomillashtirish va yangilarini rivojlantirishga motivlashtiradi.
Mashqning muhokamasi. Ishtirokchilar bir biri bilan shaxsiy sport ko‘nikmalarini hayotda qo‘llash yuzasidan bildirilgan turli xil variantlar orasida, ayniqsa, qaysilari haqida ayni paytgacha o‘ylab ko‘rmagani, yana qanday yangi ko‘nikmalarni o‘zlariga hosil qilishni istashlari xususida fikr almashadilar.
10-mashq: ‘‘Ijodiy hayot".
Mashqning mazmuni. Ishtirokchilar 5-6 kishilik guruhlarga ajratiladi. Barcha guruhlarga odam o‘z hayotini yanada ijodiyroq qilish uchun unga qanday maslahatlar berish mumkinligi haqida mulohaza yuritib, bu boradagi amaliy tavsiyalar ro‘yxatini shakllantirish (masalan, ikki badiiy asarni bir vaqtda o‘qib, ularning qahramonlarini hayolan uchrashtirish, juda o‘xshash narsa-hodisalar o‘rtasidagi farqlarni qanday etib borish, kundalik yumushlarini har safar turli usullarda bajarish vah.) taklif qilinadi. Ayni vaqtda keltiriladigan tavsiyalar hayotda real amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlardan tashkil topishi kerakligi eslatiladi.
Mashqning foydasi. Mashq kreativlikni modellashtirilgan vaziyatlarda kundalik, maishiy yumushlar qatlamiga ko‘chirib o‘tkazishga yordam beradi.
Mashq muhokamasi. Guruhlarning tavsiya ro‘yxatlari barcha uchun ko‘rinadigan qilib yonma yon osib yoki taxlab chiqiladi. Har bir guruhdan bittadan vakil navbatma navbat o‘zining tavsiyalari ro‘yxatidagi takliflarini birma bir ta‘kidlab, ularni izohlab beradi. Bunda so‘zga chiqqan ishtirokchi taklif qilinayotgan tegishli tavsiya qanday qilib odam hayotida ijodiylikni oshirishi mumkinligini ta‘kidlab o‘tish lozim bo‘ladi.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling