Mavzu: kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar


Foizlarni o‘zgarishiga ko‘ra quyidagicha turkumlaymiz


Download 417.29 Kb.
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi417.29 Kb.
#1471531
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kredit foizi

Foizlarni o‘zgarishiga ko‘ra quyidagicha turkumlaymiz:
> Fiksirlangan foiz;
^ Suzuvchi foiz.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq kredit foiz
stavkasi ikki usulda belgilanishi mumkin. Qat’iy belgilangan yoki
fiksirlangan foiz stavkalari kredit shartnomasiga muvofiq o‘zgarmaydi
va bozor stavkalarining o‘zgarishi hisobga olinmaydi. Odatda
fiksirlangan foiz stavkalari qarz oluvchilarga foydali boiib, ularga
xarajatlami rejalashtirishga yordam beradi va inflyatsiya sharoitida
kredit foiz stavkasi yanada tushishiga oli keladi. Suzuvchi foiz
stavkalarda kreditor va mijoz o‘rtasida bazaviy stavka o‘zgarishiga
(Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi yoki bankiararo va
pul bozorlari stavkalari) asosan shartnomaga o‘zgartirish kiritish
nazarda tutiladi. Suzuvchi foiz stavkalari banklaming bozor stavkalari
o‘zgarishi riskini kamaytirish va ulami boshqarishda qo‘l keladi.
Shuningdek, inflyatsiya sharoitida bank aktivlari qadrsizlanishining
oldini oladi.
Banklarda kredit foiz stavkalarini kredit muassasalarining turlari
bo‘yicha klassifikatsiyasidan ko‘rish mumkinki, Markaziy bank tijorat
banklarini kreditlash stavkasi amalda qayta moliyalashtirish kreditlarini
ajratishda shakllanadi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
shakllanadi.
Tijorat banklari qayta moliyalashtirish kreditlarini jalb qilib, shuningdek o‘z mablag‘lari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslami kreditlash bo‘yicha kredit foiz stavkasini shakllantiradi. Tijorat banklari
tomonidan ajratiladigan kreditlaming foiz stavkasi qayta moliyalash-
tirish kreditlari foiz stavkasidan yuqori bo‘ladi. Sababi, banklar tijorat
tashkiloti va ma’lum foyda olish uchun kredit operatsiyalarini amalga
oshirishda jalb qilingan m ablagiarga o ‘z marjasini hisobga olib kredit
ajratadi.
Lombard stavkalari lombard tashkilotlari tomonidan jismoniy
shaxslarga qisqa muddatga yuqori foiz stavkada berilishi bilan ajralib
turadi.
Tijorat banklari kredit foiz stavkalari investitsiyalar turlari
bo‘yicha, aylanma m ablagiam i shakllantirish uchun foizlar (qisqa
muddatli), asosiy fondlarga investitsiyalar uchun foizlar (qisqa
muddatli) va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar uchun foiz
stavkalariga boiinadi.
Kreditlash muddati ham foiz stavkalami shakllantirishda hisobga
olinuvchi muhim omil hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlarga
inflyatsiya barqaror boigan sharoitlarda past foiz stavkalar, qisqa
muddatli kreditlarga yuqori foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
Kredit muassasasining bajaradigan operatsiyalari turlari bo‘yicha,
resurslami shakllantirish jarayonida depozit foiz stavkalariga, ushbu
stavkaga marjani inobatga qo‘shilgan holdagi kredit foiz stavkalariga
ajratiladi. Shuningdek, banklar o ‘zaro resurslami oldi-sotdi qilishda
foydalaniladigan banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarga
ajratiladi.
Bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarni shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlar va hisobga olinishi banklarda kredit operatsiyalarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi:
1. Inflyatsiya yuqori sharoitda tijorat banklarining uzoq muddatga
joylashtirgan kreditlari qadrsizlanadi. Buning oldini olish uchun esa,
bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida suzuvchi
stavkalarini qoilash maqsadga muvofiq boiadi. Suzuvchi foizlar
banklaming bozor stavkalari o‘zgarishi riskini kamaytirish va boshqarishda qo‘l keladi. Shuningdek, inflyatsiya sharoitida bank aktivlari qadrsizlanishining oldini oladi.
2. Bizning bank amaliyotimizda kredit foizlari oddiy usuldan
foydalaniladi. Diskont usulini qoilash banklaming foiz toiovlarini
muddatidan oldin undirib olish orqali, bank riskini kamaytirish va
ulami boshqarishga imkon yaratadi.
3. Banklaming foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini
ta’minlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Kredit
foizining differensiyasi aktiv operatsiyalar bo‘yicha qo‘yilmalar
likvidligiga bogiiq holda boiishi lozim.
Tijorat banklarida foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar
amalga oshiradigan foiz siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi.
Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi:
S Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan
ozaro bog'liqligi;
■S Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi foizning omi.
Xulosa qilib aytganda, kredit munosabatlarida ilmiy asoslangan
kredit foizlarini amaliyotda qo‘llash orqali iqtisodiy taraqqiy otga
erishish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotda kredit foizlarining bozor
mexanizmi asosida shakllanishi, talab va taklifning hisobga olinishi
hamda asosli o‘matilishi samarali hisoblanadi.

Download 417.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling