Mavzu: Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari


Download 239.77 Kb.
bet13/14
Sana03.08.2023
Hajmi239.77 Kb.
#1664776
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari (2)

Kreditning maqsadliligi.


Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan
kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda
kredit muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish uchun yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur.

Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara beradigan bo’lsagina,


shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi.
Yoar bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning samaradorligiga alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki samaradorlik kreditning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning samaradorligi ishlab chiqarish va realizatsiya hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Samaradorlik tamoyilining bo’lishi va unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli foydalanishni taqozo qiladi. Shunga asoslangan holda kreditning samaradorligini sodda qilib quyidagicha ifodalash mumkin:

Samaradorlik =
Realizatsiya
qilingan tovar mahsuloti hajmi

Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i



Bu ko’rsatkich kredit qo’yilmalar o’rtacha qoldig’ining 1 so’miga to’g’ri keladigan realizatsiya qilingan tovar mahsulotining hajmini ko’rsatadi. Kreditni jalb qilish yordamida ishlab chiqarish suratlarining o’sishi, tovarlarni sotish hajmining oshishi kreditning samaradorligini belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar hisobiga ko’p mahsulot sotuviga erishadigan bo’lsa, kreditning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi.
Kreditlashning yuqori samaradorligi minimal mehnat xarajatlari orqali maksimal foydacha erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir.
Agar kredit samaradorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarni ham hisobga oladigan bo’lsak, kreditning samaradorligini kengroq olgan holda quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.
RR
kr = - O k r OFk = K OFk = K x Oof

Skr - kredit qo’yilmalarininrg samaradorligi;

R - to’la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti;


OFk - kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag’larini hisobga olmagan holdagi aylanma fondlarining o’rtacha qoldig’i;
K - qisqa muddatli kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i; Okr - hisobot davridagi qisqa muddatli kreditning aylanish soni; Oof - hisobot davridagi aylanma fondlarining aylanish soni;
Formuladan ko’rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi asosan ikki omil: realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi va kredit resurslarining aylanish davriga bog’liq. Realizatsiya hajmi qanchalik katta bo’lsa va kredit resurslarining aylanish davri qanchalik qisqa bo’lsa, kredit qo’yilmalarining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bank tomonidan berilgan mablag’lar xo’jalik oborotida, ishlab chiqarishga tezroq joriy qilinsa va kredit mablag’lar ishlab chiqarish va muomala jarayonini tezroq bosib o’tsa, ular keltiradigan samaradorlik shunchalik yuqori bo’ladi. Bank krediti mablag’lar doiraviy aylanishining biror bosqichida ushlanib qoladigan bo’lsa, bu hol kreditni to’lash muddatining
kechiktirilishiga olib keladi. Bu, albatta kreditning samaradorligi tushganligidan dalolat berishi mumkin.

Download 239.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling