Mavzu: Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari
Download 239.77 Kb.
|
Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI KURS ISHI Mavzu: Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari.Bajardi: Iqtisod 107 guruh talabasi Qurbonov BQabul qildi: Baymenova M Angren – 2023Mavzu: Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari M U N D A R I J A : Kirish 4 bob Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli Zamonaviy kredit mohiyati va zarurligi 6 Kredit tizimi, uning tuzilishi 10 Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati 13 2-bob. Kreditlash . Davlat banklar kredit liniyalari va kredit tamoyili 17 Hususiy bank kredit liniyalari stavka va shartlari 19 Kreditlash Tamoyilari 27 Xulosa 35 Adabiyotlar ro’yxati 39 axborot manbalari 40 KIRISH Kredit va banklar o’quv dasturi asosida yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga oladi. Bu darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo’limi – pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda tadqiqot qilish asosida yaratilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining olib borilishi va valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi. Jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda: - naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima? aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin? mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim? milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak? inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat? Download 239.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling