Mavzu: Kreditning funksiyalari, asosiy prinsplari va ahamiyati


Download 256.45 Kb.
bet16/18
Sana13.09.2023
Hajmi256.45 Kb.
#1676431
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Abduqayumova Komila

Sudxo‘rlik krediti. Kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda bu tarixan keng tarqalgan kredit bo‘lib hisoblanadi. Amalda sudxo‘rlik krediti Markaziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mablag‘larni vaqtincha foydalanishga berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan xarakterlanadi (120-180%). Milliy kredit tizimi infrastrukturasi rivojlanishi va hamma turdagi potensial qarz oluvchilarga kredit resurslardan foydalanish huquqini ta’minlash natijasida sudxo‘rlik krediti ssuda kapitali bozoridan yo‘qoladi. 
Xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari.
Bilamizki, tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etishning asosiy mezonlaridan biri uning me’yoriy-huquqiy asosining qay darajada yaratilganidir. Respublikamiz tijorat banklari kredit faoliyatining huququy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bank faoliyatiga tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘plami hisoblanadi. 
Kreditlash jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga asosan quyidagi tamoyillar orqali amalga oshiriladi:
qaytarilishi;
♦ foizligi;
♦ muddatliligi[6].
Bundan tashqari kreditning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilishi va ta’minlanganligi  ham tamoyil darajasida ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish siyosati iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatori bank tizimida ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilish kabi masalalarni to‘g‘ri amalga oshirish kredit riski darajasini pasaytirishga, hamda bank kredit portfelini sifatini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarining boshlarida tashkil qilingan bank tizimi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bank tizimining boshlang‘ich pillapoyasi sifatida faoliyat boshlagan.
Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo‘yilmalari qoldig‘i esa 30,5 foizga o‘sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 20,4 trln. so‘mni tashkil etdi (1.4.2-chizma).
Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo‘lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda.
Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlarning ulushi esa, 76,8 foizni tashkil qilib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 30,7 foizga oshdi.
YAratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig‘i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda
“2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, «2012 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo‘naltirilmoqda.
2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5 760 mlrd. so‘m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p investitsiya kreditlari ajratildi.
Yangi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Markaziy bank tijorat banklari kredit portfelini tahlil qilgan holda, tijorat banklariga qo‘shimcha ravishda aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborishi mumkin. O‘z navbatida, agar tijorat banklari yuqorida keltirilgan talablariga amal qilmagan taqdirda, Markaziy bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli chora va sanksiyalarni qo‘llaydi. Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi. SHu bilan birgalikda, kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘ra, tijorat banklari o‘z aktivlari sifatini tasniflash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, eski qoidalarga ko‘ra, 30 kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «standart», 90 kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «substandart» va 180 kundan ortiq kunga to‘lovi kechiktirilgan kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflangan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta’minlaydi.


  1. Download 256.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling