Mavzu: Kriptografiya fanining asosiy tushunchalari


Download 78.91 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi78.91 Kb.
#1159223
Bog'liq
atrabotka2-3

Mavzu: Shifrlash usullari Reja: 1.Simmetrik kripto tizimlarning afzallik va kamchilik tomonlari. 2.Assimmetrik kripto tizmlarning afzallik va kamchilik tomonlari.

  • Kriptografiya – “maxfiy kodlar ” ni yaratish bilan shug’ullanadi. Grek tilidan tarjima qilinganda kriptografiya so’zi “ maxfiy yozuv ” ma’nosini anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni (ochiqmatnni) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir.
  • Kriptografiyaning asosiy bo’limlari:
  • Simmetrik kalitli kriptografiya;
  • Ochiq kalitli kriptografiya;
  • Xesh funksiyalar.
  • Yuqorida nomi keltirilgan gibrid kriptotizimlar kriptografiyaning asosiy bo’limlari asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda gibrid kriptotizimlar ma’lumotlarni shifrlashda keng qo’llaniladi. Gibrid kripto tizim simmetrik va assimetrik kriptotizimlarning birlashmasi hisoblanadi. Ya’ni har ikkala tizimning qulaylik tomonlarini birlashtirishdan iboratdir. Bunda jo’natiluvchi axborotning butunligini saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Quyida girid kriptotizimlar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz: u o’zi nima, qanday tashkil etiladi, unga misollar va shu kabilar.

Kriptografiyada gibrid kriptotizim- simmetrik kalitli kriptotizimning samaradorligi bilan ochiq kalitli kriptotizimning qulayligini birlashtirgan tizimdir. Ochiq kalitli kriptotizimlar qulay hisoblanadi, chunki ular (boshqa foydali xususiyatlar qatorida) ishonchli aloqa qilish uchun jo'natuvchi va qabul qiluvchidan umumiy sirni bo'lishishni talab qilmaydi. Biroq, ular ko'pincha murakkab matematik hisoblashlarga tayanadilar va shuning uchun taqqoslanadigan simmetrik kalitli kriptotizimlarga qaraganda samaraliroq emaslar. Ko'pgina amaliy dasturlarda uzun kalitlarni ochiq kalitli kriptotizimda shifrlashning yuqori qiymati taqiqlanishi mumkin. Bu ikkala kombinatsiyani ishlatib, gibrid tizimlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

• Simmetrik kripto tizimlar uchun quyidagi belgilashlar o'rinli:

- Ochiq matn Pni simmetrik kalit K bilan shifrlash: C = E(P,K).

- Shifr matn C ni simmetrik kalit K bilan deshifrlash : P = D(C,K).

  • Simmetrik shifrlash usullari muammolari
    • Tomonlar orasida yagona kalitni almashinishning murakkabligi.
    • Hozirgi kunda simmetrik shifrlardan amalda foydalanish uchun kamida 128 bitli kalitdan foydalanish talab etiladi. 
  • Assimetrikshifrlashalgoritmlari
  • Ma'lumotni shifrlashda va deshifrlash jarayonlarida turli kalitlardan foydalanadi.
  • Shu sababli, kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud emas.
  • Funksiya birtomonlama osonlik bilan hisoblanadi, biroq, ushbu funksiyani teskarisini hisoblash juda ham murakkab.
    • Mazkur bir tomonlama funksiyalarga misol sifatida faktorlash amalini olishimiz mumkin.
  • Biroq, N soni yetarlicha katta bo'lganda uni ikkita tub sonning ko'paytmasi shaklida ifodalash murakkab vazifa (yuqori hisoblash imkoniyatini talab etadi).
  • Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish
    • A tomonning ochiq kaliti bilan xabar M ni shifrlash: C = {M}A.
    • A tomonning shahsiy kaliti bilan shifr matnni deshifrlash: M = [C]A.
    • Bundan esa quyidagi tenglikni osonlik bilan yozish
  • mumkin: [{M}A]A=M.
    • Simmetrik shifrlar bilan bajargan ixtiyoriy amalingizni, ochiq kalitli shifrlash algoritmlari bilan ham amalga oshirish mumkin.
    • Simmetrik kriptotizimlar kabi ochiq kalitli kriptotizimlardan ham ma'lumotni butunligini ta'minlashda foydalaniladi.
    • Biroq, jarayon ko'proq vaqt talab etadi.
    • Ochiq kalitli kripto tizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo'lgan kalitni taqsimlash muammosini o'zida bartaraf etgan.
  • Simmetrikva ochiq kalitli kriptotizimlar bir xil bardoshlikka ega bo’lganda ulardagi kalitlarning uzunliklari

Download 78.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling