Mavzu: Kuch tarnsformatorlarini ishlatish va unga texnik xizmat ko`rsatish Reja: Kuch tarnsformatorlarini ishlatish va unga texnik xizmat ko`rsatish Transformator


Download 1.21 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1513305
  1   2
Bog'liq
123 trasnformatorlar


Mavzu:Kuch tarnsformatorlarini ishlatish va unga texnik
xizmat ko`rsatish
Reja:
Kuch tarnsformatorlarini ishlatish va unga texnik
xizmat ko`rsatish
Transformator (lotincha: transformo — oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda). Texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.
Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi.
Kuch T.laridan tashqari oʻlchash T.i, kuchlanish T.i, tok T.i, impulyeli T., radiochastotali T. kabi T.lar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik T. styasi (podstansiyasi) deb ataladi. Unda kuch T. i, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish T. podstansiyalarida kuchli, lab.da uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.

ransformator quyidagi konstruktiv elementlardan tuzilgan:


magnit o‘zak, chulg‘amlar, kirish klemmalari, bak va boshqa izolyasiyalovchi, maxkamlash, himoyalash elementlari va b.
Magnit o‘zak va unga o‘rnatilgan chulg‘amlari birgalikda transformatorning aktiv qismini tashkil etadi. Transfor­matorning qolgan elementlari transfor­matorning passiv (yordamchi) qismi deyiladi. Transformator tuzilishining asosiy qismini batafsil ko‘raylik.
Magnit o‘zak. Transformatordagi magnit o‘zak ikki vazifani bajaradi: a) transformator asosiy magnit maydonining berk konturini hosil qiladi va uni kuchaytiradi; b) chulg‘amlar, chulg‘am ulamalari va ulagichlarini maxkamlaydigan asos.
Magnit o‘zak shixtovka (tunukachalar ustma-ust qo‘yilib presslanadi) qilingan konstruksiyaga ega bo‘lib, ikki tomoni izolyasiyalovchi plyonkali (maslan, lak) yupqa (aksariyat qalinligi 0,5 mm) po‘lat plastinalardan iborat. Magnit o‘zakning bunday tuzilishi unda o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladigan uyurma toklarini kamaytirish uchun, demak transformatorda quvvat isroflarini kamaytirishga qaratilgan. Kuchli transformatorlar magnit o‘zaklari uch turda bajariladi: sterjenli, zirxlangan, zirx-sterjenli.

1.2-rasm. Sterjenli magnet o‘zagi va chulg‘amlari kesib ko‘rsatilgan uch fazali transformator

1.3-rasm. Sterjenlar kesim yuzasi shakli a) kichik va o‘rta quvvatli transformator b) katta quvvatli transformator

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling