Mavzu: Kuchaytirgichlarni katta signallarda ishlashi
Download 54.51 Kb.
|
Ulashev Ozodbek mikrosxematexnika
Mavzu:Kuchaytirgichlarni katta signallarda ishlashi. Bajardi:Ulashev Ozodbek Umuman olganda har bir kuchaytirgich 3 ta asosiy qismga ega:
Qolgan barcha qismlar yordamchidir. Bunda nagruzka kuchayib chiqqan signalni ajratib olsa, yordamchi qismlar — kuchaytirgichning u yoki bu ish rejimini hosil qiladi. Boshqaruvchi element turiga qarab kuchaytirgichlar lampaviy yoki yarimoʻtkazgichli (tranistorli), nagruzka turiga qarab esa, aperiodik yoki tanlovchi kuchaytirgichlarga ajratiladi. Tanlovchi kuchaytirgichlarda nagruzka vazifasini tebranish konturlari bajariladi. Agar u yakka tebranish konturidan iborat boʻlsa, kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, bogʻlangan tebranish konturi boʻlsa, oʻzgarmas sohali kuchaytirgich deb ataladi. Rezonans kuchaytirgichlar turli chastotali signallar spektridan yakka yoki juda kichik chastota sohasiga toʻgʻri keladigan tebranishlarni kuchaytirib beradi. Bu xususiyat uning chastota tanlash xususiyati deb ataladi. Oʻzgarmas sohali kuchaytirgichlar deyarli toʻgʻri toʻrt burchak shakliga yaqin oʻtkazish sohasiga ega. Shuning uchun ular signal spektridagi tebranishlarning maʼlum chastota oraligʻini kuchaytirib beradi. Aperiodik kuchaytirgichlarda nagruzka vazifasini rezonans xususiyatiga ega boʻlmagan elementlar — rezistor, drossel, transformator va boshqalar bajaradi. Shunga koʻra ular nagruzkaning turiga mos nomlar bilan yuritiladi. Masalan, rezistorli kuchaytirgich, drosselli kuchaytigich va boshqalar. Rezistorli kuchaytirgichlar reostat kuchaytirgich, sigʻim bogʻlanishli kuchaytirgich yoki RC — kuchaytirgich deb ham yuritiladi. Kuchaytiriladigan signal chastotasining absolyut qiymatiga qarab kuchaytirgichlar past chastotali, yuqori chastotali va oʻzgarmas tok kuchaytirgichi degan turlarga ajratiladi. Tovush diapazonidagi tebranishlarning fq — fyu ishchi chastota oraligʻini bir meʼyorda kuchaytirish uchun xizmat qiladi, yaʼni ularning asosiy xislati fq/fyu chastota nisbatining yetarlicha katta boʻlishidir. Bu tur kuchaytirgichlarga aperiodik kuchaytirgichlar misol boʻladi. Yuqori chastotali signallarning yakka yoki chastotalarning kichik oraligʻini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ularga rezonans yoki oʻzgarmas sohali kuchaytirgichlar misol boʻla oladi. Ushbu kuchaytirgichlar aniq qilib aytganda, sust oʻzgaruvchi tok yoki kuchlanish kuchaytirgichlari past chastotali kuchaytirgichning bir koʻrinishi boʻlib, ularda kuchaytiriladigan signal chastotasi nolga yaqin boʻladi. Kuchaytirgichlar oʻtkazish sohasining kengligiga, signalning shakliga va boshqa belgilariga qarab ham turlarga ajratilishi mumkin. Xulosa: Umuman olganda hamma kuchaytirgichlar signalning quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. Barcha kuchaytirgichlar quvvat kuchaytirgichlaridir. Lekin koʻp hollarda kuchaytirgich ishini baholash uchun chiqishidagi tok yoki kuchlanishning qiymati katta ahamiyatga ega boʻladi. Shuning uchun ular shartli ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlariga boʻlinadi. Quvvat kuchaytirgichlari kuchaytirish bosqichining oxirgi pogʻonasiga toʻgʻri keladi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad, chiqish kaskadi kabi nomlar bilan ham ataladi. Download 54.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling