Mavzu: kuchlanish, tok va vaqt relelari reja: Relelarning klassifikatsiyasi, asosiy xarakteristikalari


Energetika tizimini ximoya qilish relelariga quyidagi 4 ta talab qo‘yiladi, bular: selektivlik, ishlab ketish tezligi, sezgirlik va ishonchlilik


Download 11.04 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi11.04 Kb.
#1637768
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu kuchlanish, tok va vaqt relelari-fayllar.org

Energetika tizimini ximoya qilish relelariga quyidagi 4 ta talab qo‘yiladi, bular: selektivlik, ishlab ketish tezligi, sezgirlik va ishonchlilik.


  • Selektivlik degani, bu zanjirning faqat avariya holatdagi bo‘lagini himoya qilishdir (manbadan uzishdir). Ishlab ketish tezligi avariya ‘olatining oldini oladi, avariya holatida ham energetika tizimining barqarorligini hamda elektr energiyasining yuqori sifatini ta’minlaydi.

  • Rele sezgirligining oshishi himoyalanmaganlik darajasini keskin kamaytiradi. Ishonchlilik esa og‘ir avariya holatining oldini oladi va ob’ektning normal ishlashini ta’minlaydi. Elektr yuritmalarini himoya qilish relelari va avtomatik relelari quyidagi spetsifik (maxsus) talablarga javob berishlari kerak. Mazkur relelar juda og‘ir sharoitlarda ishlaydilar, ya’ni boshqa uskunalar bilan turtinish e’timolligi, kontaktlar tebranishi, ishchi muhit chang va boshqa qo‘shilmalar bilan ifloslangan sharoitlar va shu kabilar. Zamonaviy elektr yuritmalari sxemalarida soatiga 1000- 1200 ulab-uzish talab qilinishi munosabati bilan relelar yuqori darajadagi mexanik va elektrik emirilishga bardoshlilikga (ya’ni ulab-uzish miqdori (1-10)106 ga) ega bo‘lishlari kerak. SHuningdek mazkur guruh relelari ishonchli ishlashni ta’minlashlari talab qilinadi

Energetika tizimini ‘imoya qilish relelari sifatida jumladan ET seriyasidagi relelar qo‘llaniladi.

ET relening tuzilishi


  • Elektromagnitning magnit o‘tkazgichi 1 elektrotexnik po‘lat listlaridan shixtalangan qilib terilgan. Relening g‘altagi (cho‘lg‘ami) 2 ikkita bo‘lakka bo‘lib o‘ralgan va g‘altakning ‘ar bir seksiyasini o‘zaro ketma-ket yoki parallelp qilib ulash mumkin. elektromagnit yakori 3 elektrotexnik po‘latdan Z shaklida yasalgan. Yakor aylanganda magnit oqimi ortib boradi va bu esa ‘atto tokning «siljish toki» qiymatida yakorni to‘yinishga olib kelishi mumkin. O‘z o‘rnida bu holat yakor xarakatining oxirida rele ‘osil qilayotgan moment qiymatini cheklaydi. Ushbu relelarning qaytarish koeffitsienti katta bo‘lib, 0,85 ga teng. Ko‘prikcha shaklidagi xarakatlanuvchan kontakt-detali 5 o‘q bilan bog‘langan richagga sharnirli qilib qatirilgan. Bunday usul kontaktga o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatini beradi. Kontaktlar tebranishini kamaytirish (bartaraf etish) uchun relening o‘qi bilan bog‘langan moyli dempferdan foydalanilgan. Kontaktga aks ta’sir etish kuchi spiralp shaklidagi prujina 4 tomonidan ‘osil qilinadi. Prujinaning boshlang‘ich deformatsiyasi richag 6 yordamida o‘zgartiriladi. Yakorning boshlang‘ich va oxirgi xolatlari maxsus tiragichlar yordamida belgilanadi.

Download 11.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling