Mavzu: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi Reja: Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi


sentyabr Kurash kuni deb e’lon qilindi


Download 82.03 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi82.03 Kb.
#1150064
1   2   3
Bog'liq
Kurash xalqaro assotsiatsiyasining tuzilmasi

6 sentyabr Kurash kuni deb e’lon qilindi
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil topgan sana — 6 sentyabr O‘zbekistonda «Kurash» milliy sport turi kuni deb e’lon qilindi.
Кириллчада3 oktabr 2017, 11:40 Sport
6 sentyabr O‘zbekistonda «Kurash» milliy sport turi kuni deb e’lon qilindi. Bu Prezidentning 2 oktyabrdagi «Kurash» milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.
1998 yil 6 sentyabrda ta’sis etilgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyani birlashtirgan. 2010 yilda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida «Kurash» milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi. Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, kelgusida esa Olimpiya o‘yinlari dasturiga ham kiritish bo‘yicha faol tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Qarorda kurashni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator kamchiliklar ham sanab o‘tilgan. Jumladan, Kurash" milliy sport turini ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermayapti, mazkur sport turi bo‘yicha qobiliyatli kurashchilarni aniqlash va saralash hamda ularning mashq qilishi, shuningdek, murabbiy va hakamlarni tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish imkonini beradigan klub va seksiyalarning yaxlit tizimi shakllantirilmagan, xalqaro musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirishning samarali tizimi joriy etilmagan, zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emas, sport anjomlarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilmagan.
Kurashni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash rejalashtirilgan. Nukus va viloyatlar markazlarida kurash markazlari, har bir tuman va shaharda esa «zamonaviy sport klublari va seksiyalari"ni tashkil etish belgilangan.
Doimiy asosda kurash bo‘yicha respublika va xalqaro musobaqalar hamda turnirlar o‘tkaziladi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga «kurash» yo‘nalishi bo‘yicha qabul kvotalari soni oshiriladi.
Mazkur sport turi bilan shug‘ullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan «yaktak» sport kiyimlari va «kurash gilam"larini ishlab chiqarish tashkil etiladi.
«Kurash» milliy sport turini «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi. O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida «Kurash» milliy sport turi markazi" NNT tashkil etiladi.
Bundan tashqari, kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, shuningdek, O‘zbekiston birinchiligi g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish tartiblari joriy etiladi.
Anjumanda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse–Prezidenti Sherzod Tashmatov va videokonferens aloqa tizimi orqali Assotsiatsiya vitse–prezidentlari va IKA tarkibidagi milliy federatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbek milliy kurashining rivojanishida O‘zbekiston prezidentining hissasi juda katta. Shu bois bugun milliy kurash nafaqat O‘zbekistonning, balki, xalqaro sportchilarning ham sevimli sport turiga aylandi. Buning uchun O‘zbekiston hukumatiga, O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qilamiz. Kelajakda milliy kurash bilan bog‘liq barcha yangiliklarni yoritib borish maqsadida onlayn jurnal tashkil qilamiz.

Download 82.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling