Mavzu: kurs ishi maqsadi va vazifalari kurs ishiga qo'yilgan ilmiy metodik talablar kurs ishini himoyasi taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur metodik va texnik talablar
Download 19.06 Kb.
|
Mavzu kurs ishi maqsadi va vazifalari kurs ishiga qo\'yilgan ilm
Mavzu: kurs ishi maqsadi va vazifalari.kurs ishiga qo'yilgan ilmiy metodik talablar.kurs ishini himoyasi.taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur metodik va texnik talablar Kurs ishi yozishdan maqsad quyidagilardan iborat: – talabalarning pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi hamda kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari fanini o‘rganishi uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni izlab topishi, o‘rganib chiqishi hamda ularni jamlab, xulosa qilishi; – mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish; – amaliy materiallarni pedagogik tahlil qilish va ularga il-miy xulosa berish borasidagi malakasini oshirish; – faktlar asosida to‘g’ri xulosa chiqarishni o‘rganish; – dolzarb mavzularga taalluqli yangiliklar, adabiyotlar va man-balardan foydalanish; – bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash. Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqich-lardan iborat: 1. Mavzu tanlash. 2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‘yxatini tuzish. 3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish. 4. Kurs ishi rejasini tuzish. 5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma’lumot-larni tahlil qilish. 6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natijasida batafsil, mantiqan to‘g’ri bayon qilish. 7. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish. 8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni barta-raf etish va takliflarni e’tiborga olish. 9. Kurs ishini to‘g’ri rasmiylashtirish. 10. Kurs ishini himoya qilish. Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan uning mavzusini to‘g’ri tanlashdir. Hamma fanlarda bo‘lganidek Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan yoziladigan kurs ishi mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi. Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim. Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo‘lishi uchun, tay-yorlangan mavzular ro‘yxati kurs ishi yozishi ko‘zda tutilgan tala-balar soniga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi. Kurs ishi mavzulari ro‘yxati har yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos bo‘ladigan mavzular bilan yangilanib turilishi va o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar tanishish uchun talabalarga berilishi kerak. Talabalar mavzu tanlashda o‘qituvchilar bilan maslahatlashishlari mumkin. U ro‘yxatdagi mavzulardan xohlaganini tanlash huquqiga ega. Bundan tashqari, talaba kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi muammolarini ochishda muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin. Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan so‘ng, kurs ishi ëzish masalasida albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish kerak. Kirish qismi – kurs ishining boshlang’ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusi-ning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish obyekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyat-ga to‘xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi. Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism shakllantiriladi. U bir nechta savollardan iborat bo‘lib, bunda asosan ushbu mavzuning asosiy mohiyati to‘liq va batafsil ochib beriladi. Asosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Avvalo, tanlangan mavzuning ijtimoiy-pedagogik mohiyati, ahamiyati, o‘quvchilar bilm, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilib borishning zarurligi, uning ta’lim samaradorligidagi o‘rni, shakllari, metodlari, vositalari tahliliy o‘rganiladi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari izlab topiladi. Kurs ishining har bir bo‘limi unga mos asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin. Xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida talaba tomonidan amalga oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks ettiriladi. Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib, shunga asosan talaba o‘z fikrini bayon etadi. Xulosa qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, jurnal, tezislar to‘plami, huquqiy-me’yoriy huj-jatlar va internet saytlarining asosiy ma’lumot ko‘rsatkichlari (chop qilingan joyi va yili, nashriyot va boshqalar) ro‘yxati keltiri-ladi. Barcha ilmiy ishlarda, shuningdek, kurs ishida ham foydalanil-gan ma’lumotlar manbai va adabiyotlar ro‘yxatini keltirish maj-buriy shartlardan biridir. Foydalanilgan ada-biyotlar qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda keltirish tavsiya etiladi. Kurs ishini himoya qilish. Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ish-larini topshirish va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Talaba tayyor bo‘lgan kurs ishini "Pedagogika" kafedrasi kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu kurs ishini ro‘yxatga olish ki-tobida ro‘yxatdan o‘tkazib, kurs ishi titul varag’iga ro‘yxatdan o‘t-kazilgan sana va ro‘yxat tartib raqamini yozadi. So‘ng ilmiy rah-barga topshiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini ro‘yxatdan o‘tgan sana-dan boshlab bir hafta ichida ko‘rib chiqib, uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi (8-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzu-ning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlar-dagi yangiliklari, keltirilgan ma’lumotlarning tahlili, chi-qarilgan xulosa va takliflarning asosliligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham ko‘rsatiladi. Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Kurs ishida qo‘pol xato-kamchiliklar bo‘lmasa, himoyaga tavsiya etiladi. Talaba ko‘rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to‘g‘rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni bartaraf etgandan so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u xolda xato-kam-chiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish uchun taqriz yoziladi. Agarda talaba kurs ishini sababsiz o‘z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi deb yozma xulosa beradi. Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yishi kerak. Kurs ishlarini ro‘yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komis-siya tarkibi kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a’zodan iborat bo‘ladi. Kurs ishi himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo bo‘lishi ta-lab etiladi. Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 da-qiqagacha talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom etadi. Talaba o‘z ma’ruzasida mavzu to‘g’risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida to‘xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar haqida to‘xtalishi kerak. Himoyadan so‘ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o‘tkazib, tala-balarning ishini baholash qarorini qabul qiladi. Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin: – kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo‘yilishi; – himoyaga kiritilmagan bo‘lishi; – «himoyaga kelmadi» bo‘lishi; – himoyada qoniqarsiz baho olgan bo‘lishi; – qayta himoya qilish uchun muddat berilishi; – boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi. Download 19.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling