Mavzu: Kuyni garmoniyalashga misollar yechish. Reja: Amaliy ko’rsatma Garmoniyalash uchun misollar
Download 417.4 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
Mavzu: Kuyni garmoniyalashga misollar yechish. REJA: 1. Amaliy ko’rsatma 2. Garmoniyalash uchun misollar Amaliy ko’rsatmalar 1) Kuyning har bir tovushi funktsional jihatdan T, yo S yoki D uchtovushligi- ning asosiy tovushi, tertsiyasi yoki kvintasi sifatida aniqlanishi lozim.
Quyidagi birorta tovushni ikki xil sharhlashga imkon tug’ilganda keyingi garmonik harakatani hisobga olish zarur. Bu xilda «olg’a qarash» noto’g’ri qo’shilmalardan, shuningdek, D-S ning o’rinsiz izchilligidan ham saqlanishga yordam beradi.
2) Bir butun tuzimning birinchi va oxirgi akkordi ham odatda barqaror funktsiya — tonika bo’ladi. Shunday bo’lsa ham ayrim vaqtlarda tuzim dominantadan, ko’pincha takt oldidan boshlanadi. Tuzimning subdominanta bilan
boshlanishi ham
uchraydi. 3) Dastlab kuchsiz taktda kelgan akkordni yana bir marta kuchli hissada takrorlash o’rinsizdir. Murakkab taktlarda yoki oddiy taktlarning kuchli hissalarini bo’lib tashlaganda, bularga nisbatan kuchliroq hissalarning ham bo’linishini nazarda tutish kerak. Bu xildagi chegaralanish odatda har bir muzikaviy bayonning «garmonik sur’ati» bilan izohlanadi, bu «garmonik sur’at» avvalo kuchsiz payt bilan, undan keyin keladigan kuchli (yoki hatto nisbiy kuchli) payt orasidagi garmoniyaning o’zgarishi bilan xarakterlanadi, ya’ni «zarbga shailanish» bilai zarb orasidagi farqni (kuchsiz va kuchli hissasinn) ajratib beradi. Istisno -agar akkord taktning kuchli hissasida boshlansa, shu takt chegarasidan tashqarida ham
davom etirilishi mumkin . 4)Har juft akkordning to’g’ri qo’shilishiii kuzatib borish zarur, birinchisining ikkinchisi bilan, ikkinchisining uchinchisi bilan va shu kabi qo’shilishini oxiri- gacha
kuzatib boriladi. 5) Bas to’lqinsimon chizik bilan 1, 1/2 hech bo’lmaganda ikki oktava diapazom oralig’i bilan chegaralangan xolda harakatlanishi lozim. Bu chiziq ko’tarilish harakatn bilan tushish harakatining almashilishidan vujudga keladi . Xususan, bir yo’nalishida ketma-keti ikki marta kvinta (iloji bo’lsa kvartaga xam) yo’nalnshga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu xildagi yo’nalish, ayiiqsa, kuchli xissada boshlanib, yana kuchli xissada tugallanadigan bo’lsa, kuychan yo’nalish bo’la olmaydi. Biror akkord takrorlanadig’an bo’lsa,
basning kvarta va kvintaga sakrashidan tashqari, okgavaga sakrashiga xam yo’l qo’yish mumkim. Kuyni fortepiyanoda chalib, uning qaysi tonallikda ekanligini (uning fuktsional tuzilishini)oxirgi tovushi va kalit belisi a qarab aniqlanadi.
Topshiriq Berilgan na’munalarni garmoniyalang. Download 417.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling