Mavzu: Landshaft arxitekturasining inson estetik faoliyatidagi o'rni


Download 0.49 Mb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1224362
  1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1

Mavzu: Landshaft arxitekturasining inson estetik faoliyatidagi o'rni

Mamlakatimizda insonlarning turmush darajasini oshirish asosiy iqtisodiysiyosiy yo‘nalish hisoblanib, u tabiatdan oqilona foydalanish masalalari bilan bog‘liq holda olib borilmoqda. Shu bilan bir paytda tabiat resurslaridan oqilona foydalanish strategiyasi inson hayoti uchun qulay yashash muhitini yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu masalalarni amaliyotda hal etish aholi yashash joylarida ko‘kalamzorlashtirish tizimini yuzaga keltirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘kalamzorlashtirish ochiq maydonlarni landshaftli muhitni tashkil etish kabi faoliyat turi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

“Landshaft” termini nemischa so‘z bo‘lib, yerning ko‘rinishi, joyning ko‘rinishi ma'nosini bildiradi. “Landshaftli qurilish” va“landshaft dizayni” terminlari ilk bor bundan yuz yil avval AQShda birinchi milliy bog‘lar tashkil etilish davrida paydo bo‘ldi. Yirik sanoatlashgan shaharlarni yuzaga kelishi ularda landshaftli muhitlarni yaratishni taqozo etdi. Yevropaga landshaft tushunchasi keyinroq kirib keldi.

Landshaft dizaynining eng muhim vazifalaridan biri-inson hayoti uchun sog‘lom va to‘laqonli estetik tabiiy muhit yaratishdir. Bu ma'noda landshaft dizayni landshaft arxitekturasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Demak landshaft dizayni hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xajmiy-masofaviy jihatdan yondoshib, tabiiy landshaft

Eng qadimgi bog‘ parklarning fanga ma’lum bo'lganlari yer yuzining dastlabki sivilizatsiyalaridan biri hisoblangan Misr hududida vujudga kelgan. Sug‘orilish inshootlari va qurilmalarining rivojlangan tizimiga asoslangan yuksak saviyadagi Misr dehqonchiligi o‘lkaga xos issiq iqlim, jazirama quyosh taftidan bekinish va quyuq soyaga erishish ehtiyojlari bu o'lkada bog'lar yaratishni talab qilgan. Misrda eramizgacha II ming yillik o'rtalaridan boshlangan Yangi podsholik davri naqsh-bezaklarida turli hovuzlar va bir-biridan farqlanuvchi ekinlar va daraxtlarga, to‘g‘ri burchakli muntazam me’moriy rejaga ega bo'lgan xususiy bog'larning tasvirlari uchraydi. Bunday bog'lar hukmdorlar saroylari qoshida, badavlat uylaming ichki hovlilarida, ibodatxonalar atrofida, ularning muqaddas hisoblangan bo'limlarida qurilgan. Saroylar va ibodatxonalar, odatda, Nil daryosining toshqini etib bormaydigan tepalik va qirlarda qurilgan. Ehtimol shu sababdan Qadimgi Misr qirlari etaklarida pog'onali (ko'p sahnli) bog'lar vujudga kelgan. Saroylaming ichki hovlilari tekislanib, to'g'ri burchakli tekis bog'lar shakllantirilgan. Bog' chetlariga katta dov-daraxtlar, ichkariga esa pastqamroq daraxt va butalar ekilgan. O'rtada katta hovuz, uning yoniga soyabon qurilgan. Misr bog'larining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, ularda hovuzlar, gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, uzumzor va sabzavod zorlarning aralash ekilishidir. Daraxt qatorlari orasidagi bo‘sh joylarga sabzavot va gullar ekilgan. Tokzorlar uchun esa alohida maydon ajratilgan.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling