Mavzu: Leksik uslubiyat Eshikni och! "Eshak"- degim keldi-yu, Tulporini eshitib qolsa xafa boʻlishini


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1025461
Bog'liq
2- mustaqil ish-WPS Office



2- mustaqil ish
Mavzu: Leksik uslubiyat
... - Eshikni och! "Eshak"- degim keldi-yu, Tulporini eshitib qolsa xafa boʻlishini
oʻyladim. - Eshikni och, hoʻkiz!
Bu parcha "Ikki karra ikki besh" asaridan olingan. Bundagi eshak iborasi maʼnoni
kuchaytirish uchun xizmat qiladi va salbiy maʼnoda qoʻllangan. Va yana hoʻkiz iborasi
ham qoʻllangan salbiy maʼnoda qoʻllangan. Ammo bu iborani ijobiy maʼnoda ham
qoʻllasa boʻladi. Masalan: "Hoʻkizdek kuchi bor" deb kuchi koʻpligini takidlaganimizda.
... Ana endi oʻzingiz oʻylang! Mehnat darsi zo'rmi? Har kuni ochiq havoda yurasiz.
(Biologiya malimimiz aytgandek, "ochiq havo -tanga davo"). ....
Bu parchada esa xalq maqoli qoʻllangan.
... Bir mahal hushimga kelsam, hammayoq qop-qorong'i. Negadir dimogʻimga pichan
hidi kirdi. Boshimni ushlab koʻrdim: joyida. Oyogʻimni silab koʻrdim: butun...
Dimogʻ soʻzi bu yerda ijobiy maʼnoni beryapti. Shaklan bu ot oʻzbek tiliga tojik tilidan
olingan; maʼno jihatidan umumiylik koʻchma maʼnoda koʻrinadi;
Dimogʻ — 1) halqumning yuqori boʻlimi, burun ichi; anatomiyada notoʻgʻri toʻrtburchak
shaklidagi yupqa suyak (vomer) D. suyagi deb ataladi; 2) soʻz birikmalarida magʻrurlik,
gerdayganlikni (mas, dimogʻi baland, dimogʻ-dor) yoki xushkayfiyatni ifodalaydi
Burun boʻshligʻi bilan ogʻiz boʻshligʻining tutashadigan yeri; halqumning yuqori boʻli-mi.
◆ Gulroʻyning dimogʻiga gup etgancha nam tuproqning xush boʻyi urdi. "Yoshlik" .
◆ Oʻchoqda damlab qoʻyilgan palov hidi dimogʻiga urilib, ishtahasini qitiqladi.
"Yoshlik" .
Bu parchada insonning tana aʼzosi maʼnosida qoʻllangan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling