Mavzu: lerish sindromi
Download 4.62 Kb.
|
Mavzu lerish sindromi-fayllar.org
Mavzu: lerish sindromi MUSTAQIL ISHITOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI 1-DAVOLSH ISHI FAKULTETI DAVOLASH ISHI YUNALISHI 305C-GURUH TALABASI Qurbonov Abdullaning ICHKI KASALLIKLAR FANIDANMAVZU: LERISH SINDROMI«Lerish sindromi» atamasi klinik amaliyotda qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalarning stenozlaydigan va okklyuziyaqiladigan zararlanishlarinatijasidagi buzilishlar yig’indisini ifodalashda ishlatiladi. Bu sindrom klinik manzarasini birinchi mart 1923 yilda frantsuz xirurgi Rene Lerish batafsil tasvirlagan. Bu kasallik patologik anatomik tekshirishlarda 0,14% xollarda uchraydi (Felson, 1954). Etiologiyasi. Qorin aortasi va yonbosh arteriyalarining stenozlaydigan zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklardan yuz berishi mumkin. Tug’ma kasallik-larga aorta qorin bo’limi gipoplaziyasi yoki atreziyasini kiritish lozim. Kasallik ham yallig’lanish bo’lmaydigan, ham orttirilgan yallig’lanish kasalliklaridan kelib chiqishi extimol. Aortaning yallig’lanishga aloqador bo’lmagan kasalliklari orasida ateroskleroz ko’p uchraydi (70-85%). Klinikasi. Arterial o’zagining aorta-yonbosh segmenti zararlanganda oyoq Ishemiyasi klinik manzarasi rivojlanishiga faqat 3 ta omil sabab bo’lishi mumkin: 1) aorta ateromatoz pilakchalari yaraga uchrab, distal o’zanning ateromatoz emboliyasi; 2) terminal aorta va umumiy yonbosh arteriyalarining trombozi; 3) oyoqlar distal bo’limlari (son va taqim osti segmentlari) birgalikda aterosklerotik zararlanishi. Xuddi shu «ko’p qavatli» aterosklerotik zararlanish zo’riqish ishemiyasi manzarasi, so’ngra tinchlikdagi oyoq ishemiyasi avj olishiga olib keladi. Bu jarayon oyoqlarning ro’yrost trofik o’zgarishlari bilan, gangrena rivojlanishi bilan tugallanadi. Oyoqlarning klinik yuzaga chiqadigan ishemiyasi qorin aortasi terminal bo’limining to’liq okklyuziyasida yoki aorta- yonbosh segment stenozida paydo bo’ladi. Qorin aortasi stenozlovchi zararlanishlarining klinik manzarasi joylashgan o’rniga, uzunligiga, kollateral qon aylanishi avj olishiga va kasallikning qachon boshlanganiga bog’liq va chanoq organlari, dumba va oyoq muskullarida ishemiya avj olishi bilan aloqador bo’ladi. Bemorlar yurganda birinchi galda boldir muskullaridagi og’riqdan noliydilar. Og’riq tekis joydan yurganda to’satdan paydo bo’ladi va tez o’tib ketmaydi. Bemor to’xtab qolishga majbur bo’ladi. Davolash. Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyasi zararlangan bemorda IIB, III va IV bosqichlardagi ishemiya operatsiya qilib davolashga ko’rsatma hisoblanadi. I va IIA bosqichlarda konser-vativ davolash kerak bo’ladi. Yangi bo’lganmiokard infarkti, 3 oy bo’lib o’tgan insult, III darajadagi yurak etishmovchiligi, og’ir o’pka emfizemasi, jigar tsirrozi, jigar va buyrak etishmovchiligi operatsiya usulida davolashga qarshilik hisoblanadi. Korin aortasining surunkali okklyuziyalari Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq ishemiyasi manzarasi bilan o’tadigan og’ir kasalliklar hisoblanadi, ularni Lerish 1940 yilda yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining stenozlovchi zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklarga bog’liq, bo’lishi mumkin. Aorta qorin bo’limining gipoplaziyasi va atreziyasini tug’ma kasalliklarga kiritish mumkin. http://fayllar.org Download 4.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling