Mavzu: Linux operatsion tizimi va uni kompyuterga o’rnatish. Reja


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1326515
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mustaqil ish

«Загрузить
обновления
во
время
установки
Ubuntu»(Ubuntuni o'rnatish paytida yangilanishlarni
yuklab olish) bayroqchasini belgilab, «Продолжить»
tugmasi bosiladi.


Qattiq diskda tizim uchun bo’limlar ajratish
Ushbu bo’limda Linux Ubuntuni qattiq disk bo'sh
bo’lganda, unda bo’limlar ajratib o’rnatish ko’rsatilgan.
Barcha kerakli amallar qo'lda bajariladi. Ya’ni tizimni
o’rnatuvchiga qattiq diskda bo'limlar yaratish va ularning
hajmini belgilash imkoniyati beriladi. Buning uchun 6-
rasmdagi oynadan «Другой вариант» bandini tanlash
kerak.
6-rasm. Tizim tarkibidagi dastur, ilova va
yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash oynasi
Shu bilan birga, bu oynada diskni qo'lda bo'lish bilan
ovora
bo'lishni
xohlamasdan,
o'rnatish
dasturi
yordamida qattiq diskni avtomatik ravishda bo’limlarga
ajrataish imkoniyatini beruvchi «Стереть диск и
установить Ubuntu» (Diskni o'chiring va Ubuntuni
o'rnating) variantini xam tanlash mumkin.
Agar kompyuterda allaqachon o'rnatilgan tizim bo'lsa,
o'rnatuvchi dastur yana bir nechta variantlarni taklif
qilishi
mumkin,
masalan:
«Переустановить
систему»(Tizimni qayta o'rnatish), «Удалить систему и
совершить переустановку»(Tizimni olib tashlash va
qayta o'rnatish) va «Установить Ubuntu рядом с уже
установленной системой»(Ubuntuni o'rnatilgan tizim
yonida o'rnatish-bunda kompyuter yoqilganda, qaysi
tizimni yuklashni tanlash mumkin).
Tizimni o’rnatish «Другой вариант» bandini tanlab,
«Продолжить»
tugmasini
bosish
bilan
davom
ettiriladi.
Odatda bo'sh qattiq diskda bo'limlar bo’lmaydi, shuning
uchun ularni yaratish kerak. Buning uchun keying oynada
«Новая таблица разделов»(Yangi bo'lim jadvali) tugmasi
bosiladi.


7-rasm. Qattiq diskda bo’limlarni yaratish oynasi
O'rnatish dasturi yangi bo'lim yaratilishini va bu
diskdagi
mavjud
barcha
bo'limlar
o'chirilishini
ogohlantiradi, bo'sh qattiq disk holatida bo'limlar
bo’lmaydi,
shuning
uchun
keying
oynada
«Продолжить» tugmasi bosiladi.
Keyingi oynada yangi bo'lim yaratish uchun
«Свободное место» bo’limini tanlab
+
belgisi
bosiladi.
8-rasm. Bo’lim ro’yxatini ko’rish va ularni
yaratish oynasi


Birinchidan, tizimning o'zi uchun tizim bo'limi (ildiz bo'limi)
yaratilishi kerak. Buning uchun keyingi ochiladigan oynada(9-
rasm) quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatamiz:
Размер(Hajmi) - ildiz bo'limi uchun kamida 10-15 Gigabayt
hajm ko'rsatish kerak, lekin ko'proq, masalan, 50 Gigabaytni
ko'rsatish yanada yaxshiroq;
Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - "Первичный"
varianti tanlanadi;
Местоположение
нового
раздела(Yangi
bo'limning
joylashuvi) - "Начало этого пространства" varianti tanlanadi;
Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimini
tanlash tavsiya etiladi, chunki bu fayl tizimi ildiz bo'limiga eng
mos keladi;
Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - ildiz bo'limi
uchun "/" belgisini qo'ying va "OK" tugmasi bosiladi.
9-rasm. Yangi bo’lim yaratish oynasi
Tizim bo'limi yaratiladi, endi foydalanuvchi
ma'lumotlari saqlab turish uchun alohida bo'lim
yaratilishi
kerak.
Bu
bo’lim tizimni qayta
o'rnatishda
yoki
hatto
Linux
distributivi
o'zgartirilayotganda, foydalanuvchining barcha
shaxsiy
ma'lumotlarini
(hujjatlar,
rasmlar,
videolar) o'z joyida saqlab qolish uchun kerak
bo’ladi.Buning uchun, 10-rasmdagi oynada
«Свободное место» bo’limini tanlab yana +
belgisi bosiladi va ochiladigan oynada(11-rasm)
quyidagi ma’lumotlar kiritiladi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling