Mavzu: Litоsferа tеktоnik plitаlаri va ularning harakatlari
Litosfera plitalari tektonikasinazariyasining hozirgi mazmuni
Download 25.97 Kb.
|
Hujjat
2.Litosfera plitalari tektonikasinazariyasining hozirgi mazmuni. O‘tgan o‘n yilliklarda litosfera plitalari tektonikasi nazariyasi o‘zining asosiy mazmunini ancha o‘zgartirdi. Hozir ularni shunday ta’riflash mumkin:
Yerning ustki qattiq qismi mo‘rt litosferaga va plastik astenosferaga bo‘linadi. Astenosferadagi konveksiya - litosfera plitalari harakatining bosh sababchisi. Litosfera 8 ta yirik, o‘nlab o‘rtacha o‘lchamdagi va ko‘plab mayda plitalarga bo‘linadi. Mayda litosfera plitalari yiriklarining orasidagi qambarlarda joylashgan. Seysmik, tektonik va magmatik faollik litosfera plitalari orasidagi chegaralarda kuzatiladi. Litosfera plitalari birinchi qarashda qattiq jism kabi ko‘rinadi, ammo ularning harakati Eylerning aylanish teoremasiga bo‘ysinadi. Litosfera plitalarining nisbatan surilishi uch turda amalga oshadi: a) rifting va spreding orqali ifodalangan ajralish (divergensiya); b) subduksiya va kolliziya orqali ifodalangan tutashish (konvergensiya); v) transformali yer yoriqlari bo‘ylab siljish. Okeanlardagi spreding ularning chekkalaridagi subduksiya va kolliziya bilan kompensatsiyalanadi, bunda Yerning radiusi va hajmi o‘zgarmasdan qoladi. Yer o‘lchamlarining doimiyligi davriy ravishda rad etilib kelingan, ammo yerning sezilarli o‘zgarishini tasdiqlovchi dalillar yetishmaydi. Litosfera plitalarining surilishi astenosferadagi konvektiv oqimlar yordamida amalga oshadi. Yer po‘stining batamom o‘xshash bo‘lmagan ikki turi - kontinental po‘stloq (ancha qari) va okean po‘stloq (200 million yildan ortiq emas) mavjud. Ba’zi litosfera plitalari faqat okean turidagi po‘stdan (masalan - ulkan Tinchokean litosfera plitasi), boshqalari esa okean po‘stiga payvandlanib qolgan kontinental po‘stning bloklaridan iborat. Yer yuzasining 90% dan ortiqirog‘ini 8 ta ulkan litosfera plitalari tashkil etadi (2.58-rasm): Avstraliya plitasi Antarktida plitasi Afrika plitasi Yevrosiyo plitasi Hindixitoy plitasi Tinchokean plitasi Shimoliy Amerika plitasi O‘rtacha o‘lchamdagi litosfera plitalariga misol qilib Arabiston yarimoroli, Arabiston subkontinenti, Kokos va Xuan de Fuka, Karib, Filippin, Naska kabi litosfera plitalarini ko‘rsatish mumkin. 3. Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling