Mavzu: Litosfera va uning tuzilish sxemasini chizish


Download 27.87 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi27.87 Kb.
#1035907
1   2
Bog'liq
litosfera haqida

 Yadro.
Yer qobig‘i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog‘li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o‘zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig‘ini o‘rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi.
Qobiqdagi tog‘ jinslari harorati o‘rtacha har 33 metrda 1 ºC ga ko‘tariladi.
Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho‘kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho‘kindi jinslar asosan organik moddalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho‘kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo‘lib, u yer qobig‘ida magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o‘tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo‘lib, u granitdan ko‘ra og‘irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko‘proq.
Qobiqdan keyin, 33-29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo‘rg‘oshindan ekanligi va o‘rtacha harorati 2000 ºC atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig‘i va mantiyasining yuqori qismi o‘zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo‘lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo‘ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo‘ylab zilzilalarning nisbatan ko‘p o‘choqlari paydo bo‘ladi. Mantiya va qobiq chegarasi - «Moxrovich yuzasi» deb ataladi va unda seyesmik to‘lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120-150 km, okeanlardan esa 60 - 400 km chuqurlikda «Atenosfera» deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo‘lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o‘zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o‘z sirti bo‘ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar.

Yerning markaziy qismini esa, 29000-6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o‘z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900 - 5000 kilometr qalinlikda bo‘lib, uning suyuq holda, ya'ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi - ichki yadro 5000 - 6731 kilometr qatlamda bo‘lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to‘liq o‘rganib chiqilmagan.


Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. 
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. 
 Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.
Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. 
 Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan. 
 Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. 
Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.
Litosferaning tuzilishi, Litosfera tarkibi
Erning tosh qobig'i - er Kora yuqori mantiya bilan mahkam bog'lab, u bilan bitta butun son hosil qiladi. O'rganish erqobig'i Va litosfera ilmiy tadqiqotlarni er yuzasida sodir bo'lgan jarayonlarni tushuntirishga imkon beradi va kelajakda sayyoramizning paydo bo'lishiga oldindan aytib berishga imkon beradi.


 
 

Litosfera yunoncha (qattiq tosh qobiq degan ma’noni anglatadi ). U o/z ichiga yer po’stini va yuqori mantiyani astenosferagacha bo’lgan qismini olib, taxminan 250-300km chuqurlikgacha davom etadi.


litosfera uzoq davom etgan geologik jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan magmatik, chokindi, metamorfik jinslarning yig’indisidan tashkil topgan

Litosferaning tarkibiy tuzilishi
1.2
Yer po’sti tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi:materik, okean, oraliq.
Materikyer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qismdan iborat: 
-cho’kindi qatlam qalinligi 10km dan iborat
-granitli qatlam qalinligi 10-15
-bazalt qatlam qalinligi 15-35
Materik yer po’stining o’rtacha qalinligi 15-35km, tog’li o’lkalarda esa 70-80km o’rtacha zichligi 2.7gg/sm
Okean yer po’sti ikki qatlamdan iborat 
-cho’kindi qatlam qalinligi 2-5km
-bazalt qatlam qalinligi 5-10km


  • 1 далимов Т.Н., Троицкий В.И. Эволюционная геология (история геологической эволюции Земли). – Ташкент: Университет, 2005

  • 2 Чечкин С.А. Основы геофизики. - Л. Гидрометеоиздат, 1990.

  • 3 Павлов А.Н. Геофизика. Общий курс о природе Земли. Учебник. – СПб.: изд.РГГМУ, 2006. – 454 с

Internet saytlar.
www.Ziyo.net





Foydalanilgan adabiyotlar ro’yati.

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling