Mavzu: lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi


Qisqa muddatli ijara hisobi -


Download 285.35 Kb.
bet11/15
Sana10.02.2023
Hajmi285.35 Kb.
#1186923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tadbirkorlik va boshqaruv

Qisqa muddatli ijara hisobi - Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida, ijaraga beruvchida esa asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Qisqa muddatli ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
d) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
j) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
z) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;




Download 285.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling