Mavzu: lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi
,2. Keyingi lizing bo‘yicha mulkni sotishning hisobi
Download 285.35 Kb.
|
Tadbirkorlik va boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli ijara hisobi
2,2. Keyingi lizing bo‘yicha mulkni sotishning hisobi.
Lizingga beruvchiga mulkni sotish hisobi sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktabr ro‘yxat raqami 1181-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi” 2002-y., 20-son) muvofiq amalga oshiriladi. Keyinchalik lizing hisobi lizingga oluvchi va lizingga beruvchida mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi. Uzoq muddatli ijara hisobi - Asosiy vositalar uzoq muddatli ijaraga berilganda ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan asosiy vositaning boshlang‘ich (agar berilayotgan obyekt foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar obyekt ijaraga berishgacha foydalanishda bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq summasi rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldig‘i) ni, ya’ni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgandan so‘ng kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara to‘lovlarining hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi. Asosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartlariga muvofiq ijaraga berilishi ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) asosiy vositalarni ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha ijaraga berilishi: debet 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti; kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda: debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100); v) asosiy vositalarning jamg‘arilgan eskirishi hisobdan chiqarilganda: debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200); kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; g) ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar; d) mazkur asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga: debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; e) uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda: debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti; j) uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda: debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti; kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti; Download 285.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling