Mavzu: ljodkor shaxsiyati va iiodiy individuallik masalasi
Download 8.59 Kb.
|
Mavzu ljodkor shaxsiyati va iiodiy individuallik masalasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qator adiblar ijodida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib koʻrinadi.
1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, maʼnaviy, oilaviy masalalarga eʼtiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) oʻzbek xalqining oʻzligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.Adabiyotshunos olim “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir”, deya xulosa qiladi. Yoʻldosh Solijonov ham oʻzining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning boʻlinish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. Olimning taʼkidlashicha, zamonaviy oʻzbek adabiyoti “… Sharq adabiy anʼanalarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini oʻzlashtira boshladi”2. Lekin, deya taʼkidlaydi Y. Solijonov, jahon adabiyoti anʼanalari oʻzbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi.Adabiyotshunos olim “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir”, deya xulosa qiladi. Yoʻldosh Solijonov ham oʻzining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning boʻlinish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. Olimning taʼkidlashicha, zamonaviy oʻzbek adabiyoti “… Sharq adabiy anʼanalarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini oʻzlashtira boshladi”2. Lekin, deya taʼkidlaydi Y. Solijonov, jahon adabiyoti anʼanalari oʻzbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi.Qator adiblar ijodida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib koʻrinadi. Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashib olgan yoki “ortiqcha odam”ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, “har bir adib yolgʻizlik fojiasini oʻzicha ochib beradi”. Olim Tohir Malik, Xurshid Doʻstmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab oʻtar ekan, quyidagi belgilariga koʻra, zamonaviy badiiy asar yaratishda oʻzbek adabiyoti uchun yangilik boʻlgan oʻziga xos tendensiyalarni keltirib oʻtadi. Bular: 1) nasihatgoʻylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining oʻzgarganligiga urgʻu berish, ikki yoʻl oʻrtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, gʻoyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatib yashashi; 4) oʻzbek xalqining sobiq shoʻrolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) joʻshqin syujetlarga intilish (“bozor adiblari” va “bozor adabiyoti”ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik. Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy oʻzbek adabiy jarayonini toʻla qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar oʻzbek adabiyoti taraqqiy etib borayotganini koʻrsatadi. Download 8.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling