Mavzu: lolasimonlar sinfining ba`zi vakillarini o`rganish kerakli materiallar


Download 179.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2020
Hajmi179.43 Kb.
#101213
Bog'liq
2.8-botanika lola lab

background image
MAVZU: LOLASIMONLAR SINFINING BA`ZI VAKILLARINI 

O`RGANISH  

Kerakli  materiallar:  Kesselring  savrinjoni  –  Cholchicum  kesselringii, 

Rangsiz yuno — Juno subdycolorata,  Juno subdycolorata, Qizil lola, Greyg lolasi 

— Tulipa greigii  kabi o‗simliklaming gerbariy namunalari yoki tirik namunalari, 

laminantli  rasmlari, lupa, al`bom, rangli  qalam,o`simliklarni  aniqlagichi  qullanma 

va internet materiallari, (electron) kitoblar.  

Umumiy tushuncha 

Sarvinjon  -  Cholchicum  turkumi  Bu  turkum  vakillari  tugunak 

piyozboshli,barglari tasmasimon,ildiz bo‘g‘zidan chiqqan erta bahorda yoki kuzda 

gullovchi  o‘t  o‘simlik.  Uning  tugunak  piyozboshi  parda  bilan  qoplangan  guli 

yirik,yakka  2  jinsli.  Gulqo‘rg‘oni  uzun  naysimon,sariq  ,oq  ,pushti,  gilos  rangda 

bo‘lib  ,tagi  birikkan.  Urug‘chisi  6  ta  ,3  tasi  uzunroq,zaxarli  o‘simlik.  Kesselring 

savrinjoni  –  Cholchicum  kesselringii  bu  tur  manzaraligi  jihatidan  alohida  o`rin 

tutadi. Shu sababli O`zbekiston ―Qizil kitobi‖ iga kiritilgan. 

Yuno  (Juno)  turkumi.  Turkumga ancha yo'g'on ildizli, tuganakli, bo'yi' 5-

30  smga  yetadigan  o't  o'simliklar  kiradi.  Barglari  tarnovsimon,  o'roqsimon,  ikki 

qator  bo'lib  joylashgan.  Gulqo'rg'oni  to'g'ri,  bargchalari  6  ta,  har  xil,  qo'shilib 

naycha  hosil  qiladi.  O'rta  Osiyoda  30  turi,  Q'zbekistonda18  turi  o'sadi.  Rangsiz 

yuno  —  Juno  subdycolorata.  Ko'p  yillik  piyozli  o't  o'simlik.  Bo'yi  3  sm  cha, 

barglari  4—6  tadan.  poyaga  tig'iz  joylashgan.  Guli  1—3  ta  xira  och  yashii. 

Adirlarda, soz, tuproqli yerlarda 

o'sadi. 


Lola  (TULIPA)  turkumi  . Bu  turkum  vakillarining piyozi  asosan qo'ng'ir. 

Poyasi  bargli.Gullari  ko'pincha  yakka-yakka  joylashgan,  gulqo'rg'oni  oddiy, 

guliojsimon.  oq  rangli.  Gulqo'rg'on  bo'laklari  6  ta,  tutashmagan.  3  tadan  2  ta 

doirada o'rnashgan. Changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta. Mevasi uch qirrali ko'sakcha. 

O'rta  Osiyoda  64  turi,  0'zbekislonda  21  turi  o'sadi.  Qizil  lola,  Greyg  lolasi  — 

Tulipa greigii. Ko'p yillik piyozli o't, bo'yi 20—40 sm. Barglarining ustida unafsha 

rangli  dog'lari  bor.  Gulqo'rg'on  bo'Iaklari  qizil,  osti  sariq,  qora  dog'li.  Aprel-may 

oylarida  gullab.  meva  beradi.  Respublikaning  adir  va  tog'larida  tarqalgan. 

O'zbekiston Respublikasi ―Qizil kitob"iga kiritilgan.  

 

Topshiriqlar 

1.  Cholchicum kesselringii ni gerbariy namunasi bilan tanishish, vegetative va 

generative organlarini rasmini chizish  

2.  Juno subdycolorata  ni  gerbariy namunasi bilan tanishish. 

3.  Tulipa greigii gerbariy namunasi bilan tanishish  barg, gul va gul qismlarini 

chizib olish va uchala turni bir-biri bilan solishtirish. 



 
background image
 

 

 

 



Chizib olish uchun rasmlar 

 

 

 

 

 

 

 

  



 

Download 179.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling