Mavzu: loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyat laridan foydalanish va vizuallashtirish (3d max, catia, kompas, solid works, autocad, parasolid, solid edge, coreldraw) Ishdan maqsad


Download 1.09 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1387230
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy (3)

AutoCAD dasturida ishlash
AutoCAD - АQSh Autodesk kompаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo’lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir.
AutoCAD dаsturi 1982 yildа yarаtilgаn bo’lib, u dаstlаb fаqаt MS DOS tizimi uchun ishlаb chiqilgаn edi. 2000 yildаn boshlаb grаfik yasаshlаrni аvtomаtlаshtirish аsosidа loyihаlаsh dаsturlаri mukаmmаl yarаtilа boshlаndi vа hozirgi vаqtdа Autodesk kompаniyasi AutoCAD tizimini fаqаt Microsoft Windows uchun ishlаb chiqmoqdа. Loyihаlаsh ishlаrini аvtomаtlаshtirish degаndа nimаni tushunish kerаk? Аvvаlo grаfik yasаshlаrni grаfik dаsturlаrning imkoniyatlаri аsosidа аvtomаtik аniq bаjаrish tushunilаdi. Zаmonаviy AutoCAD (Auto Computer-Aided Design – komp`yuter yordаmidа аvtomаtik loyihаlаsh) tizimi interfeysi komp`yuterning eng zаmonаviy vositаlаri vа texnologiyalаrining imkoniyatlаrini hisobgа olgаn holdа yarаtilgаnligi bois chizmа vа sxemаlаrni, loyihаlаsh mаsаlаlаrini yuqori sifаtdа bаjаrilishini kаfolаtlаydi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 35 yildan oshgan bo’lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop dastur bo’lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis – texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda.
A utoCAD 2006 dasturi o’rnatiladigan kompyuter ma’lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo’lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi:
Operatsion sistema.
WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2)
WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2)
WINDOWS XP Tablet PC
WINDOWS 2000 (sp4)
Web – brauzer
Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket)
Izoh: dastur o’rnatilgandan so’ng rasmiylashtirish uchun zarur.
Processor Pentium IV yoki undan yuqori 1.5 GGts OZU (operativ xotira) 512 MB (tavsiya etiladi) Video 1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum) Qattiq disk (vinchester)
1 GB o’ringa ega bo’lishi
Ko’rsatish qurilmasi Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar CD – ROM Dasturni o’rnatish uchun, qaysi model bo’lishidan qat’iy nazar zarur
Ushbu mа`ruzаdа loyihаlаsh ishlаrini аvtomаtlаshtirishning grаfik dаsturi AutoCAD tizimining imkoniyatlаri bilаn tаnishib chiqаmiz.
2. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli. AutoCAD ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
1-rasm. AutoCAD dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash muhiti. Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha;
2. Asosiy menyu;
3. Asboblarning standart paneli;
4. “Obyektning xususiyati” paneli;
5. “Chizish” paneli;
6. “O’zgartirish” paneli;
7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri);
8. Holatlar satri;
9. Asosiy ishchi maydon;
10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati.
AutoCAD 2004 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 1-rasmdagidan farq qilishi mumkin.
“AutoCAD” ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:

Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo’lib, ular yordamida o’quv kursining barcha topshiriqlari bajariladi. Ishchi oyna panellari bilan tanishib chiqsak.
Menu satri va Standart asboblar paneli bizga informatika fanidan tanish. Ularning aksariyat funksiyalari Windows qobig’ining barcha dasturlari (Wopd, Excel, Access) kabidir;
«Свойства» - xususiyatlar paneli chizma chiziqlari rangini, turini va
qalinligini belgilab beradi.

Faol tugmalardan biri tanlansa interaktiv oyna ochiladi va unda kerakli parametrlar tanlanadi:

Chiziq turini tanlash tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud chiziq turlari ko’rsatiladi. Unda «Другой» - Boshqa bandi tanlanadi va «Диспетчер типов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasidagi «Загрузить» - Yuklash tugmasi bosilib, keyingi muloqot «Загрузка/перезагрузка типов линий» - Chiziq turlarini yuklash oynasi ochiladi.

Ushbu faol oynadan kerakli chiziq turi tanlanib, “OK” tugmasi bosilsa bo’ldi. «Прокрутка» - varaqlagich dastaklar yordamida keyingi chiziq turlarini ko’rish mumkin. «Диспетчертипов линий» - Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasida ham “OK” tugmasi bosiladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling