Mavzu: Lyumenissensiyaning magnit sirkulyar qutblanishi


Download 91.54 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi91.54 Kb.
#1412043
  1   2   3
Bog'liq
Lyumenissensiyaning magnit sirkulyar qutblanishi


Buxoro Davlat Universiteti
Fizika-Matematika fakulteti
1-kurs Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) magistranti
Husenova Maxliyoning Magnitooptika
fanidan bajargan
Mustaqil ishi.

Qabul qildi: D.R.Djurayev


Bajardi: M.S.Husenova


Buxoro-2022


Mavzu:Lyumenissensiyaning magnit sirkulyar qutblanishi.
Reja:

  1. Lyumenissensiyaning magnit sirkulyar qutblanishi.

  2. Moddalarning qutblanishi.

  3. Molekulalarning aylanma harakat spektri.

  4. Zeeman effekti.

Ma`lumki, magnitooptika yorug’likni magnitlangan moddalar bilan o`zaro ta`sirini o`rganuvchi fizikaning bo`limi bo`lib, fizikaviy optika va magnit hodisalar fizikasikesishishida joylashgan. Magnitooptikaning rivojlanishi 1846-yili magnit maydonida joylashtirilgan shishadagi yorug’lik qutblanish tekisligi burilishini Faradey tomonidan (yaratilishi) ixtiro etilishi bilan boshlandi.Birinchi bosqichda asosan magnitlangan moddalardan o`tgan yoruog’lik xarakteristikalarining o`zgarishi tadqiq etildi.Ushbu magnitooptikaning mumtoz (klassik) davrida olimlarni asosan yorug’likni o`zi qiziqtirdi.Ko`pgina qiziqarli natijalar olindi.O`sha paytda kvant fizikasi, moddalar tuzilishi va ularning energetic spekrtlari haqida zamonaviy tasavvurlar atomlar spektroskopiyasi faol rivojlangan edi. Yakkalangan atomlarning magnitooptik spektrlarini o`rganish o`sha davrdagi umumiy fizikaviy ishlarga juda muhim qo`shimcha bo`ldi. Biroq o`sha vaqtda, qachonki optikaviy spektroskopiyada sakrash paydo bo`lganda magnitooptika o`z vazifalari bilan shug’ullanar edi, chetdan xuddi fanning bu bo`limi tragedik tuyular edi.Buni 1908 - yildan to 50- yillargacha magnitooptika bo`yicha ishlarning chop etilmaganligidan ham bilsa bo`ladi.
Magnitooptika rivojlanishining ikkinchi zamonaviy bosqichi ya`ni yorug’likning modda bilan o`zaro ta`sirlashuvini o`rganishda yangicha yandashuv paydo bo`lganda 50- yillar boshlandi. Tadqiqotchilar, magnitooptik hodisalardan foydalanib magnit tartiblangan kristallarning ichki tuzilishi haqida axborot olish mumkin emasmikan degan savolga e`tibor berishdi. Hozirda esa fiziklarni yorug’lik modda bilan o`zaro ta`sirlashganda qanday yorug’likning o`zgarishlari emas balki shu moddaning qanday strukturaviy xususiyatlari shunday o`zgarishlarga olib kelishi ko`proq qiziqtiradi. Ushbu muammo magnit hodisalar fizikasiga yaqinroq turadi.Shuning uchun bunday masalani optiklar emas 6 magnitologlarning qo`yishlari taajublanarli emas, chunki ular birinchi navbatda optikaviy usullarni magnit kristallar tuzilishining tatqiqotiga qo`llashga moyil edilar. Hozirgi kunlarda ham ushbu yo`nalishga bo`lgan qiziqish so`ngani yo`q, aksincha rivojlanmoqda. Agar birinchi yillarda ushbu yo`nalish ma`lum darajada enzotik ko`ringan bo`lsada, kuchli ilmiy yo`nalishga aylandi – magnit kristallarning magnitooptikasi ko`pgina amaliyotga qo`llanilmoqda va yanada kengaymoqda. Magnitooptikaning qo`llanilishi keng va turlichadir. Tadqiqotlarning asosiy yo`nalishi bo`lgan –magnitooptik spektroskopiya moddaning to’g’ridan to`g’ri energetik strukturasi o`rganilishidagi usuldir. Magnitooptik spektroskopiyaning ma`lum darajada chegaralanganligiga qaramasdan u faqat kristallarda qo`llanilishi mumkin. U odatdagi optikaviy spektroskopiyadan afzaldir, chunki unda ancha sezgir bo`lgan differensial, dinamik usullarni qo`llash imkoniyati bor. Bunday ta`sirga tashqi elastik kuchlanish, elektr maydoni, radiochastotali maydon va hokfzo. Ushbu holatda magnit maydoni ma`lum chastotalarda moddaning xossalarini tebratadi bu esa o`z navbatida yorug’likning xossalarini shu chastotalarda o`zgarishiga olib keladi va dinamik usuldan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari magnitooptik spektorlar magnitlanish (belgisiga) qutblanishiga sezgir, shuning uchun qanday energetik sathlarda o`tishlar bo`layotgani haqida aniqroq axborot beradi. Magnitooptikadan fizika va kimyoning sohalarida keng va turli tumancha foydalanish mumkin. Masalan past haroratlar fizikasi kupgina sohalarda qo`llanilishi mumkin bo`lgani kabi, magnitooptikadan ham fanning boshqa sohalaridagi murakkab masalalarni echishda foydalanish mumkin, masalan kimyoda, katalitik aktivlikni tadqiq etishda, fizikada ferromagnit rezonansining magnit strukturasini tadqiq etishda moddaning juda katta chastotali elektromagnit maydonda o`zini tutishida. Magnitooptikaning eng ko`p qo`llaniladigan sohasi bu amaliyotdir. Bu erda amaliyotchilar magnitooptik jarayonlarni magnitlanishdan 7 chiziqli bog’lanishda deb olishadi. Ushbu holda biz bilamizki magnitooptik tadqiqot usuli odatdagi magnit moddalarni tadqiq etish usuliga o`xshashdir ya`ni qachon signal magnitlanishga proportsional (ya`ni birlik hajmdagi magnit momentiga). Magnitooptikning turli yo`nalishlari bo`yicha yirik tadqiqotlar o`tkazib kattagina iz qoldirgan olimlardan Borivik-Ramanov A.S, Smolenskiy G.A, Krinchik G.S, Pisarev R.V., Zvezdin A.K., Valiev U.V., Sokolov B.Yu. va boshqalarni keltirish mumkin. Magnitooptika bilan tanishishdan oldin keyinchalik kerak bo`ladigan yorug’likning ba`zi xossalari bilan tanishamiz.


Download 91.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling