Mavzu: madaniyat va qadryatlar tizimi
Download 37.98 Kb.
|
MADANIYAT VA QADRYATLAR TIZIMI elbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Professional ta’lim fakulteti texnalogik mashina va jixozlari kafedrasi Mustaqil ta’lim 201- guruh talabasi Mavzu: madaniyat va qadryatlar tizimi Bajardi: ____________ Tekshirdi:_____________ Toshkent-2022 madaniyat va qadryatlar tizimi Reja: 1 “Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik” 2 Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni 3 O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy me’rosga munosabat 4 Hozirgi bosqichda O’zbekistonda madaniy hayot. 5 Xulosa; Kirish: - Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. - Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy me’rosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. - Mustaqqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni shakillantirishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishidan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz. - Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach o’z taqdirining chinakkam egasi, o’z tarixining ajdodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi. - Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglatishni, ta’bir joyiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida muhim o’rin tutadi. - Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakillantiradi. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, madaniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’ziga mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bolgan. - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahoviddin Naqshband, Xoja Axmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur. Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishda ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida qo’shgan buyuk xissalari butun dunyoga ma’lum. - Tarixiy tajriba an’analarining meros bo’lib o’tishi bularning barchasi yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga ajralib qolmog’i lozim. - Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. - Xalqimizning etnik madaniy va diniy sabr bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas tuganmas manbaidir. - Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash bosh ma’naviy madaniyatning qudratli qatlamlari boshlandi. O’zbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, ma’naviy-ruhiy qadryatlarning va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning negizini tashkil etdi. Download 37.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling